muvofiq ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risida nizom ishlab chiqishi kerak.
Ishlab
chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish uchun javobgarlik
foydalanuvchi tashkilot rahbariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
bunday vazifalar belgilangan shaxslarga yuklatiladi. Xavfli ishlab chiqarish
obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish
jarayonlarini bexatar
olib borish tartibi va shartlarini, avariya vaziyatlarida va ta’mirlash ishlarini bajarish
chog‘ida xodimlarning xatti-harakatini belgilab beruvchi me’yoriy-texnik va
foydalanish hujjatlari bo‘lishi kerak. Ushbu hujjatlar kamida besh yilda bir marta,
portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarda esa kamida uch yilda bir marta,
shuningdek ushbu hujjatlar uchun asos qilib olingan me’yoriy hujjatlar o‘zgarganda,
avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirish bo‘yicha tuzilgan komissiya xulosalari
natijalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Sanoat xavfsizligi,
texnologik
jarayonni olib borish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga
doir talablarni o‘z ichiga olib ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomalarni
tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi. Yangi ishlab chiqarishlar, texnologik
jarayonlar va texnik qurilmalar o‘zlashtirilganda
ularni ishlab chiqqan va
tayyorlagan tashkilotlar tomonidan texnologik jarayonlarni olib borish va texnik
qurilmalardan bexatar foydalanishni ta’minlovchi vaqtinchalik yo‘riqnomalar ishlab
chiqilgan bo‘lishi kerak. Vaqtinchalik yo‘riqnomalar yangi ishlab chiqarishlar
uchun ko‘pi bilan bir yil mobaynida amal qilishi kerak.
Ishga tushirilayotgan
portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlar uchun
ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish chog‘ida portlash-yong‘in xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tashkilotning texnik rahbari
tasdiqlaydi.
Rahbarlar, mutaxassislar va ishlab chiqarish xodimlarini o‘qitish va
attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga
oshirilishi kerak. Rahbarlar va mutaxassislar loyihalash,
qurilish, montaj va
korxonadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga kirayotganlarida mustaqil ish
boshlashga ruxsat olish uchun mazkur Qoidalar hamda ularning ish uchastkasiga
taalluqli bo‘lgan mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlari
yuzasidan sinovdan o‘tishlari lozim. Rahbarlar
va mutaxassislarning mehnat
Dostları ilə paylaş: