4. Amaliy yaroqlilik 4.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish 4.3.1 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish jadvali Yillik statistik dasturda ma’lumotlarning qator toifalarini qayta ko‘rib chiqish muddatlari
ko‘rsatilgan, jumladan milliy hisoblar, narxlar va ishlab chiqarish indekslari, shuningdek savdo
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish sikllari oldindan belgilanadi va
yildan yilga u yetarli darajada barqaror. Bundan tashqari, yillik statistik dasturi har yili joriy
ma’lumotlar va ma’lumotlardan foydalanuvchilarning ehtiyojlari sharhini o‘tkazish imkonini
beradi. Yillik statistika dasturi har yili noyabr oyida ishlab chiqiladi va ko‘rib chiqish uchun
Statistika kengashiga kiritiladi hamda statistika kengashida ko‘rib chiqilgandan so‘ng, u vakolatli
davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun
taqdim etadi.
4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni aynan shu toifasi bo‘yicha belgilash “Rasmiy statistika to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, kelgusida qayta ko‘rib chiqilishi lozim
bo‘lgan dastlabki statistika ma’lumotlari e’lon qilinganda, ular dastlabki ma’lumotlar sifatida
ko‘rsatiladi.
5. Qulayligi 5.1 Ma’lumotlar 5.1.3. Ma’lumotlarni e’lon qilish jadvali “Rasmiy statistika to’g’risida”gi Qonunga muvofiq rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy
statistikani statistika dasturida va rasmiy statistikani e’lon qilish jadvalida nazarda tutilgan
muddatlarda e’lon qilishi shart.
Jamoatchilik rasmiy statistikani e’lon qilish muddatining har qanday o‘zgarishi to‘g‘risida e’lon
qilishning rejalashtirilgan sanasiga qadar xabardor qilinadi.
5.1.4 Bir vaqtning o‘zida e’lon qilish Davlat statistika qo‘mitasi jamoatchilik uchun ma’lumotlarni o‘zining veb-saytida (www.stat.uz)
nashr qiladi.