jamlanma statistika ma’lumotlarini shakllantirish uchun foydalaniladi.
Davlat
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar, shu
jumladan xalqaro tashkilotlar tomonidan individual ma’lumotlardan tergov,
nazorat qilish, sud
muhokamasi, ma’muriy qarorlar qabul qilish maqsadida yoki jismoniy va yuridik shaxslarga yoki
uy xo‘jaliklariga taalluqli boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida Nizomda,
Davlat statistika
qo‘mitasi yuridik
va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, yakka
tartibdagi tadbirkorlar
faoliyatining statistika kuzatuvlarini olib borish va olingan ma’lumotlardan statistika
maqsadlarida foydalanish huquqiga ega ekanligi hamda olingan statistik ma’lumotlarning
maxfiyligini va davlat sirlariga ega bo‘lgan statistik ma’lumotlarning
himoya qilinishini
ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari axloq kodeksiga, shu jumladan maxfiylik prinsiplariga rioya
qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda ularga taqdim etilgan har qanday individual
ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari kerak.
Ularni lavozimga tayinlash paytida majburiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Davlat statistika
qo‘mitasining har bir xodimi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini o‘z ichiga olgan
shartnomaga qo‘l qo‘yishi shart.
0.1.4 Statistik hisobotlarni taqdim etish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan,
davlat statistika organlari
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlaridan,
banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining
215-moddasiga
muvofiq mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va
boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini
buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini
buzishi bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan, Statistika dasturlariga binoan
statistika kuzatuvlarini o‘tkazish chog‘ida respondentlar rasmiy statistikani tayyorlovchilarga
ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan belgilangan tartibda
va muddatlarda bepul taqdim etishi shart.
Dostları ilə paylaş: