Metodikasi haqida



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix08.11.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#67907
  1   2   3   4   5
Sayfullayeva Shahlo Shavkatovna



PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR 
www.bestpublication.org
132 
MAKTABDA KOMBINATORIKANING ASOSIY QOIDALARINI OʻQITISH 
METODIKASI HAQIDA 
Sayfullayeva Shahlo Shavkatovna 
Buxoro davlat universiteti, Fizika-matematika fakulteti talabasi, 
Annatatsiya. Maqolada turli masalalarni yechishda kombinatorikaning asosiy 
qoidalarining (koʻpaytirish va qoʻshish qoidalari) muhim oʻrni yoritilgan. Ushbu 
yo’nalishda dastlabki koʻnikmalarni maktab matematikasidan boshlab shakllantirib borish, 
oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish lozimligi bayon qilingan. 
Kalit soʻzlar: qoʻshish qoidasi, koʻpaytish qoidasi, kombinatorika, chekli toʻplam, 
elementlar, kombinatorika elementlari. 
Eng avvalo kombinatorika masalalarining kelib chiqish tarixi va qanday masalalar 
kombinatorika masalalari deyilishi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz. Tajribalar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, mavzuni o‘tishdan oldin tarixiy ma’lumotlar keltirilishi 
o‘quvchilarda fanga nisbatan juda katta qiziqishlar uyg‘otmoqda. 
Matematikaning kombinatorik tahlil, kombinatorik matematika, birlashmalar 
nazariyasi, qisqacha, kombinatorika deb ataluvchi bo‘limida chekli yoki muayyan 
ma’noda cheklilik shartini qanoatlantiruvchi to‘plamni (bu to‘plamning elementlari 
qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q: harflar, sonlar, hodisalar, qandaydir predmetlar va 
boshqalar) qismlarga ajratish, ularni o‘rinlash va o‘zaro joylash ya’ni, kombinatsiyalar, 
kombinatorik tuzilmalar bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Hozirgi davrda 
kombinatorikaga oid ma’lumotlar inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. 
Jumladan, matematika, kimyo, fizika, biologiya, lingvistika, axborot texnologiyalari va 
boshqa sohalar bilan ish ko‘ruvchi mutaxassislar kombinatorikaning xilma-xil 
masalalariga duch keladilar. To‘plamlar nazariyasi iboralari bilan aytganda
kombinatorikada kortejlar va to‘plamlar, ularning birlashmalari va kesishmalari hamda 
kortejlar va qism to‘plamlarni turli usullar bilan tartiblash masalalari qaraladi. To‘plam 
yoki kortej elementlarining berilgan xossaga ega konfiguratsiyasi bor yoki yo‘qligini 
tekshirish, bor bo‘lsa, ularni tuzish va sonini topish usullarini o‘rganish hamda bu 
usullarni biror parametr bo‘yicha takomillashtirish kombinatorikaning asosiy masalalari 
hisoblanadi. 
Kombinatorikaning ba’zi elementlari eramizdan oldingi II asrda hindistonliklarga 
ma’lum edi. Ular hozirgi vaqtda guruhlashlar deb ataluvchi kombinatorik 
tushunchadan foydalanishgan. Eramizning XII asrida Bxaskara Acharya o‘zining ilmiy 
tadqiqotlarida guruhlash va o‘rin almashtirishlarni qo‘llagan. Tarixiy ma’lumotlarga 
ko‘ra, hindistonlik olimlar kombinatorika elementlaridan, jumladan, birlashmalardan 
foydalanib, she’riy asarlar tarkibiy tuzilishining mukammalligini tahlil qilishga 



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin