Muhokama uchun savollar 1.1. Mikrobiologiya fani predmeti va vazifalarini izohlang.
1.2. Mikrobiologiya fanining ahamiyatini tushuntiring.
1.3. Mikrobiologiya so’zining ma’nosini aytib bering.
1.4. Mikrobiologiya nimani o’rganadi, ob’ekti nimalar kiradi.
1.5. Mikrobiologiyaning tarmoqlarini farqlab bering.
1.6. Mikrobiologiya fanining qanday fanlar bilan aloqada ekanligini izohlang.
1.7. Mikroorganizmlar haqidagi qarashlarni farqlang.
2-аsоsiy sаvоl bo'yichа o’qituvchining mаqsаdi: mikrоbiоlоgiyа fаnining rivojlanish tаriхi hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri: 2.1. Mikrobiologiyaning rivojlanishida A.Lеvеngukning "morfologiya davriga" qo`shgan hissasini biladi.
3.2. Mikrobiologiya rivojlanishining "fiziologiya" va "biokimyo" davrlarni ta’riflay oladi.
2.3. Mikrоbiоlоgiyа fаnining rivojlanish davrlarini farqlaydi.
2.4. Mamlakatimizda mikrobiologiyaning rivojlanishini ayta oladi.
2-аsоsiy sаvоl bаyoni: Qishloq xo’jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlariga kelsak, quyidagilarni Sizlarning e’tiboringizga havola qilishimiz mumkin. Mikrobiologiyaning birinchi rivojlanish bosqichi aniq ma’lumotlar to’plami davri ya’ni morfologik davridir. Bu mayda organizmlarni ko’rsata oladigan optik uskunalar vujudga kelgach boshlanadi. Mikroskop orqali birinchi bo’lib mikroorganizmlarni 1676 yili Anton Van Levinchuk kuzatgan. Shungacha mikroorganizmlarni mavjudligini bilganlar, ammo ularga e’tibor berilmagan. XVIII asrning yarmida rus tadqiqotchisi M.M.Terexovskiy infuzoriyalarni o’rganish jarayonida tajriba usulini birinchi qo’lladi. Ch.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” chop etilgandan keyin. Shunga asosan solishtirma usullardan foydalanib 1838 yilda Erenberg “Infuzoriyalar takomillashgan organizmdir” degan kitobini chiqaradi va infuzoriyalar sinfini 22ta oilaga bo’lib, shundan 3 tasini mikroorganizmlar guruhiga kiritdi. Mikroorganizmlarni o’rganishda tajriba usulini keng qo’llagan frantsuz mikrobiologi Lui Paster (1822-1895) ikkinchi bosqichini, ya’ni mikroorganizmlar fiziologiyasini o’rganish davrigaasos soldi.Buning sababi shu davrga kelib sanoatda, ayniqsa qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlash rivojlangan edi. Vino ishlab chiqarish, pivo pishirish, ipakchilik, sut maxsulotlarini tayyorlashdan keng foydalana boshlangan davr edi. Shunda texnika rivoji bilan birga sanoat ham rivojlangan edi. Lui Paster ham sanoat mikrobiologiyasi bilan shugullanadi, maxsulotlarni termik ishlash. “Pasterizatsiya” usulini ishlab chiqildi. U odam va hayvonlardagi kasalliklarni o’rganishga ham kirishdi. Ipak qurti kasalliklarini tugdiruvchi mikroorganilarni topdi. Keyin ko’plab tajribalar o’tkazib hayvonlardagi kuydirgi, tovuqlarda vabo (o’lat) kasalliklarini o’rganish jarayonida, tasodifan (termostatda qolib ketgan) aktivligi pasaygan mikrob suyuqlikni tovuq tanasiga yuborib, uning ozgina kasallanganligini aniqladi, keyin shu tovuqqa aktiv mikrob yuborsa ham kasallanmaganligini kuzatadi va kasallikning oldini olish uchun emlash uchulini yaratdi. Keyinchalik u hayvonlardagi qutirish kasalligini ham o’rgandi va uning emlash bilan oldini olish mumkinligini ko’rsatdi. Shundan keyin xilma-xil kasalliklar oldini olish imkoniyati tugildi. Shu igshlar natijasida tibbiyot mikrobiologiyasi juda ko’p mamlakatlarda rivoj topib ketdi. Keyin oziq-ovqat va qishloq xo’jalik mikrobiologiyasida ham rivojlanish davri boshlandi. Frantsuz olimlari Ya.Shlezing, A.Myunts vitrifikatsiyani, I.Domerg va F.Manjeko tuproq mikroorganizmlari ekologiyasini, S.N.Vinogradskiy oltingugurt, temir bakteriyalarini, intrifikatsiyalovchi bakteriyalar faoliyatini chuqur o’rgandilar. Xemosintezin kashf qilindi. S.N.Vinogradskiy shogirdi V.L.Omelyanskiy (1867-1928) intrifikatsiya, azotifiksatsiya, kletchatka parchalanishi, tuproq mikroorganizmlari ekologiyasi ustida katta ishlar qildi D.I.Ivanovskiy (1864-1920) viruslarni kashf qildi V.I.Palladin (1859-1922) va S.P.Kosto’chev (1877-1931) larning nafas olish, bijgish jarayonlarini chuqur o’rganishlari bilan mikrobiologiyada bioximiyaviy bosqich boshlandi. O’tgan asrning 90-yillarida Peterburgda qishloq xo’jaligi mikrobiologiyasi laboratoriyasi, S.A.Severin boshchiligida Moskvada bakteriologik stantsiya tashkil topdi. 1894 yildan boshlab qishloq xo’jalik mikrobiologiyasi fan sifatida Oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi. Birinchi bo’lib ma’ruzani Petrov akademiyasida (Hozir K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jaligi akademiyasida) N.N.Xudyakov o’qigan, 1 1926 yilda chop etilgan qishloq xo’jaligi mikrobiologiyasi darsligining birinchi muallifi bo’ldi.
Sobiq ittifoq davrida fanlar akademiyalari qamrovida mikrobiolgiya ilmiy tekshirish institutlari tashkil etila boshlandi. 1965 yilda mikroorganizmlar fiziologiyasi va bioximiyasi instituti tashkil topdi. 1930 yilda S.P.Kostichev qishloq xo’jaligi mikrobiologiyasi institutini tashkil etdi. O’zbekistonda mikrobilogiya rivojlanishiga kelsak S.A.Askarova, N.M.Muzaffarov, A.M.Murodov, A.G.Xolmurodov, M.E.Mavlyaniy, S.S.Ramazanova, J.S.Safiyazov, A.V.Vaxobovlar va boshqalarning qo’shgan xissalari kattadir.
Hozirgi kunda respublikamizda mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, biologik ilmiy tekshirish institutlar tarkibida mikrobiologiya laboratoriyalari faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ana shu institutlar va laboratoriyalarda tuproq mikroblarining tarqalishi turi, miqdori, oziqlanishi va boshqa xususiyatlarini o’rganish bilan bir qatorda qishloq xo’jaligiga zarur bo’lgan turli moddalarni, preparatlarni ishlab chiqarish ham amalga oshirilmoqda. Mikroorganizmlar olami haqidagi tushunchalar tubdan o’zgarib, tibbiyot va qishloq xo’jaligida ishlatiladigan turli xil antibiotiklar, vitaminlar, fiziologik aktiv moddalar, aminokislotalar, stimulyatorlar, ozuqa oqsillari olish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Endilikda vazifa tuproq biotexnologiyasini rivojlantirish. Tuproq mikroblari yashashi, rivojlanishi, ko’payishi uchun zarur sharoitlarni yoritadigan agrotexnik tadbirlarni samarali amalga oshirishdir. Ana shu biz atrof muhit ifloslanishini ham, o’simliklarda yuqori va sifatli hosil olishni ham ro’yobga chiqaza olamiz.