Metod va metodika haqida tushuncha



Yüklə 344,77 Kb.
tarix22.08.2023
ölçüsü344,77 Kb.
#140119
Metod

Termiz Davlat Universiteti Psixalogiya (amaliy psixalogiya) yo’nalishi 221-guruh talabasi Aliqulova Mehrinisoning umumiy psixalogiya fanidan Psixodiagnostik metodlar mavzusidan tayyorlagan taqdimoti

Metod va metodika haqida tushuncha

  • Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.

Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin

  • Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
  • Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
  • Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
  • Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari

Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari

  • Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
  • Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi

Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari

  • Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.
  • Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi

Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – protsessual testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi.

  • Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – protsessual testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi.

So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar

  • Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi.
  • Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi.
  • Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
  • Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.

Yüklə 344,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin