Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Brinchi va asosiy ishlab chiqarish omili bu mehnatdir



Yüklə 269,78 Kb.
səhifə3/4
tarix28.04.2023
ölçüsü269,78 Kb.
#104213
1   2   3   4
BEHRUZA 11D

Brinchi va asosiy ishlab chiqarish omili bu mehnatdir. Mehnat - ehtiyojlarni qondirish, daromad olish maqsadida qaratilgan xojalik faoliyatidir. Alohida ko'rsatish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad olish bevosita maqsad hisoblanadi, u kishilar ehtiyojini qondirish maqsadidan kelib chiqqan maqsaddir.
Mehnat jarayonida kishilar aqliy va jismoniy quwatlarini sarflaydilar. Ayrim mehnat qurollarida ishlashda aqliy (intellektual), boshqalarida esa jismoniy harakatlar ustun keladi. Mehnat oddiy yoki murakkab, malakali bo‘ladi.
Ikkinchi ishlab chiqarish omili yer (tabiy boyliklar), bu tushunchani keng ma’noda tushinish kerak.
1. Yer - kishi ekadigan, mehnat qiladigan, dam oladigan joy. 2. Yer -ishlab chiqarish korxonalari joylashgan hudud.
3. Yer - biologik xususiyatiga ega bo‘lgan, qishloq xo'jalik va o‘rmon xojaligi ob’yektidir
4. Yer - tabiiy boyliklar, suv manbai va boshqa resurslar manbaidir.
Uchinchi omil kapital. Kapital tushunchasi lotin tilida - asos degan ma’noga ega. Kapital asosiy ishlab chiqarish omili sifatida o'zida barcha turdagi unumli resurslarni - asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, stanoklar, yangi texnologiyalar, ishlanmalar va dasturlami qamrab oladi. Ular foyda olish maqsadida kishilar tomonidan ishlab chiqarishni yuritish uchun yaratilgan
To'rtinchi omil tadbirkorlik. Tadbirkorlik omili-iqtisodiy adabiyotlarda alohida, o'ziga xos omil deb hisoblanadi, chunki tadbirkor o'zining tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, yangiliklar yaratishi, fidoyi bo'lishi, kezi kelganda, tavakkalchilik qilib o'z mehnatining yuqori darajadagi unumdorligiga va umuman, ishlab chiqarishning samaradorligiga erishishiga olib kela oladigan qobiliyatlarida ifodalanadi. Aslida, ishlab chiqarishning yuqorida bayon qilingan barcha omillari tadbirkorlik orqali harakatga keladi, yuqori samara beradi.
Beshinchi ekologik omil. Bu omil to'g'risida iqtisodiy adabiyotlarda so'nggi payitlarda ko'proq yoziladigan va e'tibor beriladigan bo'ldi. Chunki tabiat ishlab chiqarishning umumiy shartsharoitidir. Undagi har qanday o'zgarishlar ishlab chiqarishgajiddiy ta’sir etadi. Misol uchun, ekologiyaning buzilishi natijasida havo haroratining ko'tarilishi yoki yog'ingarchilikning ko'p bo'lishi, yerlarning sho'rlanishi, magnit bo'ronlari kabilar ishlab chiqarish sharoitiga va inson omilining ishlash qobilyatiga ta’sir ko'rsatadi, bularning hammasi ekologik omil deb qaraladi.
Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash. Ishlab chiqarish quvvati - bu ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotlaming eng yuqori (maksimal) darajasidir. U, qoydaga ko4ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko'rinishida, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o'rtasidagi o'zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko'rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- uskunalar tarkibi va turlari bo‘yicha soni
- uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy meyori(meyoriy hujjat darajasi);
- uskunalarning ishlash vaqti fondi;
- ischilar soni;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro'yxati va turlar
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. U ishlab chiqarish rejasini asoslashda katta ahamiyatga ega.
Ishlab chqarish rejasi tadbir bosqichlari bo'yicha juda aniq shaklga ega boMishi lozim. Masalan, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash muddati, iste’mol bozorini tashkil etish, bozorga mahsulotni olib chiqish, ishlab chiqarish quwati, xodimlar soni, xomashyo materiallar manbayi va sotishdan keyingi xizmatlar strategiyasi ko‘rsatilgan bo4lishi kerak.
Ishlab chqarish rejasi tadbir bosqichlari bo'yicha juda aniq shaklga ega boTishi lozim. Masalan, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash muddati, iste’mol bozorini tashkil etish, bozorga mahsulotni olib chiqish, ishlab chiqarish quwati, xodimlar soni, xomashyo materiallar manbayi va sotishdan keyingi xizmatlar strategiyasi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formula yordamida aniqlashimiz mumkin:
IQ = IM * TF
Bu yerda -IQ -Ishlab chiqarish quwati; IM -Ishlab chiqarish meyori; TF - Vaqt fondi.

Yüklə 269,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin