KIRISH
Mavzuning dolzarligi.
Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti,
tili,
madaniyati,qadriyatlari
va
tarixini
bilishga,
o’zligini
anglashga
qiziqishi
ortibbormoqda. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasl-nasabi, o’zi tug’ilib voyaga
yetgan qishloq, shahar, xullaski, vatanining tarixini bilishni istaydi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prizdenti
I.A.Karimov
o’zining
«Yuksak
manaviyat-yengilmas kuch» asarida «O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan
millatning kelajagi yo’q»-deb alohida takidlagan edi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximiz, qadriyatimiz, urf-odatlarimiz qaytadan
tiklanmoqda. Ularni milliy mafkura nuqtai-nazaridan o’rganishga etibor qaratilmoqda.
«Talim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va boshqa meyoriy
hujjatlarda talim-tarbiya tizimini yuqori pog’onaga ko’tarish yo’llari belgilab berilgan. Ayni
paytda ana shu vazifalarni bajarish uchun muayan ishlar amalga oshirilmoqda
Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat sharq,
balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu
qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu- fuzalolar, olimu- ulamolar,
siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan.
Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir.
Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshi
bilishadi. U qomusiy olim sifatida tarix, falsafa, astronomiya, geografiya, tibbiyot,
matematika, astrologiya, fizika, adabiyot kabi fanlarni mukammal o’rgandi va ilmiy
izlanishlar olib bordi. Bundan ming yillar avval yaratilgan ushbu fan sohalariga oid asarlar
hali-hanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Dostları ilə paylaş: |