ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI FAKULTETI MTMICHJA YOʻNALISHI 1-BOSQICH K 10-22 GURUH TALABASI LATIPOV RAHMATILLONING KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari
Reja;
1.Metallar korroziyasi haqida tushuncha.
2.Metallar korroziyaga uchrashi sabalari.
3.Korroziyaga uchrashni oldini olish uchun metallarga qo’yiladigan talablar.
Metallarda korroziyasi haqida tushuncha
Metall va uning qotishmalaridan tayyorlangan asbob-uskunalar, quvurlar, rezervuarlar va boshqa konstruksion materiallar ishlashlari davomida korroziyalanib (zanglab, yemirilib, parchalanib) xalq xo’jaligiga katta zarar keltiradi.
Masalan , AQSH ning neft- gaz sanoati korroziya natijasida; 2014- yil 75 milliard dollar; 2015-yil esa 150 milliard dollar ziyon ko’rgan. Bunday misollarni ko’plab keltish mumkin. Respublikamiz mustaqilligidan keyingi sanoat tarmoqlarining keng miqyosida rivojlanishi natijasida zamonaviy texnologiyalar usullari jihozlar va uskunalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Jihoz va uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash, ishonchli ishlanishi ta’minlash uchun ularni korroziyadan himoya qilish dolzarb vazifalardan biridir . Ayniqsa atmosferaning har xil korrozion- faol moddalar bilan umumiy ifloslanishi , hamda neft va gaz maxsulotlarini qazib olish, saqlash va transport qilishda ishlab beriladigan maxsulotlarning uziga xos xususiyatlari shu sohada qullaniladigan jihozlarning korroziyabardoshliligini oshirishni talab qiladi.
Korroziya - metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o’zaro ta’siri natijasida yemirilish jarayonidir . Korrozion muhit- metallarning korrozion jarayonlar sodir bulishiga olib keladigan agressif atmosfera , kislotalar eritmalari , ishqorlar , tuzlar va boshqa muhitlardir . Ko’pgina metallar agressif muhitlar ta’sirida termodenamik noturg’un bo’lganligi uchun oksidlangan xolatda utadi va yemiriladi .