Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
|
Bola jismoniy mashqlarni aniq va to'g'ri bajaradi, harakatli o'yinlar qoidasiga rioya qiladi. Velosipedda uchadi, har xil sport o'yinlarida amal qilinadigan qoidalarga rioya qiladi.
Murakkab konstruktsiyalarni yig'adi. Mayda qismlardan iborat bo'lgan mozaika va pazllarni yordamsiz yig'adi.
|
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
|
Bola o'yin harakatlarida faol ishtirok etadi va teatrlashtirilgan o'yinlarga bo'lgan qiziqishi kuchayadi, o'zini turli rollarda sinab ko'rish ishtiyoqi ortadi. Bolada ijodiy qobiliyat rivojlanadi, aktyorlik sifatlari tarbiyalanadi; teatr qo'yishga qiziqadi, tengdoshlari, ota-onalari va mehmonlar oldiga bemalol chiqa oladi.
Bolada faollik, mustaqillik, do' stona munosabat va o'zaro yordam berish tarbiyalanadi.
|