Metallurgik zavodlarning mexanik dastgohlari



Yüklə 492,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix09.04.2023
ölçüsü492,47 Kb.
#95312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Lab

Nazorat uchun savollar: 
1. Gravitatsiya usulida boyitishning mohiyati. 
2. Gravitatsiya usulida boyitishga qanday usullar kiradi? 
3. Boyitish stolining tuzilishi. 
4. Plankalarning vazifasi. 
5. Stolning xarakteristikasi. 
6. Boyitish stolining yuzasidagi zarrachaga ta'sir qiluvchi kuchlar. 
7. Boyitish stolidaqanday rudalar boyitiladi? 
 
 
7-LABORATORIYA ISHI
RANGLI METAL SAQLOVCHI RUDALARNI FLOTASIYA 
USULIDA BOYITISH JARAYONINI O’RGANISH 
 
Ishdan maqsad: Flotatsiya mashinalarda tajriba o'tkazishni, flotatsiya 
reagentlarni tayyorlashni, ularni qanday tartibda qo'shishni, flotatsiya o'tkazish 
qoidalarini o'rganish. 
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma'lumotlar 
Ma'lumki, rangli metallar rudalarida minerallar asosan sulfidlar holida 
uchraydi. (Su
2
S, CuS, MoS
2
, RbS, ZnS, FeS
2
, Sb
2
S
3
va h.k.). Rangli metallar 
sulfidli rudalarini boyitishning eng muhim usuli flotatsiya hisoblanadi. 
Flotatsiya usulida boyitish mineral zarracha yuzasining fizik-kimyoviy 
xossalaridagi farqqa qarab boyitish usuli bo'lib, u muhitning pHiga, zarrachaning 
o'lchamiga, flotoreagentlarning turi va miqdoriga, bo'tananing ion kuchi va boshqa 
bir qator omillarga bog’liq. 
Flotatsion reagentlar deb flotatsiya o'tkazish uchun qulay sharoit yaratish 
uchun bo'tanaga kiritiladigan kimyoviy moddalarga aytiladi. Flotatsiya jarayonida 
bajaradigan vazifasiga qarab flotoreagentlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: 
to'plovchilar, so'ndiruvchilar, faollashtiruvchilar, ko'pik hosil qiluvchilar va muhit 
sozlovchlar. 
To'plovchilar mineral zarracha yuzasining suv bilan ho’llanmaslik 
(gidrofoblik) 
xususiyatini 
oshiradi. 
To'plovchi 
sifatida 
molekulasida 
uglevodorodlarni saqlaydigan organik birikmalar ishlatiladi. Sulfidli mineralning 


16 
flotatsiyasida to'plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlar, nosulfid 
minerallarning flotatsiyasida yog kislotalari va ularning sovunlari, silikatli 
minerallarning flotatsiyasida aminlar va ularning tuzlari ishlatiladi.
Ko'pik hosil qiluvchilar. O'chib qolmaydigan mustahkam ko'pik hosil 
qiluvchi sirt-faol moddalar ko'pik hosil qiluvchilar deyiladi. Agar ko'pik 
muddatidan oldin uchib qolsa, flotatsiyalangan zarracha bo'tana ichiga cho'kadi va 
boyitish sodir bo'lmaydi. Ko'pik hosil qiluvchilar flotatsiya jarayonida quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi. 
1. havo 
pufakchalarining 
koalistsentsiyalanishiga, 
ya'ni 
o'lchamlari 
kattalashishiga to'sqinlik qiladi. 
2. bo'tanadagi pufakchalar bo'tana yuzasiga qalqib chiqiyotganda yorilishiga 
qarshilik qiladi.
Ko'pik hosil qiluvchilar sifatida amalda quyidagi moddalar ishlatiladi: 
Qayin yog’i, krezil kislotasi, og’ir piridin, IM-68, T-66, butil spirtining 
propilen oksidi OPSB yoki metil spirtining propilen oksidi OPSM. 
So'ndiruvchilar flotatsiyaga uchrashi kerak bo'lmagan mineral zarracha 
yuzasining suv bilan ho'llanish xususiyatini oshirib, flotatsiyaga uchrashi kerak 
bo'lmagan mineral zarrachaning flotatsiyalanish qobiliyatini susaytiradi. 
So'ndiruvchi selektiv tarzda ta'sir etishi kerak. Boshqa reagent bilan 
so'ndiruvchining ta'siri yo'qotilishi mumkin.
Flotatsiya amaliyotida so'ndiruvchi sifatida ishqorlar (odatda, ohak), 
sianidlar, rux kuporosi, sianidning rux kuporosi bilan aralashmasi, natriy sulfidi
kaliy bixromat, suyuq shisha va organik kolloidlar ishlatiladi. 
Faollashtiruvchilar. Ular mineral zarrachalarning flotatsion qobiliyatini 
oshirish yoki agar mineral zarrachaning flotatsion qobiliyati so'ndirilgan bo'lsa, 
uning flotatsion qobiliyatini qayta tiklash maqsadida ishlatiladi. Faollashtiruvchilar 
sifatida mis kuporosi, sulfat kislotasi, natriy sulfidi va havo kislorodi ishlatiladi. 
Muhitni sozlovchilar. Ular yordamida bo'tananing suyuq fazasining pH i 
o'zgartiriladi, flotatsiyaning borishini buzuvchi bo'tanagi ionlarning miqdorini 
kamaytiradi, 
minerallarning 
flotatsiyalanishini 
qiyinlashtiruvchi 
shlamlar 
koagulyatsiyalanadi. Bo'tanadagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasiga mineral 
zarrachalar yuzasining gidratlanganligi, ko'pgina reagentlarning ta'sir qilish 
mexanizmi va mustahkamligi, ya'ni flotatsiya natijalari bog’liq bo'ladi. Buning 
uchun bo'tananing suyuq fazasi sistematik tarzda nazorat qilib turiladi va reagentlar 
qo'shib muhitning ishqoriy yoki kislotaliligi saqlanib turiladi. Ishqoriy muhit hosil 
qilish uchun ohak yoki soda, kislotali muhit hosil qilish uchun sulfat kislotasi 
qo'shiladi. 

Yüklə 492,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin