Metallurgiya



Yüklə 300,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix05.12.2023
ölçüsü300,06 Kb.
#173568
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Qodirov Xurshid Kurs ishi Po\'lat

O’zq 
Varaq 
Hujjat № 
Imzo
_
Sana
_
Varaq
_
KURS ISHI 5310300. 


muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini davriy tekshirish 
kamida uch yilda bir marta amalga oshiriladi. Ishchilarni mehnat xavfsizligiga 
o‘qitishni tashkil etish va yangi ishchilarni (kasbi bo‘lmagan yangi ishga kiruvchilar 
yoki kasbini o‘zgartirayotganlar) tayyorlash, ishchilar malakasini oshirish GOST 
12.0.004-90 “SSBT. Mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil etish. Umumiy 
qoidalar” va “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni tekshirish 
to‘g‘risida namunaviy nizom” (1996-yil 14-avgustda 272-son bilan ro‘yxatga 
olingan) talablari bilan tartibga solinadi. Ishga kiruvchi ishchilar, rahbarlar va 
mutaxassislar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, ishlovchilar esa — O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Xodimlarni ishga qabul qilishda 
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 
6-iyundagi 300-son buyrug‘iga muvofiq davriy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. 
Tashkilotda uning texnik rahbari tasdiqlagan xavfi yuqori bo‘lgan ishlar ro‘yxati 
ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar naryad-ruxsatnoma 
bo‘yicha bajarilishi kerak. Naryad-ruxsatnoma konkret sharoitlarda ishlarni bajarish 
xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi va 
naryad-ruxsatnomalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etilishi kerak. Xavfi yuqori 
bo‘lgan ishlar kamida ikki kishidan iborat brigada tomonidan, agar ishlar texnik 
qurilma va apparatlar ichida bajarilsa, kamida uch kishidan iborat brigada tomonidan 
bajarilishi kerak. Texnik qurilmalarga sexning doimiy xodimlari tomonidan 
reglament asosida xizmat ko‘rsatiladigan vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi xavfi 
yuqori bo‘lgan ishlar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan maxsus ishlab 
chiqilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha bajarilishi mumkin. Har qaysi tashkilotda 
avariyalarni bartaraf etish rejalari (ABER) tuzilishi kerak. ABER kamida uch yilda 
bir marta qayta ko‘rib chiqiladi va avval tasdiqlangan rejaning amal qilish muddati 
tugashiga bir oy qolganda tasdiqlanadi. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining 
sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida belgilangan chegaraviy 
miqdordagi xavfli moddalari bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat 
xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi shart. Boshqa xavfli ishlab chiqarishlar va 
obyektlar uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish majburiyligi 

Yüklə 300,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin