muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi.
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan.
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish Davlat
statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil
etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi.
Boshqarma xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil
etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida
Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini e’lon qilib borish tashkil etilgan.
1.1.2 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq:
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini doimiy asosda baholab boradi.
Sifat kafolatini ta’minlash uchun rasmiy statistika rasmiy statistikaning qamrovi, tushunchalari,
statistik birliklari va tasniflariga taalluqli umumiy prinsiplar hamda usullar asosida tayyorlanadi
va tarqatiladi.
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini yaxshilash maqsadida
ma’lumotlarni tahlil etish va tahrir qilish, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish,
ma’lumotlarni statistika maqsadlarida bir-biriga bog‘lashni va solishtirishni amalga oshirish
hamda baholashning statistik usullaridan foydalanish huquqiga ega.
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan manbalar va usullarni,
shuningdek yakuniy ma’lumotlar to‘plamlarini hujjatlashtirib boradi. Rasmiy statistikadan
foydalanuvchilar statistika ma’lumotlarining manbalari va ularni tayyorlash usullari hamda
rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati to‘g‘risida metama’lumotlar yordamida xabardor
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: