Metallarni payvandlash asoslari. Payvandlashning maxsus usullari



Yüklə 7,21 Kb.
səhifə2/2
tarix03.12.2023
ölçüsü7,21 Kb.
#171866
1   2
Metallarni payvandlash asoslari. Payvandlashning maxsus usullari

2. Sovuqlayin payvandlash. Payvandlangandan so‘ng mexanikaviy ishlovga berilmaydigan yirik cho‘yan buyumlar, bolg‘alarning staninalari, turbinalar korpuslarini remont qilishda bu usuldan foydalaniladi.
CHo‘yan buyumlarni sovuqlayin elektrik yoy yordamida payvandlash po‘lat, monel-metall (misning nikelli qotishmasi) elektrodlar, elektrod tutamlari va maxsus qoplamali po‘lat va cho‘yan sterjenlardan tayyorlangan elektrodlar bilan olib boriladi. Kam uglerodli po‘lat elektrodlar bilan cho‘yan buyumlarni sovuqlayin payvandlashda asosiy metall bilan suyuqlantirib quyiladigan metallni mustahkam birikma berishi uchun uning chetlariga shaxmat tartibida po‘lat shpilkalar burib qo‘yib, keyin oldiniga shpilkalar, so‘ngra qisqa uchastkalar bo‘yicha chok kertimi payvandlanadi.
SHuni qayd etish kerakki, monel-metall elektrodlar bilan payvandlashda chok sifatli, yaxshi mexanikaviy kesib ishlanadigan bo‘ladi.
Ma’lumki, rangli metallar va ularning qotishmalarini pay- pandlashda yuzalarida yuqori temperaturada suyuqlanadigan oksidlarning borligi, elsktr va issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, kiziganda murtlashishi, metall vannaning aktiv oksidlanishi va gazlarni (02, N2) yutshi kabi xususiyati sifatli choklar xosil qilishda ayrim kiyinchnliklar tug‘diradi. SHu sababli payvandlashda turli tadbirlar ko‘rishga tug‘ri keladi.
Mis kizdirilganda bir tomondan kislorod bilan oksidlar (Cu20 va SuO), IKINCHI tomondan evtetnka (Su2—Su) hosil bo‘ladi. Misning kristallanishida evtetika donlar chegaralarida joylashnb misni murtlashtiradi. Xosil bo‘luvchi ichki zo‘riqish kuchlari misning darz ketishiga sabab bo‘ladi. Unda erigan gazlar ayniqsa N2 chokda govaklar hosil qiladi. SHu sababli payvandlanuvchi zagotovka qalinligiga, shakliga va payvand chok harakternga ko‘ra payvandlash usuli belgilanadi. Masalan, gaz alangasida yupqa mis va uning qotishmalarini payvandlashda alanga kuvvati po‘latlarni payvandlashga qaraganda 1,5—2 marta katta olinadi, bu esa yuqori tezlikda payvandlashga imkon beradi. Agar payvandlanuvchi listlarning qalinligi 5—6 mm dan ortiq bo‘lsa, payvandlashdan avval ular 250—300oC temperaturagacha qizdiriladi. Bunda payvandlash snimi sifatida toza mis simlardan, flyus sifatida quruq bura (Na2B4O7) yoki 70% bura va 30% borat kislotadan (N3VO3) aralashmadan foydalaniladi. Kukun yoki pasta holidagi flyuslar zagotovkalar va payvandlash simi sirtiga sepiladi yoki surtiladi. Payvandlashda flyus mis oksidlarini o‘zi bilan bog‘lab shlakka o‘tadi. Mis va uning qotishmalarini ko‘mir elektrodlar bilan dastaki va avtomatik payvandlash ham mumkin. Dastakn payvandlashda payvandlash simi sifatida qalayli yoki kremniyli bronzalardan, flyus sifatida esa buradan foydalaniladi. Payvandlash yoyda uzgarmas tokda, to‘rri qutbli ulab bajariladi.
Metall elektrodlar bilan payvandlashda elektrod mis sterjsendan iborat bulib, maxsus qoplama bilan qoplangan bo‘ladi. Payvandlash kalta yoyda, o‘zgarmas tokda, teskari qutbli qilib bajariladi. Latunni payvandlashda esa zaharli pux bug‘i ajralishi chokning korroziyabardoshligi va puhtaligini kamaytiradi. SHu sababli ularni yaxshisi himoya gazlar muhitida volfram elektrodda latun sim bilan payvandlagan ma’qul. Atsetilen- kislorod alangasida payvandlashda flyus sifatida borat angidrid (V2O3) ishlatiladi. Bunda borat angidrid rux bug‘larnni bog‘laydi.
Qalayli bronzalarni atsetilen-kislorod alangasida yoki himoya gazlar muhitida elektr yoyi yordamida payvandlash mumkin. Bunda payvandlash simi sifatida fosforli bronzadan foydalaniladi. Payvandlash metall o‘rindiqda bajarilmog‘i lozim.
Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashda yuqorida qayd etilgan xususiyatlardan tashqari yuzasida erish temperaturasi 2050° S bo‘lgan A12O3 oksid parda bo‘lishi ayniqsa katta qiyinchilik tug‘diradi. CHunki payvandlashda har bir tomchi metall, yupqa oksid parda bilan uralib puxta chok hosil qilishga yul qo‘ymaydi.
SHu sababli A1 va uning kotishmasining payvandlanadigan joylarini payvandlashdan avval benzin yoki kaustik soda erilmasida, keyin suvda yuviladi. Metall vaniani oksid pardadan tozalash uchun flyus kukuni ishlatiladi. Bunday flyus tarkibida 50 % KCI, 28 % NaCI, 14 % LiCI va 8 % NaF bo‘ladi. Payvandlash simi tarkibi asosiy metall tarkibiga mos bo‘lishi lozim.
http://fayllar.org
Yüklə 7,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin