Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment ”



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə13/18
tarix17.09.2023
ölçüsü125,5 Kb.
#144463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme

Metodika uyushmalarining maqsadi: - maktabgacha ta'lim tashkilotlarining har bir yo'nalish bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta'lim faoliyatini muvofiqtashtirish;
- zamonaviy ta'lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim tashkilotlari pedagog va tarbiyachilarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida mahorat maktablari, amaliy mashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslubiy adabiyotlar, ta'limga oid va didaktik o'yin vositalari ko'rgazmasi, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari tomonidan maktabgacha ta'lim yo'nalishiga oid me'yoriy hujjatlar va metodik ishlarni o'rganadi hamda ta'lim tashkilotlarida ta'lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib beradi.
2. Viloyat metodika markazlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali pedagoglari tarkibidan yo'nalishlar (rahbar, melodist, tarbiyachi, logoped, defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) bo'yicha trenerlar guruhi tashkil etiladi. Trenerlarning har biri o'z yo'nalishi bo'yicha yangi metodik tavsiyalar va me'yoriy hujjatlar bilan metodik uyushma rahbarlari uchun ikki oyda bir marta mashg'ulotlarni tashkil etadi.
3.Tuman (shahar) miqyosidagi ilg'or pedagogik ish tajribalarini o'rganadi hamda ulardan eng samaralilarini metodika uyushmasi qarori bilan tuman (shahar) bo'yicha ommalashtiradi.
4.Tuman (shahar) miqyosida ommalashgan innovatsion ish uslublariga ega tashkilotlar ish tajribasini viloyat bo'yicha ommalashtirishga tavsiya etadi.
5.Ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish maqsadida, ta’lim- tarbiya faoliyatining zamon talabiga mosligini, qo'yilgan talablarning bajarilishi va ijodiy fikrlarning ta'lim jarayoniga to'g'ri yo'naltirilganini kuzatib boradi.
6. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning yo‘nalishlar bo'yicha bajarilishi va tayanch dasturining ishlashini ta'minlashga rahbarlik qiladi.
7.«Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning ijrosini o'rganish uchun zarur bo'lgan test topshiriqlari va boshqa nazorat materiallarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
8. Shahar va tumanda tegishli ta'lim yo'nalishining tatbiq etish ahvolini o'rganadi, tahlil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning Davlat talablari asosida egallagan malaka va ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlaydi va ularni to'ldirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi.
9. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari» ijrosini ta'minlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, unga yangi innovatsion g'oyalarni tatbiq etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar ishlab chiqadi va ularni ta'lim tashkilotlariga yetkazadi.

Yüklə 125,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin