Abu Rayhon Beruniy
(973-1048)
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
7
O’sha davrda Kaspiy bo’yi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga
xayrixohlik ko’rsatadi. «Shamsal-maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan
mashhur bo`lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta
Sharqqa mashhur qildi.
Beruniy bu yerda «Xorazmning mashhur kishilari», «Turar joylar orasidagi
masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash» asarini yaratdi. Bu
asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar
natijalari ham bayon qilingan.
995-yilda Kot shahri Gurgonj amiri Ma`mun І tomonidan bosib olindi. Xorazmda
hukmronlik qilayotgan afrig`iylar sulolasi qulatilib, shahar vayron qilindi. Bunday sharoit
Beruniyni vatanini tashlab ketishga majbur etgan. U panoh qidirib avval Rayga (hozirgi
Tehron tarkibida), so`ngra Jurdonga boradi. Jurdon hokimi Qobus ibn Vushmagir Beruniyni
olim sifatida g`oyat qadrlagan. Bir rivoyatga ko`ra, u Beruniyni katta mansabga taklif
qilganida Beruniy bu mansab o`zini ilm-fandan chetlab qo`yishini aytib, taklifni qabul
qilmagan.
1004-yili Beruniy Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va
uning yaqin maslahatchisi etib taynlanadi.
Ma'mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» - «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy
markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadilar.
Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib
boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi.
1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda
Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xurosonda Mahmud G’aznaviy (998-1030) hukmronligi
o’rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud G’aznaviy
davlatiga tobe bo’ladi.
Ma'mun akademiyasidagi ko’plab olimlar qatori Beruniy ham G’aznaga olib ketiladi
va u yerda ijodini davom ettiradi.
Jurjonda Beruniy o`zining mashhur “Al-osorul boqiya an il qurun ul holiya” nomli
(“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik”) asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
8
so`g`diylar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan.
Shuningdek falakiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta e`tibor berilgan. O`rta
Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan.
1004-yilda Beruniy o`z vataniga qaytib, Urganchda ilm-fanga homiylik qilayotgan
Xorazmshoh Ma`mun ІІ (1009―1017) atrofida mashhur olimlar, jumladan, Sino,
Beruniyning ustozi Abu Nasr ibn Iroq, tabib Abu Sahl Masixiylar safiga qo`shiladi. Ular
fanning turli sohalarida ish olib boradilar. Beruniy ana shu ilmiy doirada muhim rol
o`ynagan. 1017-yilda Xorazm Ibn Mahmud G`aznaviy tomonidan bosib olindi. U qurol
kuchi bilan yirik saltanat barpo qiladi, o`z poytaxti G`aznaga Xorazmshoh saroyidagi
olimlar bilan birga Beruniyni ham olib ketadi.
To`xtovsiz urushlar natijasida Mahmud G`aznaviy Shimoliy Hindistonni bosib olib,
uning aholisini qirg`in qildi. Beruniy bu harbiy yurishlarda sultonga hamrohlik qilishga
majbur bo`ldi. Buyuk olim o`n uch yil davomida Hindistonda bo`lib, uning tarixi,
madaniyati va fanini o`rgandi. U qadimiy hind tili ― sanskritni o`zlashtirib, shu tilga bir
necha qadimgi yunon mumtoz asarlarini, shu jumladan, Evklidning “Negizlar”i va
Ptolomeyning “Almagesta”, o`zining astrolyabiy haqidagi risolasini tarjima qilgan.
Beruniy hindlarning hayotini sinchkovlik bilan kuzatdi va ularning adabiyotini, madaniy
boyligini mukammal o`rganib, “Hindiston” asarini yaratdi. Unda shu mamlakatning
falsafasi, tarixi, geografiyasi, aholisining etnik tarkibi, urf-odati, e`tiqodlari haqida boy
ma`lumotlar to`plangan. “Hindiston” butun o`rta asr fanidagi mislsiz asardir. Shu asar
orqali Beruniy ko`z oldimizda faqat tarixchi, geograf, falakiyotshunos, lingvist va faylasuf
olim sifatidagina emas, buyuk insonparvar pedagog irqiy va diniy xurofotlarga qarshi
kurashgan ma`rifatparvar sifatida ham gavdalanadi.
Beruniyning
yana
bir
muhim
asari
«Munajjimlik
san'atidan
boshlang’ich
tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar,
ma`lumotlar bergan.
Mahmud G’aznaviyning Hindistonga yurishlarining birida Beruniy ham hamroh
bo’lib boradi. U sanskritni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san'ati
bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi va bu mehnatlari natijasida 1030-yili
o’zining Sharq va G’arbda keng e'tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
9
Kitobning to’liq nomi «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan talimotlarini
aniqlash kitobi» bo’lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «Hindistonga oid
tadqiqlar» yoki «Hindiston» deb yuritiladi.
Akademik V.R.Rozen asarni «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun
ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q», -deb baholaydi. Hindiston olimi
Hamid Rizo esa, olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir
o’rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda
tushunib yetmagan. Uning«Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik
namunasi bo’lib qoladi», deydi. Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari
o’z ifodasini topgan.
1030-yili Mahmud G’aznaviy vafot etadi. Uning kichik o’g’li Muhammad voris
sifatida taxtga o’tirgan bo’lsada, ko’p o’tmay Mahmudning katta o’g’li Mas'ud (1030-
1041) ukasini taxtdan ag’darib, o’zi hokimiyatni qo’lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini
qadrlovchi Mas'ud Beruniyni o’z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi.
Beruniy astronomiyaga oid «al-Qonun al-Mas'udiy» («Mas'ud qonuni») nomli yirik asarini
shox Mas'udga bag’ishlaydi. Olimlar bu asarni matematika va astronomiyaga oid
ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo’yadilar. Arab olimlaridan Yoqutning
yozishicha: «Mas'ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan
hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan».
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr
uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda:
- o’quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- tahlil qilish va taqqoslash;
- ma`lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;
- takrorlash;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishga e'tibor berish kerakligi
o’qtiriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
10
Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha
boyliklarni qunt bilan o’rganishga da'vat etadi.
Abu Rayhon Beruniy 1048-yil vafot etdi. U o`zidan keyingi avlodlarga g`oyat boy
ilmiy meros qoldirdi. O`rta asr arab tarixchisi va geografi Yoqut Hamaviyning (XIII asr)
yozishicha, Beruniy falakiyotshunoslik, mantiq, falsafa va boshqa fanlar bo`yicha yozgan
asarlari nomlarining o`zi oltmish sahifani tashkil qilgan. Uning turli hajmdagi 150 ta
asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasigina bizgacha yetib kelgan. Ulug`
olimning turli fanlarga doir asarlari orasida uning ijtimoiy ta`limotlari, dunyoqarashi
ifodalangan asarlari alohida o`rin tutadi. Masalan, “Kitob fi axborotil mubayyizot
vilqaromita” (“Oq kiyimliklar va karomatiylar xabarlari haqida kitob”), “Kitobul maqolot
val-arz vad-diyonot” (“Maqolalar, e`tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Geodeziya”,
“Mineralogiya” asarlari ana shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: |