muayyan vazifalarni hal qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab
chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab
chiqilgan Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari
(keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan
talablarni belgilab beradi va ularning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R
QT, 2004-y., 28-son, 321 b.; 2006-y., 41-son, 414 b.) “O‘zbekiston Respublikasi
sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib
borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat
inspeksiyasi) to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq “Sanoatkontexnazorat” davlat
inspeksiyasi organlari nazorat qiladigan texnik qurilmalarni loyihalash, tayyorlash,
montaj qilish va ta’mirlash, metallurgiya ishlab chiqarishlarini loyihalash, qurish va
ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar uchun (ularning
tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar) majburiydir. Metallurgiya
ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish,
rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni
boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda loyiha hujjatlarida ijro
hokimiyatining sanoat xavfsizligi sohasida maxsus vakolat berilgan Davlat organi
— “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tasdiqlagan sanoat xavfsizligi
ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasining
“Xavfli
ishlab
chiqarish
obyektlarining
sanoat
xavfsizligi
to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq loyiha hujjatlaridan tashqari texnik
qurilmalar, bino va inshootlar, shuningdek sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli
ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar ham sanoat
xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi. Sanoat xavfsizligi bo‘yicha
ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Xavfli
ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilish chog‘ida ushbu obyektning
loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning ushbu obyektdan foydalanishga va
avariya oqibatlarini lokallashtirish hamda bartaraf etishga tayyorligi tekshirilishi
kerak. Har qaysi foydalanuvchi tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibga
Dostları ilə paylaş: