Kerakli jixozlar: albom namunasi, rangli qog'oz va kartonlar, rangli qalamlar, flomaster, bo'yoq, mo'yqalam, salfetka, yelim.
Faoliyatning borishi: Albom namunani tomosha qilish.
Ijodiy ishni taxminiy rejalashtirish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Ijodiy ish.
Tayyor albomni mazmunan boyitish.
Qo'shimcha:albomlardan maqsadli foydalanish. Alohida e'tibor qaratiladi. Albom shaklini hosil qilish.
IYUL
OY MAVZUSI: QUVNOQ YOZ
Guruh
Qisqa
Mavzu
Qiziqarli uchrashuvlar
Muddati
Iyul3-hafta
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
Yengil, tezkorlik bilan, to'siqlardan hatlab o'tgan holda, yo'nalish va muvozanatni saqlab yuguradi. Turgan joyida burilib, oyoqlarini o'ngga-chapga qo'yib sakraydi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Shoirlar va ertak qahramonlari bilan uchrashuvlar bolalarda emotsional munosabatni rivojlantiradi. O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalari asosida bola qalbida o'z millatiga muhabbat, milliy g'urur hissi tarbiyalanadi.
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
Topishmoqlarga o'ylab, fikrlab javob berishga o'rganadi, sanama, tez aytishlarni yod oladi.