Maqsad: bolalar havo xususiyatlari haqidagi bilimlarini amaliy tajribalar orqali mustahkamlaydilar. Kerakli jihozlar: bo'sh stakan, qog'oz salfetka, suv.
Faoliyatning borishi:
Amaliy tajriba: Bo'sh stakan tagiga qog'oz salfetka yopishtiriladi va stakan teskari o'girib suvga tushiriladi.
Stakan suv bilan to'ladi, ichidagi qog'oz salfetka stakan ichida havo borligi uchun quruq qoladi.
Tajribani muhokama qilish.
Bolalar bilan o'tilgan tajribadan hulosa chiqarish.
Qo'shimcha:yonib turgan sham ustiga stakan yopilganda uni o'chishi (havoning siqib chiqarilishi) tajribasini o'tkazish.