Metodik tavsiya



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə61/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Ijodiy rivojlanish

Pazl o'yinchoqlar yordamida kamida 16 ta bo'lakdan iborat shakl yig'ishni biladi. Bolada ijodiy qobiliyat, tasavvur, rivojlanadi, badiiy did o'sadi, saranjom-sarishtalikni tarbiyalanadi.

Rivojlantirish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va matematika







O'yinlar shaharchasi




O'yinchoqlarni pazl usulida yig'ish

Kerakli anjomlar

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish







Modalar atelesi (qo' g' irchoq uchun ko'ylak)







Kerakli anjomlar

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish




Barmoqlar teatri










Kerakli anjomlar

Fan va tabiat




Suvosti kemasi







Buzilgan o'yinchoqlarni tuzatish

Kerakli anjomlar

San'at




Rasm ishi: Bizning o'yin maydonchamiz

Applikatsiya:

Sevimli o'yinchog' im






Loy ishi: Hamro buvi o'yinchoqlari

Kerakli anjomlar



Umumiy guruh bo'lib ishlash

1.Nutq o'stirish:

Mening sevimli o'yinlarim 2.Ikkinchi tilga o'rgatish









Sport o'yinlari




Kerakli anjomlar

AVGUST. UCHINCHI HAFTA

O'YNAB O'RGANAMIZ

Til, nutq va savodxonlikka orgatish

Mavzu: Barmoqlar teatri Maqsad: bolalar barmoq harakatlari orqali nutqni rivojlantiradilar.

Kerakli jihozlar: AKT, barmoqlar uchun to'qilgan-tikilgan ertaklar qahramonlari qo'g'irchoqlari. Faoliyatning borishi:

  1. AKTorqali teatrlarning namoyishi.

  1. Ertak qahramonlari va syujetini yodga olish.

  2. Ertak qahramonlarini tanlash va rollarni taqsimlash.

  3. O'yin jarayoni.

  4. Bolalar ishtirokini muhokama qilish va rag'batlantirish. Qo'shimcha: O'zbek milliy akademik teatr aktyorlari haqida ma'lumot berish. Alohida e'tibor qaratiladi: rollarni bajarish jarayonida nutqning ravonligi.

Fan va tabiat

Mavzu: Suvosti kemasi

Maqsad: bolalar sho'r suvning zichligi toza suvning zichligidan og'ir ekanligini bilib oladilar. Kerakli jihozlar: 2 dona shisha stakan, toza suv, xom tuxum, tuz, qoshiq.

Faoliyatning borishi:

  1. 1 -stakanga tuxum va uning ustidan suv quyiladi.

Bu jarayonda bolalar tuxumning suvga cho'kishini kuzatadilar.

  1. 2-stakanga 3 osh qoshiq tuz aralashtiriladi va unga tuxum solinadi.

Bu jarayonda bolalar tuxumning suv yuziga suzib yurishini kuzatadilar.

  1. Xulosa: Sho'r suvning zichligi toza suvning zichligidan ancha og'ir. Shuning uchun sho'r suvga predmetlar cho'kmaydi.

Qo'shimcha: dengiz suvida suzish toza suvga suzishdan osonligini aytish.

Alohida e'tibor qaratiladi: amalga oshirilayotgan har bir jarayonni bolalar tomonidan izohlanishi.

San'at



Mavzu: Bizning o'yin maydonchamiz Maqsad: bolalar o'yin maydonchasini Rasm chizish orqali tasvirlay oladilar.

Kerakli jihozlar: o'yin maydonchasi tasvirlangan rasmlar, rangli bo'yoqlar, oq qog'oz, mo'yqalam.

Faoliyatning borishi:

  1. Mavzu Yuzasidagi rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rasm mavzusi bo'yicha suhbat.

  3. Ish jarayoni.

  4. Bolalar ishlari natijalarini muhokama qilish va rag'batlantirish.

  5. Bolalar ishlari ko'rgazmasi.

Qo'shimcha: bolalar xohishiga ko'ra maydonchani qo' shimcha tarzda bezashni taklif etish mumkin. Alohida e'tibor qaratiladi: bolalarning jamoada ishlay olish qobiliyati, ularning ijodiy tafakkurini rivojlanishi, o'zaro jamoaviy munosabatlar jarayoni.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu/O'viniar shaharchasi

Maqsad: bolalarkublar va turli konstruktorlardan o'rinli foydalanishni biladilar.

Kerakli jihozlar: kublar, geometrik shakl, manzarali o'simliklar to'plami, o'yinlar shaharchasi tasviri tushiriigan suratiar.

Faoliyatning borishi:

  1. “O'yinlar shaharchasi” mavzusibo'yichasuratlarniko'ribchiqish.

  2. O'yinlar shaharchasining qurilishmirejalashtirish.

  3. “O'yinlar shaharchasi” ni konstruktsiyalash.

  4. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag'batlantirish.

Qo'shimcha: tarbiyachi bolalarga o'z kompozitsiyalarini mayda o'yinchoqlar(archalar, gullar, haykalchalarva shu kabilar) bilan bezashni taklif etish.

Alohida e'tibor qaratiladi: quruvchi kasbiga qiziqish va hurmatning ortishi.

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Mavzu: Modalar atelesi (qo'g'irchoq uchun ko'ylak)

Maqsad:bolalar o'yin orqali modelyer va tikuvchi kasbini tasvirlab beradilar.

Kerakli jihozlar: turli gulli va sidirg'a ipli matolardan namunalar, tasmalar, qo'g'irchoq kiyimlari andozalari, chiroyli ko'ylaklar kiygan qo'g'irchoqlar.

Faoliyatning borishi:

  1. “Qo'g'irchoqni kiyintiramiz” o'yin (tayyor kiyimlar).

  2. O'z ishlari uchun mato va qo'g'irchoq tanlash.

  3. O'z qo'g'irchog'i uchun libos yaratish.

  4. “Yasangan qo'g'irchoqlar” namoyishi.

Qo'shimcha: ko'ylaklar uchun aksessuarlar taklif etish.

Alohida e'tibor qaratiladi: qo'l mayda motorikalarining rivojlanishi va hayot xavfsizligi asoslari.

San'at

Mavzu: Sevimli o'yinchog'im

Maqsad: bolalar o'z sevimli o'yinchog'ining rasmini chizish orqali qo'g'irchoq haqidagi fikrlarini asoslab bera oladilar.

Kerakli jihozlar: o'yinchoqlar rasmi,rangli qog'oz, karton, qaychi, yelim, quti, plastilin.

Faoliyatning borishi:

  1. Sevimli o'yinchog'im mavzusidagi rasmlarni ko'rish.

  2. Sevimli o'yinchog'im mavzusida bolalar tanlovi muhokamasi.

  3. Ish jarayoni.

  4. Bolalarning faoliyati natijasini muhokama qilish.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: ko'rgazma tashkil etish.

Alohida e'tibor qaratiladi: o'z ijodini chiroyli bezatish.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: O'yinchoqlarni pazl usulida yig'ish

Maqsad: bolalar pazl o'yinchoqlar Yordamida kamida 16 ta bo'lakdan iborat shakl yig'ishni biladilar.

Kerakli jihozlar: pazl o'yinchoqlar.

Faoliyatning borishi:

  1. Pazl o'yinchoqlar mavzusi bo'yicha suratlarni ko'rib chiqish.

  2. Pazl o'yinchoqlarni namuna asosida yig'ish.

  3. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag'batlantirish.

Qo'shimcha: bolalar ishlari ko'rgazmasini tashkil etish.

Alohida e'tibor qaratiladi: mustaqil ravishda namunaga qarab shaklni to'g'ri yig'ish malakalari.

Fan va tabiat



Mavzu: Buzilgan o'yinchoqlarni tuzatish

Maqsad: bolalar buzilgan o'yinchoqlarni tuzatish yo'llarini (yelimlash, ulash, batereyka qo'yish, otvertkada burash) tushunadilar va amalda bajara oladilar.

Kerakli jihozlar: buzilgan o'yinchoqlar, tuzatish uchun asboblar, otvyortka, batareykalar.

Faoliyatning borishi:

  1. Buzilgan o'yinchoqlarni ko'rib chiqish.

  2. Bolalar bilan buzilgan o'yinchoqlarni muhokama qilish: mashinani qaeri buzilgan, robort nega harakatlanmayapti?).

  3. Otvyortkadan to'g'ri foydalanishni mashq qilish.

  4. Batareyalarni to'g'ri joylantirishni mashq qilish.

  5. Buzilgan o'yinchoqlarni tuzatish.

  6. Bajarilgan ishning to'g'riligini tekshirish.

  7. Bolalar ishlarini ko'rish, muhokama qilish va rag'batlantirish.

Qo'shimcha: “Tuzat va o'yna” multfilmni ko'rish.

Alohida e'tibor qaratiladi: o'zi tuzatgan o'yinchoqlardan zavqlanish.

Sanat



Mavzu: Hamro buvi o'yinchoqlari

Maqsad: bolalar loydan ajoyib milliy o'zbek o'yinchoqlarini yasovchi usta Hamrobibi Rahimovani taniydilar.

Kerakli jihozlar: Hamro buvi o'yinchoqlari namunalari, loy, salfetka, steklar, taxtachalar.

Faoliyatning borishi:

  1. Hamro buvi o'yinchoqlarini ko'rib chiqish.

  2. Hamro buvi o'yinchoqlarini yasash yo'llari va usullari haqida suhbatlashish.

  3. Ish jarayoni.

  4. Bolalarning ishlarini muhokama qilish.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: milliy o'zbek o'yinchoqlarini yasovchi usta Hamrobibi Rahimovaning surati va uning yasagan o'yinchoqlaridan ko'rgazma tashkil etish.

Alohida e'tibor qaratiladi: milliy o'yinchoqlarga qiziqishning namoyon bo'lishi.

AVGUST

OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOG'LOM BOLALAR

Guruh

Qisqa

Mavzu

Yoz o'tdi soz

Muddati

Avgust 4-hafta

Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar

Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi

Bolalar sport turlariga qiziqadilar, ochiq havoda musobaqalar, harakatli o'yinlarni tashkil qiladilar, musiqa ohangiga mos jismoniy harakatlarni bajaradilar.

Murakkab konstruktsiyalarni yig'adilar.



Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

Bolalarda ayrxohlik, tengdoshlariga yordam berish, o'yinda o'rtoqlarining manfaatlari, fikrlari, xohish istaklari bilan hisoblashish kabi yaxshi odatlarga odatlanadilar.

Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari

Bolalar shaxsiy hayotlaridan “Men Yozni qanday o'tkazdim” mavzusida hikoya tuzadilar. Nutqning dialogik, monologik shaklini qo'llaydilar.

Bilish jarayonining rivojlanishi

Bolalar yil fasllarining o'ziga xos belgilari to'g'risidagi tasavvurlarni mustahkamlaydilar. Pishgan mevalarni xom mevadan farqlaydilar, mevalar qayerda tezroq pishishini(daraxt tagidami, soyadami, yalanglikdami yoki oftobdami) va uning sababi natijalarini bilib oladilar.

Ijodiy rivojlanish

Qo'g'irchoq teatrini sahnalashtiradi. Ijroda o'zini erkin tutadi.

Rivojlantirish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resursl ar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va matematika







Bog'dagi mevalarni terish uchun quti




Qushlar uchun in quramiz

Kerakli anjomla r

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish




Qo'g' irchoq teatrini sahnalashtirish

Sirk







Kerakli anjomla r

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish




Bu qachon bo'ladi? ta'limiy o'yini










Kerakli anjomla r

Fan va tabiat













Suvning xususiyati

Kerakli anjomla r

San'at




Rasm:

Sharshara



Applikatsiya: Quyoshli kun




Loy ishi: Shirin tarvuzlar

Kerakli anjomla r



Umumiy guruh bo'lib ishlash

  1. Nutq o'stirish: “Men yozni qanday o'tkazdim” mavzusida shaxsiy hayotdan hikoya tuzish

  2. Ikkinchi tilga o'rgatish







Musiqiy hordiq




Kerakli anjomla r

AVGUST. TO'RTINCHI HAFTA

YOZ O'TDI SOZ

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish

Mavzu: Qo'g'irchoq teatrini sahnalashtirish (bola ixtiyoriga ko'ra)

Maqsad:bolalar o'zini turli rollarda sinab qo'g'irchoq teatrini sahnalashtiradilar.

Kerakli jihozlar: qo'g'irchoq teatri anjomlari, qo'g'irchoq kiyimlari, chiroyli ko'ylaklar kiygan qo'g'irchoqlar.

Faoliyatning borishi:

  1. Qo'g' irchoq teatri haqida suhbat.

  2. Qo'g'irchoq teatri mavzusini tanlash.

  3. Qo'g'irchoq teatri namoyishi.

  4. Bolalar ishlari muhokamasi va rag'batlantirish.

Qo'shimcha: qo'g'irchoqlarga yangi kiyimlar kiydirish.

Alohida e'tibor qaratiladi: aktyorlik sifatlarining tarbiyalanish, ijroda o'zini erkin tutish.

Til va nutq



Mavzu:“Bu qachon bo'ladi?” ta'limiy o'yini

Maqsad: bolalar yil fasllarining o'ziga xos belgilari to'g'risidagi tasavvurlarini mustahkamlaydilar, pishgan mevalarni xom mevadan farqlaydilar, mevalar qayerda tezroq pishishini (daraxt tagidami, soyadami, yalanglikdami yoki oftobdami) va uning sababi natijalarini bilib oladilar.

Kerakli jihozlar: yil fasllarining o'ziga xos belgilari hamda bog', poliz, dala ekinlari tasvirlangan rasmli kartochkalar.

Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rasmga qarab fasllarning tartibini, o'ziga xos xususiyatlarini so'zlab berish.

  3. Savollarga javob berish.

  • Polizda qachon qovun-tarvuzlar, pomidor, bolgar qalampiri, bodringlar pishadi?

  • Qachon olma, nok, behi, olcha, gilos, olxo'ri, anjir, o'rik pishadi?

  • Qachon quyosh zarrin nurlarini tarqatadi?

  • Qachon asalarilar, qaldirg'ochlar uyalaridan uchib chiqadilar va havoda baland parvoz qiladilar?

  • Qachon quyosh to'q qizil yoki oltin rangga kiradi?

  • Qachon oy va yulduzlar chiqadi?

  1. O'yinni yakunlash va muhokama qilish.

  2. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: she'r yoki topishmoqlar aytish.

Alohida e'tibor qaratiladi: bolalar nutqi, nutqda zamon va fe'llarni to'g'ri qo'llay olish malakasi.

San'at



Mavzu: Sharshara

Maqsad: bolalar nam qog'ozga rasm chizish orqali sharshara manzarasini tasvirlay oladilar.

Kerakli jihozlar: sharshara va suv havzalari tasvirlangan rasmlar, namuna, oq qog'oz, bo'yoqlar, mo'yqalam, suv, suv idish, salfetka

Faoliyatning borishi:

  1. Sharshara mavzusidagi rasmlarni tomosha qilish.

  2. Oq qog'ozni namlash usuli bilan xo'l qog'ozni hosil qilish.

  3. Namuna bilan tanishish.

  4. Bolalar ijodiy ishi.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: paxtali cho'pchalarusulidan foydalanib sharshara chizish.

Alohida e'tibor qaratiladi: xo'l qog'oz va undagi tasvirlarni yaratish.

Qurish-yasash, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: Bog'dagi mevalarni terish uchun quti

Maqsad: bolalar quti shaklini qurilish bloklaridan yasaydilar, uning hajmiga alohida e'tibor qaratadilar.

Kerakli jihozlar: namuna, qurilish bloklari: lego, pazl, kubik, mevali bog' tasvirlangan rasmlar, meva mulyajlari.

Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuga oid rasmlar va namunani ko' rish.

  2. Ishni rejalashtirish.

  3. Kerakli materiallarni tanlash.

  4. Ijodiy ish.

  5. Tayyor qutilarni mevalar mulyaji bilan to'ldirish.

Qo'shimcha: “Dehqon bobo” syujetli o'yinini o'ynash.

Alohida e'tibor qaratiladi: tayyor mahsulotdan maqsadli foydalanish uchun kerakli hajmni yarata olish.

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish

Mavzu: Sirk

Maqsad: bolalar sirk, unda xizmat qiluvchi kasb egalari - fokuschi, akrobat, hayvon o'rgatuvchilar haqida biladilar.

Kerakli jihozlar: sirk arenasi tasvirlangan rasm, tomosha ko'rsatadigan yirtqich hayvonlar va qushlar rasmlari, hayvonlarni ovqatlantirish uchun idishlar, kiyimlar, hayvonlar niqoblari.

Faoliyatning borishi:

  1. Sirk arenasi tasvirlangan rasm bilan tanishish.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. O'yin uchun kerakli atributlarni tanlash.

  4. Ijro etish jarayoni.

  5. Rollarni almashish.

  6. O'yindan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashish.

Qo'shimcha: “Adashib qolgan kasblar” o'yini.

E'tiborga moyillik jihati: sirk hayoti va u yerdagi jarayonlar haqidagi bilimlari.

San'at



Mavzu: Quyoshli kun

Maqsad: bolalar applikatsiyada tasvirni uyg'unlashtirish va estetik bezatishni biladilar.

Kerakli jihozlar: charaqlab turgan quyosh manzarasi rasmi,rangli qog'oz, karton, qaychi, yelim, salfetka.

Faoliyatning borishi:

  1. Rasm va namunani ko' rish

  2. Zaruriy shakllarni kesish.

  3. Tayyor shakllarni yelimlash orqali “Quyoshli kun” kompozitsiyasini yaratish.

  4. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: “Quyoshjon” ashulasini tinglash va xarakatlarini ijro etish.

Alohida e'tibor qaratiladi: mayda detallarni yirtib yubormasdan kesish malakalari.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: Qushlar uchun in quramiz

Maqsad: bolalarkarton qutilar, taxta bo'laklari yordamida qushlar uchun in quradilar.

Kerakli jihozlar: karton qutilar, taxta bo'laklari, birlashtirish uchun ikki yoqlama skoch, qushlar uchun yasalgan inlar rasmlari, AKT.

Faoliyatning borishi:

  1. AKT orqali qushlarning ini tasvirlangan lavhalarni va rasmlarni tomosha qilish.

  2. In qurish uchun anjomlarni tanlash va rejalashtirish.

  3. Qurish jarayoni.

  4. Ishning yakuni va muhokamasi.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: qurgan inlarni tashkilot bog'idagi daraxtlarga o'rnatish.

Alohida e'tibor qaratiladi: qushlarga nisbatan mehr, ikki tomonlama skochdan foydalanish malakasi.

Fan va tabiat



Mavzu: Suvning xususiyati

Maqsad: bolalar bitta rangdan ikkinchi rangni hosil bo'lishi haqidagi olgan bilimlarini amaliy tajriba orqali mustahkamlaydilar.

Kerakli jihozlar: 6 dona stakan,qog'oz salfetkalar, fartuk, suv, xohishga ko'ra ranglar, pipetka

Faoliyatning borishi:

  1. 3 ta stakanga suv solish va ularni ranglash.

  2. Har bir stakanni bittadan bo'sh stakan bilan juftlashtirish.

  3. Salfetkalarni o'rtasidan kesish va bir-biriga ulash.

  4. Bir uchini rangli suvga, ikkinchi uchini stakanga qo'yish. Har bir stakanga shu holatni davom ettirish.

  5. Bir necha daqiqalardan so'ng tomchilarning kuchi natijasida suv bo' sh stakanga oqa boshlaydi.

  6. Jarayonni kuzatish.

  7. Tajribani umumlashtirish va xulosa. Ranglarning aralashib oqishi natijasida to'rtinchi rang hosil bo'lishi.

Alohida e'tibor qaratiladi: bolalar tajriba ishtirokchisiga aylanadilar.

San'at



Mavzu:Shirin tarvuzlar

Maqsad: bolalar tarvuz bo'laklarini plastilin orqali tasvirlab beradilar.

Kerakli jihozlar:plastilin, doska, steklar, salfetkalar, butun va bo'lingan tarvuz rasmlari.

Faoliyatning borishi:

  1. Tarvuz va uning bo'laklari tasvirlangan rasmlarni ko'rib chiqish.

  2. Ijodiy ishni rejalashtirish.

  3. Ijodiy jarayon.

  4. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag'batlantirish.

  5. Tayyor ishlar ko'rgazmasi.

Qo'shimcha: tabiiy tarvuzdan sharbat tayyorlash.

Alohida e'tibor qaratiladi: ijodiy qobiliyatning rivojlanishi.







Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin