24
kislorod haydaladi. Balandligi 11 m, diametri 10 m bo‟lagan hozirgi zamon
konvertorlarining ish unumi yuqori (400 t).
Konvertorning tuzilish sxemasi 7-rasmda keltirilgan. Konvertor po‟lat qobiq
bilan oralgan bo‟lib, uni osongina almashtirish mumkin.
Konvertor ustunlarga
o‟rnatilgan, u sapfa o‟qi atrofida erkin aylana oladi. Bu aylanish konvertorni
yuklash, namuna olish, tayyor po‟latni chiqarish uchun zarurdir.
Jarayon
quyidagidan iborat: avval metall parchalari (ba‟zan temir rudasi) solinadi, so‟ngra
suyuq cho‟yan quyuladi, konvertor vertical holatga o‟tkaziladi va cho‟yan
hamda
rudadagi fosforni yo‟qotish uchun ohaktosh qo‟shiladi. Suv bilan sovitilgan furma
pastga tushiriladi va kislorod haydaladi. Cho‟yan aralashmalari shiddat bilan
oksidlana boshlaydi. Birinchi navbatda temir oksidlanadi:
2Fe+O
2
=2FeO+O.
Bir yo‟la aralashmalar ham kislorod va FeO bilan
quyidagi reaksiyalar bilan
oksidlanadi:
Si + O
2
= SiO
2
+ Q; Mn + FeO = Fe + MnO + Q;
2P + 5FeO = 5Fe + P
2
O
5
+ Q; 2S + O = 2CO - Q.
So‟ngi reaksiya issiqlik yutish bilan kechadi, jarayon normal kechishi uchun issiqlik
konvertorda yetarli. 15-20 min puflangach, konvertor og‟diriladi va undan metall
namuna olinadi. So‟ngra shlak chiqarib tashlanadi, konvertor qayta vertical holatga
keltiriladi va puflash davom ettiriladi. Bu vaqt ichida
oksidlanish va shlak hosil
bo‟lish jarayonlari quyidagi reaksiya bo‟yicha davom etadi:
SiO
2
+ 2CaO = 2CaO
SiO
2
; P
2
O
5
+ 4CaO = 4CaO
P
2
O
5
Ikkinchi puflash oxirida FeO dan kislorodni chiqarish maqsadida po‟latga
oksidsizlantiruvchilar - ferroqotishmalar kiritiladi.
Puflash vaqti konvertor sig‟imiga, belgilangan po‟lat markasiga, analiz
natijasiga bog‟liq. Konvertordagi harorat 2000–2500
o
S gacha ko‟tariladi.
Suyuqlantirish 50-60 min davom etadi. Harorat termoparalar bilan o‟lchanadi.
Konvertorni boshqarish va undagi ba‟zi jarayonlar konvertordan bir necha o‟n metr
uzoqlikdagi boshqarish pultidan amalga oshiriladi.
25
Kislorod konvertorlarida soatiga 400 t, marten pechlarida esa 80 – 100 t po‟lat
suyuqlantirish mumkin.
7 - rasm. Kislorod - konvertorning tuzilishi: 1-suyuq po‟lat chiqarish;
2-kislorod haydash furmasi; 3-pechning og‟zi; 4-pechning
silindrik qismi;
5-sapfa; 6-konvertorning sferik tubi.
Dostları ilə paylaş: