10. Bolalar chiqishlari, xulq- atvorlarini, ijodini taxlil qilish. Ular magnitofon yozuvlari, rasmlar to’plami, yasalgan ishlari, xulq-atvorini yorituvchi yozilmalar. Tarbiyachilar material bilan tanishadilar, ularni tahlil qiladilar va bolalarning ko’nikma va bilimlariga, taraqqiyotiga, tarbiyasiga baho berishlari,olgan bilimlari bilan o’z faoliyatlarida yordam sifatida takliflar kiritishlari mumkin.
11.O’yin usuli.Bu yo’nalish qiziqish uyg’otadi, yuqori faollikni ta’minlaydi, pedagogik muammolarni hal qilishda malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.
12. Yakuniy so’z- Pedagogik kengashda yakuniy so’z asosiy daqiqa hisoblanadi. U qisqa va aniq bo’lishi, konstruktiv takliflarni o’z ichiga olishi kerak.
Maishiy – xo’jalik va tashkiliy masalalar bo’yicha ikkinchi darajadagi masalalarni mudira huzuridagi yig’ilishda muhokama qilish kerak.
Pedagogik kengashga qo’yilgan muammolarning mazmuni, ularning muhokamasiga pedagogik kengashda pedagoglarning munosabatlari orqali maktabgacha ta’lim muassasasiga rahbarlik darajasini aniqlash mumkin.