2- Tajriba ishi Kabel temir-tersaklarini izolyatsiyadan tozalash Ishdan maqsad: talabalarda turli kabel chiqindi va lomlarini turli materiallardan tayyorlangan izolyasiyadan tozalash ko‘nikmasini hosil qilish.
Qisqa nazariy ma’lumotlar Ishlab-chiqarish amaliyotida tok o‘tkazuvchilar va kabeli chiqindilarini tozalashni va ajratishni bir necha turlari mavjud: mexanik, kimyoviy, termik, elektrostatik kriogen va boshqalar.
Pirometallurgik yo‘l bilan kabeli temir-tersak va chiqindilarini qayta ishlash ham keng tarqalgan. Ko‘p tomirli qo‘rg‘oshinli va rezina qoplamali mis, hamda alyuminiy kabellarini izolyatsiyasini olish moslamasi mavjud.
Bu moslama yoqish va sovutish kameralari bo‘lgan pech, bug‘ kondensator va radiant truba-gorelkalardan tuzilgan.
Kabel temir-tersak va chiqindilarini oksidlantirmasdan qayta ishlash, tabiiy gaz bilan isitiladigan, bevosita kuydirish kamerasida yuz beradi. Kabel, temir-tersak va chiqindilari bilan to‘ldirilgan (5 - 6 t) quti chig‘ir bilan harakatga keltiriladigan, harakatlanuvchi tub (pod) ga qo‘yiladi. Temir-tersak va chiqindili qutini kuydirish kamerasiga jo‘natish ikki yoqlama bajariladi.
Qo‘rg‘oshin va bitum qobiqli kabellarni qayta ishlashda, kuydirish kamerasida (2000S haroratda) bitum qobig‘ini erishi va uchuvchan birikmalarni bug‘lanishi, so‘ngra 3500S haroratda qo‘rg‘oshinni erishi yuz beradi. Pech qo‘rg‘oshin va bitumni alohida quyadigan chiqarish uskunasi bilan jihozlangan. Termo (issiqlik) qayta ishlash tugallangandan so‘ng, pech suv bilan 2000S haroratgacha sovitiladi. So‘ngra mexanik ajratishga yuboriladi.
Rezina qoplamali kabellar 400 0C haroratgacha qizdiriladi, so‘ngra 200 0C haroratgacha suv bilan sovitiladi va ochiq havoda rezinani o‘zidan - o‘zi yemirilib ketguncha ushlab turiladi. Keyinchalik kabel mexanik qayta ishlashga yuboriladi.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar