Metodik uyushmaga rahbarlik qilish Tayanch tushunchalar


Munozara shaklidagi pedagogik kengash



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2022
ölçüsü25,46 Kb.
#65687
1   2   3   4   5   6
Metodik uyushmaga rahbarlik qilish Tayanch tushunchalar

5.Munozara shaklidagi pedagogik kengash.
Bu pedagogik kengashda pedagoglar guruhlarga bo’linadilar va muhokama qilinadigan muammolar bo’yicha o’z yo’nalishlarni ishlab chiqadilar. Munozara vaqtida birgalikda muammoning yechimi yuzasidan qaror qabul qilinadi.

  1. Ilmiy- amaliy konferensiya shaklidagi pedagogik kengash.

Bunday pedagogik kengashni bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarni birlashtirgan holda tayyorlash shartlashiladi.
Pedagogik kengash olib boriladigan muassasa tayanch sifatida tajriba- sinov o’tkazish mavqeiga ega bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladi.Bunday pedagogik kengashni tayyorlashda oldindan pedagoglar uchun “ochiq eshiklar” kuninii tashkil etish lozim. Bunda kun tartibini shunday tuzish kerakki, har bir muassasa o’z tajribasini taqdimot qilishda, muammolarni va takliflarni muhokama qilishda, qarorlar chiqarishda teng huquqli bo’lishlari lozim. Ilmiy rahbar o’zining kirish so’zida qisqacha muhokama qilinayotgan masalaning asosiy mohiyatini tushuntiradi. Qarorlar bunday pedagogik kengashda umumiy holda va har bir pedagogik jamoa uchun alohida, uning sifatini hisobga olgan holda chiqarilishi mumkin.
Albatta xulosalar tahlil qilinadi.Bu tahlillar quyidagi savollar orqali olib boriladi.
1.Muhokama vaqtida nima erishildi va nimaga erishilmadi?
2.Tarbiyachilardan qaysi birlari faol qatnashdi, kim faol qatnashmadi va nima uchun?
Natijada qanday xulosa chiqarish mumkin?
Pedagogik kengashni tayyorlash va o’tkazish jarayonida pedagoglarni faollashtirish usullari
Pedagogik kengash qanday shaklda o’tkazilishidan qat’iy nazar, hamma qatnashchilar faol ishtirok etishlari, o’z fikrlarini bildirishlari, ilg’or ish tajribalari bilan ishtirok etishlari muhimdir. Boshqaruvchi oldida doim “Ayrim pedagoglarni faol ishtirok etmasliklaridan qanday qutulish mumkin?” degan savol turadi.
Metodik tadbirlarni o’tkazishda pedagoglarni faollashtiruvchi shunday uslublar mavjudki, ular rahbarlarga kadrlar bilan ishlashga yordam beradi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, tadbirlarni tayyorlash va o’tkazish jarayonida turli- tuman ishga yo’naltiruvchi (faollik) usullari qo’llanilsa, yuqori natijaga erishish mumkin. Har bir tadbirlar uchun tanlanadigan usullar uning maqsad va vazifalariga, mazmun xususiyatlariga, pedagoglar soniga, ta’lim – tarbiya jarayonining aniq tuzilishiga bog’liq. Sizga ba’zi bir faollashtiruvchi usul va shakllarni tavsiya etamiz, ular navbatdagi uslubiy tadbirlarni tayyorlash va o’tkazishda yordam beradi.
Buning uchun aniq bir vaziyatda tarbiyachilar qanday yo’l tutish kerakligini bilishlari kerak. Pedagog har qanday vaziyatda ham pedagogik to’g’ri yo’lni topishi kerak. Bu usul ko’p takliflarga asoslangan holda qaror chiqarishga yordam beradi.
Bu esa taklif etilgan vaziyatni har tomonlama va chuqur tahlil qilgan holda taqqoslash – asoslash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin