19
I.2.A). QORA МETALLLAR ISHLAB CHHIQARISH
Cho„yan ishlab chiqarish-
Barcha metallar ikki guruhga, ya‟ni qora va rangli
metallarga bo„linadi. Qora metallar guruhiga temir va uning qotishmalari (cho„yan,
po„lat), rangli metallarga esa qolgan barcha metallar kiradi.
Turli metall
konstruksiyalar, mashina detallari, asosan, qora metall qotishmalari (cho„yan, po„lat)
dan tayyorlanadi. Sababi shundaki, bu qotishmalarni ishlab chiqarish texnologiyasi
sof metallarnikiga qaraganda oddiy bo„lib, mexanikaviy va texnologik xossalari
yuqoridir, shuningdek, qotishmalar kimyoviy tarkibini va strukturasini o„zgartirish
yo„li bilan ularning xossalarini o„zgartirish mumkin.
Cho„yan temirning uglerodli qotishmasi bo„lib,
uning tarkibida uglerod
miqdori 2,14% dan 6,67% gacha bo„ladi. Cho„yan domna pechlarida temir
ro„dalaridan suyuqlantirib olinadi. Domna cho„yanlarining 80-85% i qayta ishlanib,
undan po„lat olinadi.
Asosiy temir rudalari. Cho‟yan ishlab chiqarishda foydalanadigan tabiiy
birikmalar temir rudalari deb ataladi. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga
turli boshqa qo‟shimchalar - SiO2, Al2O3, CaO, MgO va boshqalar ham uchraydi.
Temir bilan kimyoviy birkmagan moddalar bekorchi jinslar deb ataladi.
Muhim temir rudalariga magnitaviy temirtosh (Fe3O4),
qizil temirtosh
(Fe2O3), qung‟ir temirtosh (2Fe2O3), shpatli temirtosh (FeCo3), temirli kvarsitlar
kiradi. Tarkibida 70% temir bo‟lgan magnitaviy temirtosh, 65% gacha temiri
bo‟lgan qizil temirtosh eng boy rudalar hisoblanadi. Qo‟ng‟ir temirtosh temirga
ancha kambag‟al bo‟lib, rudada temir miqdori 25-50%
ni tashkil qiladi, shpatli
temirtoshida temir miqdori 35-37% gat eng, eng kambag‟al temir rudasi temirli
kvarsitlardir.
Rudada temir oksidlaridan tashqari bekorchi jinslar,
jumladan kremnezem,
tuproq, oltingugurt, fosfor va boshqa aralashmalar bo‟ladi. Ularni suyultirishgacha
ham qisman yo‟qotish zarur. Shuning uchun rudadagi temir miqdorini ko‟paytirish
maqsadida u boyitiladi, ya‟ni bekorchi jinslardan tozalanadi.
20
Rudani boyitish jarayonlariga qo‟ydagilar kiradi: 1) maydalash va g‟alvirlash;
2) yuvish; 3) elektromagnit yordamida boyitish; 4)
rudani qizdirish; 5) mayda va
changsimon rudani yiriklashtirish ( aglomeratlash); 6) o‟rtachalash.
Ruda suyuqlantirishdan oldin boyitilsa-da, bekorchi jinslardan butunlay holi
bo‟lmaydi. Metallurgiya jarayonida ruda tarkibida
qolgan bekorchi jinslar va
yoqilg‟ining yonishida ajraladigan kuldan qutilish maqsadida domna pechiga flyus
deb ataluvchi modda kiritiladi. Flyus sifatida, ohaktosh (CaCO3), dolomit
(CaCO3(MdCO3), qumtuproq (SiO2) lardan foydalaniladi.
Pechga kiritilgan flyus
rudadagi bekorchi jinslar, yoqilg‟i kuli va oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib, oson
suyuqlanuvchan va yengil birikma (shlak) hosil qiladi, bu birikma suyuqlangan
metall sirtiga ko‟tariladi.
Rudaning kimyoviy tarkibiga qarab, 1t cho‟yan olish uchun, odatda 0,2 - 0,5 t
gacha flyus sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: