Mеtоdikasi” fanidan oraliq nazorat savollari



Yüklə 22,99 Kb.
səhifə1/3
tarix15.06.2023
ölçüsü22,99 Kb.
#131069
  1   2   3
Raximova Muborak 197-guruh


5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi (sirtqi)
4 – bosqich talabalari uchun JISMОNIY TARBIYA NAZARIYASI VA
MЕTОDIKASI fanidan oraliq nazorat savollari

Variant № 6

1. Futbol o’yin texnikasi va taktikasi?
2. Basketbol o’yin texnikasi va taktikasining tasnifi?
3. Stol tennisi o’yinining kelib chiqishi va tarixi?
1. Futbol o’yin texnikasi va taktikasi?
O’yin faoliyati harakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo’lim ajratiladi: maydon o’yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo’lim esa quyidagi: harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limlariga bo’linadi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan konkret texnik priyomlardan: harakatlanish texnikasi va priyomlari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o’yinchilari va darvozabon foydalanadi . Ammo ayrim priyom va usullar o’zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi bo’lib, detallaridagina farq bo’ladi. Har xil priyom, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi berilgan. O’rganilayotgan materialni sistemalashtirish, priyom, usul, turlarni tuzukroq tushunishga, ularni to’g’ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Futbol texnikasining harakteristikasi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umimiy kichik bo’lim bo’lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi.
1. Harakatlanish texnikasi Harakatlanish texnikasi quyidagi priyomlar guruhini o’z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining klassifikatsiyasi ko’rsatilgan.
O’yin vaqtida harakatlanish texnikasi priyomlaridan xilma-xil tarzda qo’shib foydalaniladi. Mana, masalan, futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilma-xil, sekin yurishdan boshlab startdagi tezlanishu maksimal tezlikka qadar o’zgaradi, yugurishning maromi va yo’nalishi qo’qqisdan o’zgarib turadi. Ygurishning xilma-xil priyomlarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga ko’shib olib borish futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.

Harakatlanish texnikasining priyomlari maydon o’yinchilari va darvozabonning to’pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq. Harakatlanish texnikasi priyomlarini keragicha hamda kompleks tarzda qo’llanish ko’p taktik vazifalarni (to’p olish uchun ochilish va raqibini chalg’itish, pozitsiya tanlash, o’yinchini to’sib olish va h.k) samarali hal qilish imkonini beradi.


Yugurish. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi.Futbolda yugurishning quyidagi priyomlari qo’llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.Oddiy yugurishdan asosan to’g’ri borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish, raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika yugurishdan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmidagina farqi bor, xolos.Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal ortiqroq, sekundiga 5,1-5,5 qadam bo’ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq bo’lgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi.T i s a r i l i b yu g u r i sh d a n asosan to’pni olib qo’yishda va to’sib olishda qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadi. Yugurishning bu turi ham siklik (qo’shaloq qadamli) bo’ladi. Qisqa–qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasininig qariyb yuqligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir.O’yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo’lib, bu ko’proq oyoqninig orqaga aktiv harakat qilishiga bog’liq.Tisarilib yugurayotganda o’yinchi ba’zan muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning ogirliq markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchining holati turg’un bo’lishi shartlaridan biridir.Ch a l i sh t i r m a q a d a m t a sh l a b yu g u r i sh d a n harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spetsifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi.Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan harakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida (qo’shaloq qadamda) siltanuvchi oyoqni oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa.J u f t l a m a q a d a m t a sh l a b yu g u r i sh d a n taktik jihatdan kerakli holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli priyomlari sifatida ijro etiladi.Juftlama qadam tashlab yugurish oyoklarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi.

Sakrash. To’xtash va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi. O’yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. O’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan belgilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristkalari optimal bo’lgan harakatlar qilish kerak bo’ladi.


Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish fazalari bo’ladi.
Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.B i r o yo q d a d e p s i n i b s a k r a sh oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomonga o’tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga bog’liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o’tish imkonini beradi. Og’irlik markazi o’qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi.
Sakrab to’pga kalla urayotganda ko’pincha maksimal baland ko’tarilish kerak bo’ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo’yish yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab-oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo’ladi, bunda qo’llarni ko’krak baravar silkitib ko’tarish depsinishning samarasini oshiradi.
I k k i o yo q d a d ye p s i n i b s a k r a sh. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq yo’nalishlarida sakraladi.
Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda salgina cho’nqayadi. Oyoqlarini aktiv to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomoniga o’tkaziladi va qo’llar silkitiladi. Yugurib kelib sakrayotganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib qo’yiladi. Cho’nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo’ladi.
To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini o’zgartirishning samarali vositasi deb qoraladi. To’satdan to’xtab qolganda, raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to’p bilan ham, to’psiz ham o’sha ketayotgan tomonning o’ziga yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o’ngga yoki chapga qochib qolinadi.
To’xtashda ikki xil priyom qo’llaniladi: sakrab to’xtash va tashlanib to’xtash.
S a k r a b t o’ x t a sh uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turg’unlik bo’lsin uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko’pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi.
T a sh l a n i b t o’ x t a sh so’nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadi-da, keyin oyoqni rostmana yerga qo’yiladi. Tashlanib to’xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan harakterlanadi.
Barcha xil to’xtashlardan keyin, odatda, turli yo’nalishlarda harakat davom ettiriladi. Shuning uchun to’xtashdagi so’nggi holat keyingi harakatning start holati bo’lishi kerak.
Burilish. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga kiradi.
Burilishning quyidagi priyomlaridan foydalaniladi: hatlab o’tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O’yin sharoitiga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida ham ijro etilaveradi.
H a t l a b o’ t i b b u r i l g a n d a qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash hisobiga kerakli yo’nalishga qarab olinadi.
Harakat yo’nalishini to’satdan va tez o’zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga aktiv depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bo’lmasa ham to’la-to’kis bajariladi.
T a ya n ch o yo q d a b u r i l i sh n i n g ikki turi bor. Birinchisida burilish yo’nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda og’irlik markazi o’qining proyeksiyasini tayanch satx chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yo’nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda og’irlik markazining o’qi burilish tomonga ko’chadi. O’tkaziladigan oyoqni ham shu yo’nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo’yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.
2. Maydon o’yinchisining texnikasi
Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir.Maydon o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.To’pni boshqarish texnikasiga quyidagi priyomlar guruhi kiradi: zarba berish, to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish. Bundan tashqari, qo’lda bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning nariyog’idan to’pni tashlab berish ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi.O’yin vaqtida qaysi priyom qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o’yindagi funksiyalariga bog’liq. Priyomlarning ijro etish sifati esa maydon o’yinchilarining hammasida yuksak darajada bo’lishi kerak.
To’pga zarba berishTo’pga zarba berish futbol o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To’pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi. Zarba berishning klassifikatsiyasi berilgan.Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo’lib, bu to’pning keraklicha trayektoriya bo’ylab harakatlanishi va optimal (ko’pincha esa maksimal) tezligi bilan harakterlanadi. To’pning uchish tezligi zarba beruvchi bo’g’in (oyoq yoki kalla) bilan to’pning o’zaro to’qnashgan paytdagi boshlang’ich tezligiga, shuningdek ular massasining bir-biriga nisbatan bog’liq. O’zaro ta’sir etuvchi bo’g’inlarning massasi nisbatan muhim bo’lgani sababli to’pning uchish tezligini oshirish uchun, zarba beruvchi bo’g’in tezligini oshirish kerak bo’ladi.
To’pga oyoq bilan zarba berish.To’pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to’pga, shuningdek turli yo’nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to’pga turgan joydan, harakat vaqtida sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi.Oyoq bilan to’p juda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ular texnikasini sistema-struktura jihatidan taxlil qilish ko’p usullar uchun umumiy bo’lgan asosiy harakat fazalariga ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Dastlabki faza-yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi futbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgilanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’p oldindan o’ylab qo’yilgan oyoq bilan tepiladigan qilib mo’ljal olinishi kerak. Bunga eng so’ngidan bitta oldingi qadamni qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo’ladi. Yugurish qadamlarining o’rtacha uzunligi katta yoshli futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo’ladi.
Yugurib kelish zarba beruvchi bo’g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi.Tayyorlov fazasi- zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni yerga qo’yish. So’nggi yugurish qadami vaqtida ortki depsinishdan juda muhim kichik faza- zarba beruvchi oyoqni orqaga tortish fazasi ijro etiladi. Sonni anchagina, goho esa maksimal darajada orqaga tortib, tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to’pgacha yetib keladigan yo’li uzayadi va son oldingi yuzasining muskullari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son anchagina orqaga tortilganda harakatlantiruvchi muskullarning hammasi ham cho’ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bularning hammasi harakat oxirida katta tezlikga erishish imkonini beradi.
Zarba beruvchi oyoq orqaga tortilishini to’g’ri bajarish uchun yugurib kelishdagi so’nggi qadamni sal uzaytirish kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo’lib, 200-250 sm.ni tashkil etadi. Tayanch oyoq To’pdan o’ng yoki so’l tomonga qo’yiladi.Ishchi faza- zarba berish harakati va surib borish. Zarba berish harakati tayanch oyoqni yerga quyish paytida sonni olg’a tomon aktiv bukishdan boshlanadi. Bunda son bilan bukilgan boldir orasida hosil bo’lgan burchak saqlanib turadi. Boldir bilan oyoq kaftining son harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og’irlik markazini tos-son bo’g’imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini oshirishga olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi («Chxaidze paradoksi»). Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi (boldir va oyoq kafti qismi) tezligini oshirish uchun unga kattaroq massali bo’g’indagi harakat miqdorini (mv)
asta-sekin o’tkazib berish kerakligi sabab. To’pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli qilichdek harakatlantirib zarba beriladi.Zarba berish paytida oyoqning to’piq bilan tizza bo’g’imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga» aylanishi zarba beruvchi bo’g’im massasini ko’paytirish imkonini beradi.Zarba paytidagi o’zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to’pga tekkan joyi to’pning shaklini o’zgartiradi – deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to’pning birgalikda surilish tezligi nolga tenglashguncha to’p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to’p shaklini tiklaydi-da, to’pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik zarba berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo’ladi. Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va qizitishga ketadi.Futbol to’pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya fazalari bilan shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom etadi. Oyoq to’pga tegib turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom ettirish kerak, chunki to’pning uchish tezligi berilgan kuch (F) bilan shu kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga bog’liq. Shunday qilib ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. Bunda zarba beruvchi oyoq to’p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish kattaroq kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o’z navbatida bu to’pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to’pning harakat yo’nalishi ham ko’p jihatdan surib borish yo’nalishi bilan belgilanadi.Yakunlovchi faza-keyingi harakatni boshlash dastlabki holatga o’tish. Zarba berilgandan keyin oyoq yuqorilab olg’a tomon harakatda davom etadi. Zarba paytida tayanch satxi ustida bo’lgan gavda og’irlik markazi o’qi oyoq harakati tomonga ko’chadi.Shu tariqa keyingi harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi.Oyoq bilan to’p tepishning ko’p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir. Yuqorida bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda anchagina kuch bilan to’p tepish imkonini beradi. Biroq taktik mulohazalar ko’pincha harakat fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo etadi. Bundan tashqari, to’p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi spetsifik xususiyatlar ham bor.
TO’P TRAYEKTORIYASI XUSUSIYATLARI
To’pga oyoq bilan zarba berishning asosiy usullari ikki xil bajariladi: to’g’ri zarba berish, burama zarba berish.To’g’ri zarba berganda zarba impulsining yo’nalishi to’pning og’irlik markazi o’qidan yoki bevosita uning yaqinidan o’tadi. Burama zarba berish uchun esa zarbaning yo’nalishi to’p og’irlik markazi o’qida anchagina chetdan o’tishi kerak.Amalda yuqorida ko’rsatilgan hamma usullar to’g’ri zarba berish mumkin. Faqat oyoq yuzining tashqi qismi bilan shunday zarba berish sal noqulayroq. Burama zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki qismi va ayniqsa tashqi qismi bilan eng samarali bajariladi.To’g’ri zarba berilganda to’pning uchish trayektoriyasi kuchning qo’yilish joyiga bog’liq. Zarbaning qo’yilish joyi gorizontal tekislik bo’ylab to’pning o’rta qismiga to’g’ri kelsa, to’p to’g’riga pastlab uchib boradi.Zarba joyi vertikal o’qqa nisbatan o’zgarsa, to’pning uchib chiiish amizuti o’zgaradi (gorizontal tekislikda o’ngga yoki chapga suriladi).
Agar kuchning qo’yilish joyi gorizontal o’qdan pastroqqa to’g’ri kelsa, unda to’pning uchib chiqish burchagi o’zgaradi. Zarba sirtining vertikal va gorizantal o’q atrofida burilishi azimutning ham uchib chiqish burchagining ham (yuqorilab o’ngga, yuqorilab chapga) o’zgarishiga sabab bo’ladi.To’pning uchish trayektoriyasi burama zarba berilganda anchagina o’zgaradi. Zarbaning yo’nalishi to’pning og’irlik markazi o’qidan o’tmaydi. Bu hol to’pni anchagina aylantirib yuboradi. To’p gorizontal o’q atrofida (tagidan tepilganda), veritikal o’q atrofida (pastiga burama tepganda) va qiya o’q atrofida (yuqorisiga burama tepganda) aylanishi mumkin.Qattiq aylanib uchayotgan to’p havo qarshiligiga uchrab, boshlangich trayektoriyasini o’zgartiradi (Magnus effekti). Masalan, to’p vertikal o’q atrofida aylanib borayotgan bo’lsa, uchish trayektoriyasi aylanish tomoniga og’adi.Qattiq aylanayotgan to’p yerdan sapchib qaytganda uning keyingi uchish yo’nalishi o’zgaradi. Trayektoriya to’p aylanayotgan tomonga qiyshayadi.To’pning uchish xususiyatlarini bilish futbolchi harakatining ishonchliligini oshiradi.Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepish asosan qisqa va o’rta masofaga to’p uzatishda, shuningdek mo’ljalga yaqin masofadan tepilayotganda qo’llaniladi.Shunday zarba berish texnikasining ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Yugurish boshlanadigan joy, to’p va mo’ljal (nishon) taxminan bir chiziqda bo’ladi. Zarba beruvchi oyoqni orqaga tortish so’nggi yugurish qadamidagi ortki depsinish hisobiga bajariladi. Tepish harakati sonni oldinga bukish bilan bir vaqtda zarba beruvchi oyoqni tashqari tomon burishdan (supinatsiyadan) boshlanadi. Zarba berish paytida taranglangan oyoqning uchi tashqari tomon burilgan, uning kafti esa to’p uchadigan yo’nalishga nisbatan aniq to’g’ri burchak hosil qilgan bo’lishi kerak. Oyoq uchi sal ko’tarilgan bo’ladi. Zarba berish oyoq kafti ichki sathining o’rtasi bilan ijro etiladi. Oyoqning zarba berish vaqtidagi holati surib borish vaqtida ham saqlanib qoladi.Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepilganda to’pga oyoqning kattaroq sathi tekkani uchun bunday tepish anchagina aniq bo’ladi. Biroq zarba beruvchi oyoqning orqaga tortilishi maksimal darajaga yetmagani sababli, bu uslda berilgan zarbaning kuchi boshqa usullardagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Bu esa tos son suyagi boshini bo’g’in chuqurchasiga siqib, sonning zarba berish harakati uchun zarur bulgan supinatsiyasini yuq qilib qo’yishi bilan bog’liq.Oyoq yuzining ichki qismi bilan tepish «o’rtacha» va «uzun» uzatishlarda, darvozaning uzunasiga «o’qdek» berishlar va hamma masofalardan nishonga tepish paytlarida qo’llaniladi.Mazkur tepishni bajarishda to’p va nishonga nisbatan 450 hosil qilib yugurib kelinadi. Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xususiy chetlanishlar 300 dan 600 gacha bo’lishi mumkin. Bunda zarba beruvchi oyog’ining orqaga tortilishi maksimal darajaga yaqin bo’ladi. Tizzasi sal bukilgan tayanch oyoq kaftining tashqi qismi (oyoq tagining tashqi cheti) yerga qo’yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga sal engashadi. Tepish harakati sonni bukishdan boshlanib, boldirni keskin yozib yuborish bilan tugaydi. Oyoq uchi pastga cho’zilgan, oyoq tarang bo’ladi. Zarba paytida to’p bilan tizza bo’g’imini birlashtirib turuvchi shartli o’q frontal tekislikda og’ibroq turadi. Ana shu shart, shuningdek zarbani to’pning o’rta qismiga berish natijasida to’p past trayektoriya bo’ylab uchadi.Oyoq yuzining o’rta qismi bilan tepishni bajarish texnikasi ko’p jihatdan oyoq yuzining ichki qismi bilan tepishga o’xshaydi, lekin uni bajarish detallari bir oz farq qiladi.
Yugurib kelish chizig’i, to’p va nishon taxminan bir chiziqda bo’ladi. Oyoqni orqaga tortish ham, zarba berish harakati ham qat’iyan sagittal tekislikda (oldinga-orqaga yo’nalishida) bajariladi. Tayanch oyoqning tovoni to’pning yon tomoniga qo’yiladi – bunda oyoq bilan to’p baravarlashadi. Tepish harakati davomida to’p tayanch oyoq kafti tovonidan yumalab uchiga ko’tariladi. To’p bilan tizza bug’imini birlashtirib turuvchi shartli o’q zarba paytida qat’iyan vertikal bo’ladi. Bu holat surib borish vaqtida saqlanib qoladi.To’p bilan oyoqning to’qnashish sathi kattagina ekani zarba berishni anchagina aniq bajarish imkonini beradi. Yugurib kelish, oyoqni orqaga tortish va tepish bir tekislikda bajarilgani uchun harakat tizimi biomixanika jihatidan kerakligicha ishlatiladi hamda boshqa usullariga nisbatan kattaroq kuch bilan tepiladi. Biroq oyok yuzining kafti yerga tegib ketib, oyoq og’rishi va lat yeyishi mumkin. Bu esa ehtiyot tormozlanish oqibatida ko’pincha harakat amplitudasi o’zgarishiga, zarba kuchi kamayishiga, uning samaradorligi pasayib ketishiga olib kelishi mumkin.Oyoq yuzining tashqi qismi bilan tepish burama zarba berish paytida eng ko’p qo’llaniladi. Oyoq yuzining o’rta va tashqi qismlari bilan tepishdagi harakatlarning struktarisi o’xshash bo’lib, farqi bunda tepish harakati vaqtida boldir bilan oyoq kafti ichkari tomon buriladi.Oyoq uchida tepish kutilmaganda, tayyorgarlik ko’rmay turib, nishonga tepib qolish zarur bo’lib qolganda bajariladi. Bundan tashqari bu tepish raqibdagi to’pni tashlanib yoki shpagat qilib tepib yuborishda ancha samaralidir.Tepish paytida yugurib kelish ham to’p va nishon ham, bir chiziqda bo’ladi. YUgurib kelganda so’nggi qadamdagi depsinish, tepish uchun oyoqni tortish uchun ham hisoblanadi. Tepish harakati tizza sal bukilgan tarang oyoqda bajariladi. Tepish paytida oyoq uchi sal ko’tarilgan bo’ladi.Oyoq uchining zarba beruvchi sathi juda kam bo’lgani uchun bu usulda, to’p yumalab ketayotgan bo’lsa, tepish unchalik aniq chiqmaydi.
Tovon bilan tepish o’yinda kamroq qo’llaniladi. Buning sababi bajarishning murakkabligida, zarba kuchi va aniqligi juda kamligidadir. Bunday tepishning afzalligi esa uning raqib uchun kutilmaganligida.
Tayyorlov fazasi tayanch oyoqni to’p yoniga qo’yishdan boshlanadi. Oyoqni tortish uchun uni to’p ustidan oldinga uzatiladi. Ishchi faza-tepish oyoqni orqaga keskin harakatlantirish bilan bajariladi. Zarba berish paytida oyoq taranglashgan bo’lib, oyoq kafti yerga parallel turadi.
Tovon bilan chalishtirma zarba berish shunday tepish variantlaridan biri hisoblanadi. O’ng oyoq bilan shunday beriladigan bo’lsa, tayanch oyoq to’pning o’ng yoniga qo’yiladi. Zarba beruvchi oyoq oldinga o’tkazib tortiladi-da, tayanch oyoqqa nisbatan chalishtirib, keskin orqaga harakatlantirib zarba beriladi. Ozroqqina surib borilgandan keyin oyoq harakati tormozlanadi.
To’pni tayanch oyoq tovoni bilan tepsa ham bo’ladi. Bunda tayanch oyoq to’pdan o’tkazib, 10-15 sm nariga qo’yiladi. SHundan keyingi qadamda oyoqni balandlatib orqaga harakatlantirib beriladi. SHu turtki berishning o’zi tepish harakati hisoblanadi.
Harakatsiz to’pni tepish. Boshlang’ich, jarima va erkin to’p tepish, burchakdan to’p tepishda, shuningdek darvozadan to’p tepishda o’yinchi harakatsiz yotgan to’pni tepadi. Zarba berishning barcha usullaridagi ijro texnikasining yuqorida zikr etilgan struktura xususiyatlari harakatsiz yotgan to’pni tepishga ham to’lig’icha taalluqli bo’lib, faqat taktik vazifalar qandayligiga qarab tayyorlov fazasida yugurib kelishning uzoq-qisqaligi va tezligi har xil bo’ladi.
Dumalab kelayotgan to’pni tepish. Dumalab kelayotgan to’pni tepishda ham zarba berish asosiy usullari va turlarining hammasi qo’llaniladi.
Bunday zarba berishdagi texnik harakatlar yerda harakatsiz yotgan to’pni tepishdagi harakatlardan farq qilmaydi. Asosiy vazifa o’z harakati tezligini to’p harakatining yo’nalishi va tezligi bilan muvofiqlashtirib olishdan iborat. To’pning quyidagi asosiy harakat yo’nalishlari bor: o’yinchidan nari ketish, o’yinchi ro’parasidan, yon (o’ng va chap) tomondan, shuningdek shu yo’nalishlar oralig’idan kelish.
Tayanch oyoqni yerga qo’yish, ya’ni kichik fazani qanday bajarishning xususiyatlari ana shu yo’nalishlarga qarab belgilanadi. O’yinchidan nariga dumalab ketayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pdan nariroq o’tkazilib uning yon tomoniga qo’yiladi. Ro’paradan dumalab kelayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pga yetib bormaydi. Agar to’p yon (o’ng yoki chap) chap tomondan dumalab kelayotgan bo’lsa, uni to’pga yaqinroq oyoq bilan tepgan ma’qul.
Hamma hollarda ham tayanch oyoqni to’pdan qancha oraliqda qo’yish to’pning harakat tezligiga bog’liq bo’lib, buni zarba berish harakati vaqtida to’p tayanch oyoq bilan tenglashib qoladigan qilib mo’ljallash kerak. Ana shu holat zarba berish uchun eng qulay hisoblanadi.


Yüklə 22,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin