20
bu yerda: Q – bo'tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori
f – quyultirishning solishtirma yuzasi;
s
V
k
b
a
f
0
, m
2
soat/t
bu yerda: a – dastlabki bo'tanadagi suyuqlikning qattiq zarrachalarga nisbati;
b - quyultirilgan mahsulotdagi suyuqlikning qattiq zarrachalarga nisbati;
k – quyultirish yuzasining samarali ishlatish koeffitsienti (0,7-0,8)
γ
s
- suyuqlikning zichligi (suv uchun 1 g/sm
3
)
Quyultiriladigan suspenziyalar ulardagi qattiq zarrachalarning o'lchamiga
qarab quyidagi turlarga bo'linadi: zarrachalarining o'lchami > 100 mkm bo'lgan
dag’al suspenziyalar, zarrachalarining o'lchami 50 – 100 mkm bo'lgan mayin
suspenziyalar, o'lchami 0,1 – 0,5 mkm bo'lgan xira (loyqa) suspenziyalar va
o'lchami 0,1 mkm dan kichik bo'lgan kolloid suspenziyalar. (1mm=1000 mkm)
Dag’al suspenziyalardagi qattiq zarrachalar o'zlarining og’irlik kuchi ta'sirida
oson cho'kadi. Mayin, xira va kolloid suspenziyalardagi qattiq zarrachalar og’irlik
kuchi ta'sirida deyarli cho'kmaydi.
Mayin va xira suspenziyalardagi qattiq zarrachalarni cho'ktirish uchun
koagulyatsiya va flokulyatsiyalovchi, ya'ni juda mayda zarrachalarni molekulyar
tortishish kuchi ta'sirida bir-biriga yopishtirib, ulardan nisbatan yirikroq, tez
cho'kuvchi pag’a – pag’a (bodroqsimon) agregatlar hosil qiluvchi turli reagentlar
qo'shiladi. Suspenziyaga quyidagi reagentlar qo'shiladi; elektrolitlar, flotatsion
reagentlar, kolloid koagulyantlar, noorganik reagentlar (ohak, o’yuvchi natriy,
silikatlar, xlorli temir va h.k.) va organik reagentlardan kraxmal, separan,
poliakrilamid.
Poliakrilamidning ta'siri shundan iboratki, suvda eriganda ularning
molekulalari anion va kationlarga dissotsiyalanadi va ular qattiq zarrachalarning
elektr zaryadlarini neytrallab, koagulyatsiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: