Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə78/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Biosintеz (konstruktiv modda almashish) jarayonida atrof muhitdagi sodda birikmalardan makromolеkulalar (nuklеin kislota, oqsillar, polisaxaridlar va boshqalar) sintеzlanadi. Bu jarayonda katabolizmda ajralib chiqqan erkin enеrgiya sarflanadi (bunday enеrgiya fotosintеz, xеmosintеz va boshqalarda ham hosil bo`ladi) va ATF holida to`planadi. Katabolizm va biosintеz bir vaqtda o`tadi, ko`pgina rеaktsiyalar va oraliq mahsulotlar ular uchun umumiy bo`lishi mumkin.
Oksidlanish jarayonining eng takomillashgan formasi va hayot uchun zarur bo’lgan energiya ajratadigan jarayon bu nafas olishdir. Har bir tirik organizmga xos nafas olish tipi muayyan jarayonga xizmat qiluvchi fermentlar yig’indisiga bog’liq. Nafas olish jarayonida shakarlar, oqsillar, yoglar yoki hujayradagi boshqa zapas moddalar havo kislorodining ishtirokn bilan oksidlanadi, oqibatda karbonat angidrid bilan suv hosil bo’ladi. Jarayonda ajralib chiqadi energiya mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun, o’sishi va rivojlanishi uchun sarf bo’ladi.
Nafas olish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash
mumkin: С6Н12О6 + 6О2 = 6СО2 + 6Н2О + 2,87 106 J

Yuqoridagi tenglamadan ko’rinib turibdiki, nafas olish jarayonida ko’p miqdorda energiya ajralar ekan, lekin u oz-ozdan ajraladi. Uning bir qismi ATF da to’planadi, zarur bo’lgan vaqtda ATF parchalanadi va hayot uchun zarur energiya ajraladi. Nafas olish jarayonida sodir bo’ladigan fermentativ reaktsiyalar hayvonlarda, o’simliklarda, ko’pchilik mikroorganizmlarda bir xilda boradi. Nafas olish jarayoni glyukoza molekulasining oksidlanishi bilan boshlanadi va tubandagi bosqichlardan iborat.


Barcha tirik organizmlar hayot uchun zarur bo’lgan energiyani moddalar almashinuvi jarayonidan (metabolizm jarayonidan) oladi. Energiya manbai tashqi muhitdan kirgan oziq moddalardir. Hujayrada bu moddalar fermentlar ishtirokida o’zgarishlarga uchraydi. Moddalar almashinuvi jarayonida — metabolizmda asosan ikki funksiya amalga oshadi: hujayra komponentlari uchun qurilish materiallari yetkazib beriladi; ikkinchidan, hujayradagi sintez jarayonlari uchun energiya yetkazib beriladi. Moddalar almashinuvi asosan uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda oziq mahsulotlari kichikrok fragmentlarga (bo’laklarga) parchalanadi (parchalanish — katabolizm); ikkinchi bosqichda organik kislotalar va fosforli efirlar hosil bo’ladi (oraliq moddalar almashinuvi — amfibolizm). Bu bosqichlar bir-biriga chambarchas bog’liq.
Turli past molekulali birikmalardan: pirouzum kislota, sut
kislota, sirkaaldegid, fosfodioksiatseton ,fosfoglitserindan, hujayra komponentlari — qurilishbloklari: aminokislotalar, purin va pirimidin asoslari, fosfatlar, organik kislotalar va boshqalar sintezlanadi. Bulardan polimer makromolekulalari (nuklein kislotalar, oqsillar, zapas oziq moddalar, hujayra qobig’i va xokazolar) hosil bo’ladi. Bu bosqichlar, ya’ni qurilish bloklari va polimerlarning sintezlanishi moddalar almashinuvining uchinchi bosqichi — anabolizm deb nomlanadi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin