Metod- yunoncha- metodos-bilish, nazariya, ta’limot, tadqiqot yo‘li ma’nolarini anglatadi


“Islom Karimov-O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti



Yüklə 25,78 Kb.
səhifə3/3
tarix21.06.2022
ölçüsü25,78 Kb.
#61971
1   2   3
11. 1-мавзуТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ЎРГАНИШ УЧУН НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР

Islom Karimov-O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti mavzusidagi taqdimot darsi o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, ularni qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasbiy yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Darsga tayyorgarlik bosqichlari konferensiya darsi sifatida amalga oshiriladi.
Taqdimot darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
1.O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi, taqdimotga tayyorlangan “olimlar” bilan tanishtiradi.
2.“Olimlar”ning mavzu yuzasidan tayyorlagan taqdimotlarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
3.Taqdimot muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa o‘quvchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara, Keys stadi o‘tkaziladi.
4.Taqdimot yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oyalarni takidlab, yakunlaydi.
5.O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga muvofik baholanadi.
Uyga vazifa beriladi.
Darsni umumiy yakunlaydi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo‘lishi, zamon bilan hamnafasligi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi.
O‘yin mashqlar uchun televidenie va matbuot orqali berib borilayotgan va o‘quvchi yoshlarning eng qiziqtiradigan ko‘rsatuvlardan andoza qilib olish mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zinama-zina”, “Bilimdon” kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o‘yinlarda o‘quvchilar avvalo o‘z kuch va bilimlarini sinab ko‘radilar va yana ularning aksariyati shu o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lishni orzu qiladilar.
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun talim jarayonida shunga o‘xshash o‘yinlarni o‘z vaqtida o‘tkazishni o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va bilim olishga intilishlarini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.
Yüklə 25,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin