PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR
www.bestpublication.org 134
kombinator matematika — matematikaning chekli to‘plamlar ustida bajariladigan
amallarni o‘rganadigan bo‘limi.
Oʻqituvchi oldida birinchi navbatda tizimli oʻzgarish koʻnikmalarini shakllantirish
vazifasi turibdi. Buni oddiy masalardan boshlash kerak, chunki, bu holda elementlar
koʻp boʻlmaydi va barcha hollarni koʻrib chiqish imkoni mavjud.
Hozirgi kunda oʻrta umumtaʻlim maktabining 6-7-sinf darsligining
«Kombinatorikaning asosiy qoidalari» mavzusini oʻqitishni quyidagi masaladan
boshlash maʻqul. Chunki kombinatorika masalalarini echishni o‘rgatishda masalalarni
tanlash juda muhim rol o‘ynaydi. Muallif tomonidan mavzuni o‘qitishda quyidagi
masalalarni yechishni o‘rgatish tavsiya qilinadi.
KOʻPAYTIRISH QOIDASI 1-masala. Toshkentdan Samarqandga samolyot, poyezd, avtobus bilan borish,
Samarqanddan Buxoroga poyezd yoki avtobus bilan borish mumkin. Toshkent-
Samarqand-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha sayohatni necha usul bilan tashkil qilish
mumkin.
Yechish. Toshkentdan Samarqandga sayohat qilishning uch yoʻlning har biriga,
Samarqanddan Buxoroga sayohat qilishning mumkin boʻlgan ikkita yoʻli toʻgʻri keladi.
Demak, Toshkentdan Buxoroga sayohat qilishning mumkin boʻlgan turli yoʻllari soni:
3·2=6 ga teng boʻlar ekan.
Javob: 6. 2-masala. Samarqanddan Toshkentga 4 xil yoʻl bilan kelish mumkin: samolyot,
poyezd, avtobus va yengil mashina (taksi). Toshkentdan Xoʻjakentga 3 xil transport
vositasi olib boradi: poyezd, avtobus, taksi. Samarqanddan Xoʻjakentga necha xil
usulda kelish mumkin?
Oʻquvchi oʻzlariga quyidagi xulosi chiqaradi:
Agar A shahardan B shaharga kelishning m ta, B dan C shaharga kelishning n ta yoʻli boʻlsa, u holda A dan C ga kelishning jami m·n ta yoʻli bor, yaʻni A dan C ga m ·n xil usuli bilan kelish mumkin. Bu qoida koʻpaytirish qoidasidir va u kombinatorikaning asosiy qoidasi
hisoblanadi.
3- masala. Nechta uch xonali sonda faqatgina bitta 7 raqami bor?