1- Tajriba ishi
Ikkilamchi qora va rangli metallarni farqlay olish
Ishdan maqsad: talabalarga qora va rangli metallarning turli chiqindilari va lomini vizual kuzatish orqali farqlay olish ko‘nikmasini hosil qilish.
Qisqa nazariy ma’lumotlar
Har yili Respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0 – 7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda.
Shu bilan birgalikda xalq xo‘jaligining turli sohalarida, har qanday tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalarida qora va rangli metallarni ishlab chiqarilishi, iste’mol qilinishi natijasida qirindi, qirqim, skrap, kuyindi va boshqa ko‘rinishlarda metallarni temir-tersaklari, chiqindilari hosil bo‘ladi.
Metallar mashina, uskuna, moslama, asbob va boshqa shakllarida fizik va kimyoviy eskirish natijasida o‘z ishlash muddatini tugatadi va amartizatsion temir-tersak, chiqindilarga (eski mashinalarga, eskirgan asbob-uskunalarga, yaroqsiz uy jihozlariga, predmetlarga) aylanadi.
Qora metall temir-tersaklari va chiqindilarini hosil bo‘lishining asosiy manbalari quyidagilardir:
Qora metallarni ishlab chiqarilishi;
Qora metallarni ishlatilishi (metallarga ishlov berish);
Qora metaldan tayyorlangan buyumlarni muddatini o‘tab bo‘lishi, yaroqsiz holga kelishi (amartizatsion temir-tersaklar);
Korxonalarning shlak chiqindilarini qayta ishlashi;
Bu manbalarni har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Qora metal ishlab chiqarish cho‘yan, po‘lat, prokat, cho‘yan va po‘lat quyishni o‘z ichiga oladi. Qora metal ishlab chiqarishda turli xil chiqindilar hosil bo‘ladi. 1 tonna cho‘yan ishlab chiqarishda 4-7 kg kuyindi, skrap, turli xil qoldiqlar shaklida metall kuyindilari hosil bo‘ladi.
Rangli metallarning temir - tersaklari va chiqindilar ishlab chiqarishda, ishlatish muddati o‘tishida, rangli metallardan turli xil detallar tayyorlashda hosil bo‘ladi. Ikkilamchi xom ashyo quyidagilarga bo‘linadi:
Amartizatsion chiqindilar.
Maishiy temir – tersaklar va chiqindilar.
Ishlab chiqarish chiqindilari.
Ikkilamchi qora metallarni sinflarga, kategoriyalarga, turlarga, guruhlarga klassifikatsiyalashda kimyoviy tarkibi, sifati, o‘lchamlari hisobga olinadi.
Hamma qora metallarning temir - tersaklari va ularning chiqindilari ikkita sinf, ikkita kategoriya, yigirma sakkiz tur va oltmish etti guruxga bo‘linadi.
Qora metall temir - tersaklari va ularni chiqindilari sinf bo‘yicha po‘latli va cho‘yanli temir-tersak va ularni chiqindilarga bo‘linadi.
Ikkilamchi rangli metallarning temir - tersaklari va chiqindilarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruh va markalarga, fizik xususiyatlariga ko‘ra - sinflarga va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha navlarga ajratiladi. Ikkilamchi rangli metallarni - fizik alomati - ularning qaysi temir-tersakka, qism chiqindilariga, list kesimlariga, shlamlarga yoki boshqa chiqindilarga tegishliligini aniqlaydi.
Rangli metallarning temir - tersaklari va chiqindilari to‘rt sinfga bo‘linadi. Bu sinflarga quyidagi temir - tersaklar kiradi:
A sinfga - temir - tersaklar va bo‘lak - bo‘lak (kuskovoy) chiqindilar;
B sinfga - qirindilar;
V sinfga - kukunsimon (poroshokoobraznыy) chiqindilar;
G sinfga – boshqa chiqindilar.
Dostları ilə paylaş: |