Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə30/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI APPLIKATSIYA QILISHGA 0 ‘RGATISH

Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyutu yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy isli- lardan bin sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi dasturiga kiiitil- gan. Applikatsiya mashg‘uloti bolalarning har tomonlama o'sisliida katta ahamiyatga fega. U bolalardagi xayolni, fanta/.iyani uy^’oliuli,


125
ijodini tug‘diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasav- vurini, irodasini tarbiyalaydi. Qo‘l malakasini rivojlantiradi, shakl- ni sezishni, moijallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.
Olimlar fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o‘stirish orqali bolalar- da estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog‘ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ app- likatsiya, quritilgan o‘simlikdan, somondan applikatsiya kabi ish- lami bajaradilar.
Applikatsiya haqida ma’lumot.
«Applikatsiya» so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylasht- irish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joy- lashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq kabilarga esa tiqiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki ko‘p rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik baxsh etadi. Unda ham, bunda ham badiiylik bo‘ladi. Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri xarakterli bo‘ladi. Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat.
Rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tusliishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmo- niyasini izlab topishdir. Applikatsiya bolalarda qog‘ozda kompozi- tsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko‘ra olishga o‘rgatadi, ular- ning o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, rita, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘r- satish malakasini ko‘rsata oladi.
Applikatsiya badiiy ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masalan, mustaqil asar pannolar, surat, plakat. Ilustrativ tasvir, elementar matematikaga o‘rgatuvchi ko‘rgazma qurol, tabiat, nutq o‘stirish metodikasi uchun ijodiy o ‘yin, o ‘yinchoq, 8-mart bayram sovg‘asi, qurolli kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko‘rgazma kabi. Maktabgacha ta’lim muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar applikatsiya ishlarining o ‘m i katta.
126
Applikatsiya ishini bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob usku- nalar. Asboblar ishlatilishiga mos bo‘lishi bilan birga, estetik talab- ga javob berishi kerak. Ayrim kerakli ashyoni «раре-шаше» usulida qaychi qo‘yish uchun qalamdon yasash, mo‘yqalam qo‘ygichni esa qalin kartondan yasash mumkin. Applikatsiya uchun kerakli ashyo murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo'yqalam, oddiy qalam, qiyqim uchun quticha, lattacha, gazeta qog‘ozi.
Qaychi — uchi to ‘g‘ri, katta-kichik bo‘lib, katta qaychi — 14— 20 sm, to‘g‘ri, uchi uchli va aylanaviy katta tasvirlami qirqish uc­ hun ishlatiladi.
Kichik qaychi — 8—10 sm, mayda detallami qirqish uchun qaychi o‘tkir bo‘lishi kerak. Stakanga qaychi uchi pastga qaratil- gan holda qo‘yilishi, boshqa odamga uzatganda ham uchini ushla- gan holda uzatish kerak, qaychi ko‘ndalang turganda qoini silki- tish, o‘qtalish mumkin emas. Utida ko‘rsatish sifatida foydalanish mumkin emas.
Yelim uchun mo‘yqa!am. Masalan, 2—3 ta mo'yqalamga ega bo‘lish kerak. Mo‘yqalam applikatsiya mazmunining katta-kichikli- giga bog‘liq. Katta hajmdagi applikatsiyaga uchi enli mo‘yqalam, mayda detallarga esa, kichik mo‘yqalamdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ish tugagandan so‘ng, mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, ar- tib, quritib, mo‘yining tuzilishini saqlash uchun mo‘yini yuqoriga qilib qo'yish kerak.
M o‘yqalam qo‘ygich — yelim ishlatishda yelimning ortiqchasi surkalib ketmasligi, stolni iflos qilmasligi uchun ishlatiladi.
Qalam, masalan, tasvir konturini chizish uchun oddiy, M va TM (yumshoq, yarim yumshoq) qalam ishlatiladi. Ular yaxshi ochilgan bo‘lishi lozim. Kontur chizishda ruchka va kimyoviy qa- lamni ishlatish mumkin emas.
Yelim uchun plastmassa idishlar, sopol taqsimchalar tanlanadi.
Ishlatib bo‘lingandan so‘ng tezda yuvib qo‘yish kerak.
Applikatsiya mavzuli yoki qirqilgan dekorativ shakllarni asosiy fonda, turli predmetlar yordamida badiiy bezash uchun ishlati­ ladigan xalq arnaliy san’atining bir turi. Applikatsiyaning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Applikatsiya mashg‘ulotlari bolaning tasviiiy malakalarini shakllantirishga va ijodiy qobiliyatlarini o\stirislij'.a yordam beradi. Applikatsiya o‘z ichiga xayolni, tasvirni, go'/allikin ko‘ra olish qobiliyatlarini oladi. Applikatsiya mashg4ilotlaiid.m nl
127
gan malakalarini bolalar boshqa faoliyatda ham qo‘llashlari mum­ kin. Applikatsiya mashg‘ulotlarini to'laqonli o‘tkazish uchun ma­ terial va jihozlami oldindan tayyorlab qo‘yish muhimdir.
Applikatsiyani o‘rgatish, material bilan tanishish, turli shakllarni qirqa olish malakalarini egallash, ulami ma’lum tartibda joylashti- rish, obraz va sujetga mos ravishda yopishtirishni talab qiladi. App­ likatsiyani o'rgatish bolalarning qabul qilish jarayonini o ‘stirishga asoslanadi. Shakl, hajm, rang, predmetning o‘zaro munosabatlari haqidagi taassurotlami boyitish, bolalarni mashg‘ulot vaqtida fikr- lash va (taassurot) tasawumi ishlatishga yordam beradi. Ammo har bir yosh guruhlarda applikatsiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan ta’limiy usullar o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida o ‘tkaziladigan applikatsi­ ya mashg‘ulotlari bolalarda sezish qobiliyatlarining rivojlanishi- ga ta’sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga va ijodiy faol- ligini shakllantirishga, shuningdek, mehnat ko‘nikmalarini shakl- lantirishga va ularda xarakteming irodaviy xususiyatlarini vujudga kelishiga yordam beradi. Applikatsiya mashg‘uloti jarayonida bola rang va uning jilosi (ottenkasi) bilan tanishadi, mashq qiladi, shakl va predmetning tuzilishini bilishga o‘rganadi. Ritm va simmetriya haqidagi tushunchalari kengayib borib, qog‘oz varag‘ida mo‘ljallay olishga o‘rganadi. Bolalar applikatsiya faoliyatida rang va uning uy- gunlashuvi bilan juda ko‘p marta mashq qiladilar, shuning uchun ular ko‘plab rang va uning uyg‘unlashuvini tezda esda saqlab qola- dilar va bir-biridan ajrata oladilar.
«Rangni sezish —'estetik sezishning, umuman eng ommabop shakli bo‘lib hisoblanadi». Buning uchun uni rivojlantirish nati- jasida biz bolalarning estetik tarbiyasiga ta ’sir ko‘rsatamiz. Ular shu asosda shaklning go‘zalligini, ritm va simmetriyani bilishga, sezishga o‘rganadilar. Bolalar ritm va simmetriyaning qoidasini bilib olishlari natijasida ular shaklning tartibli joylashishidan xur- sand bo‘ladilar va aksincha, tartib-qoidaning buzilishi bolani asa- biylashtirib yuboradi. Bolalar bu holatni xunuk, tartibsiz, buzuq si- fatida tasawur etadilar.
Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar ko‘pincha geometrik shakllar bilan munosabatda bo‘ladilar natijada ular tevarak-at- rofdagi predmetlarda geometrik shakllarning abstrakt ko‘rinishini ko‘ra olishga o‘rganadilar. Murakkab tuzilgan shakllarning tuzil-
128
ishini yaxshiroq tushunishiga, ularni to ‘g‘ri tahlil va sintcz qilisli- ga o‘rganadilar. Bolalar geometrik shakllar bilan tanishishlari jara- yonida hali o‘zlariga tanish bo‘lmagan flguralaming nomini to‘g‘ri aniqlashga o‘rganadilar. Masalan, bolalar shaklning burchaklari- ni sanab, uning 3 ta yoki 4 taligini bilib oladilar va natijada uch- burchak va to‘rtburchak, keyinchalik ularning o‘zlari mustaqil ko‘pburchak kabi shakllarning nomini bilib oladilar. Applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalarning kattalik va fazoni mo‘ljallash bo‘yicha olgan tasawurlari va qog‘oz betini to ‘g‘ri moMjallay olish kabi o'quvlari rivojlanadi. Bolalar shaklni yopishtirishda yelimsiz alo- qa qilishlari natijasida, shaklni mantiqiy va ritmik holida joylash- tirishga o‘rganishlari asosida o‘rtasida, o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda, orqada, qarama-qarshi tomonda, atrofida kabi so‘zlar bi­ lan tanishib oladilar. Bolalarni qog‘oz betiga nuqta qo‘yib, mo‘ljal olishga o‘rgatish —ularning maktabda muvafifaqiyatli o'qishlarining asosiy shartlaridan biridir.
Bolalar applikatsiya mashg‘ulotlarida juda ko‘p qimmatli meh- nat malakalari va ko‘nikmalarini egallaydilar. Ular ozoda, batartib yopishtirishga, o‘z ish joylarini toza saqlashga va murakkab asbob hisoblangan qaychi bilan ishlashga o‘rganadilar. Bularning barcha- si bolalarning maktabdagi qo‘l mehnati darsiga tayyorlaydi. Bola­ lar yengil va mayda qog‘oz shakllari bilan ishlashlari natijasida, o‘z harakatlarining tezligini to‘xtatib turishga o‘rganadi!ar. Mashg'ulot jarayonida ular oz bo‘lsa-da, qiyinchilikni yengadilar, bu esa bola­ lar xarakterida irodalilik xususiyatini, chidam, sabr kabi fazilatlar- ni tarbiyalaydi.
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Maktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulotlari birinchi kichik gu- ruh, ikkinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalarga kattalar tomonidan tayyor qilib berilgan shakllarni qog‘ozga to ‘g‘ri, turli xil joylashtirib terib chi­ qish va yopishtirish o‘rgatiladi. Bu guruhda asosiy vazifa — bola­ larga yelimlash usullarini o‘rgatish hisoblanadi. Kattalar uchun od­ diy hisoblangan bu malaka, qator harakatlarni ketma-ket bajarish- dan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to ‘g‘ri ushlab, unga ozgina yelim olish, shaklning teskarisi bilan qo‘yib, yelimni butun shakl- ga tekis qilib surtib chiqish, chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, sliak-
129
Ini sekin rang tomonini o ‘girib, qog‘oz varag‘ining kerak joyiga qo'yish va salfetka yordamida sekin bosish, chekkalaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni sekingina artib olish. Bu yoshdagi bola- larga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng sodda shakl-kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ish- ni boshlash lozim. Yil davomida bolalar shu shakllarning nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkaziladigan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bi­ lan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir, keyin 2—3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga o‘rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib, bolalar olti-yetti xil rangning qizil, ko‘k, sariq, yashil, ji- garrangni to ‘g‘ri aytib berishlari lozim. Bu guruh bolalariga qay- chi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati yetarli taraqqiy et- magan va hali qurish nazorati yetarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo'lidagi qaychi xavf tug‘dirishi mumkin.
Ikkinchi kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishgao‘rgatishi- da ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarning diqqatini tor- tib, ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqa- tiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarning qo‘yib chiqilga- nini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishni namuna bilan birgalikda olib borish kerak. namunani ko‘rsatish ja- rayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarda turli malaka va uquvning vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib bo­ radi. Qanday shaklni oldi, qanday ushlab turib, yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birga­ likda olib boradi.
Maktabgacha kichik tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakl- larni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa, dekorativ
130
bezaklar guruh xonasini bezatish mumkin. Shunday qilib, olib boril- gan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appi- likatsiya mashg‘ulotlari, boshqa mashg‘ulotlarga, ya’ni dekorativ, predmetli va mazmunli mashg‘ulotlarga ijobiy ta ’sir etadi. Bolalar- da sensor madaniyat oshadi, qo‘l bilan tahlil qilish qobiliyati o ‘sadi va badiiy didlari shakllanadi.
0 ‘rta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Bola hayotining 5-yiliga kelib, ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo ‘yicha bajaradigan ishining sifat jihati- dan o‘zgarishiga olib keladi. Bolalar fuzilish jihatdan ancha murak- kab bo‘lgan predmetlami tasvirlashga o‘rganadilar.
0 ‘rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘- nikmalarni ancha egallagan bo'ladilar. Bu guruh bolalari 2—3 qismli emas, balki 4—5 qismdan iborat predmetlami tuzishga o‘rgaradilar. Dastlab bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychi- ni to ‘g‘ri ushlashga, uning richagini yopishga va ochish to ‘g‘ri qir- qim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz tasmalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bo­ lalar yelimlash malakasini egallashni davom ettiradilar. Bola hayo­ tining 5-yilida doira, kvadratdan tashqari, uchburchak, oval, uzun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladi. Trapetsiya shaklini esa, kichik guruhda bo‘lgani kabi, obrazli tasvirida davom etadi. Masalan, tom, qayiq- cha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to ‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varag‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljaI qilishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma- ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydi- lar. Bolalar to ‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari, aylanaviy shakl- lar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to ‘g‘ri to‘rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi pred- metlarni hosil qilishga o‘rganadilar.
Yopishtiriladigan detallar soni ham ko‘payadi, masalan, uy- chaning tasvirida faqat devorni emas, balki eshik va derazalami ham tasvirlaydilar. Shakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kuliani’, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri ino'l jallashni o‘rganadilar va orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqa shu kabi tushunchalar bilan tanishib boradilar. (Vila
131
ruhda tarbiyachi o'zining asosiy diqqatini bolalarning qaychi bilan ishlashiga qaratadi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini va qog‘ozni to ‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boradi. Yopishtirislr malakasi esa mus- tahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarning qirqish texnikasini egallab olishiga qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli-dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o‘rgatib boradir. Sodda predmetlardan murakkab predmetlarning tasviri- ga o‘rgatiladi.
Tarbiyachi bolalarni qaychi bilan ishlashga, uni to ‘g‘ri ushlash­ ga o‘rgatib boradi. Bolalar albatta qaychi bilan ishlashni darhol o'zlashtira olmaydi. Shuning vichun tarbiyachi qaychi bilan ish­ lashga o‘rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga o‘rgatib, mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg‘ulotlarining mavzu va mazmuni turlichabo‘lishi lozim. Masalan, dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do‘kon» uchun chipta, cheklar qirqishni tak- lif etadi. Yoki, masalan, qirqilgan kesmalardan uycha, daraxt, pan- jara, narvon kabi predmetlarning oddiy ko‘rinishini tasvir etishi mumkin. Bu esa bolalarni mashg‘ulotga qiziqishini oshiradi va mashg'ulotning bir xil tarzda bo‘lishining oldini oladi. Bir-ikkita mashg‘ulotni o‘tkazgach, keyingi mashg‘ulotlarni bolalarning ijodiy faolligini o‘stirish uchun tavsiya etish mumkin. Masalan, bolalar o‘zlari qirqib olgan rangli kesmachalardan turli xil predmedlarning ko‘rinishini tasvirlaydilar. Masalan, yulduzlar, bayroqchalar, gul- lar. Keyingi applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar to‘rtburchak, kvadratning diagonali bo‘yicha, trapetsiya va uchburchak hosil qi- lishga o‘rgatiladi. Sharf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan bezaydilar, shuningdek, kvadrat bilan gilamni, dastro‘molchani, doira bilan taxsimchani bezaydilar. Tayyor siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib qirqishga ancha qiynaladilar. Ular doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa yiqil- mas qo‘g‘irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni qirqib yopishtiradilar. 0 ‘quv yili davomida bolalarga mazmunli applika­ tsiya ishlarini ham taklif etishi mumkin. Masalan, bo‘g‘irsoq yo‘ldan dumalab ketyapti, o‘tIoqdagi jo ‘jalar, qo‘ziqorinlar va hokazo.
Bu guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatamiz. Ma­ salan, katta gilam yoki sabzavot inevalardan tashkil topgan vitri- nani yoki havoda, osmonda samolyotlarni tasvirlashlari mumkin.
132
Bundan tashqari, bolalar o‘z xohishlari bo'yicha xilma-xil appli­ katsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, Onam uchun sovg‘a, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin: fartuk, qo‘lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish mumkin. Tarbiyachi bu guruhda ham xilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo‘lgan metodlardan biri — informatsion-retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo‘lgan predmetni har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlilni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko‘proq bolalar­ ning o‘zlariga tasvirlanayotgan predmetga haqida gapirib berish, uning sifati, belgisini aniq aytib berishga, tasviriy yo‘llarini mus- taqil bilishga o‘rgatib boradi. Bolalar predmetning tasvirini tuz- ish orqali, o‘sha predmet shaklini qirqishga, uning tuzilishining to ‘g‘ri tasviriga, qismlarning kattaligini to ‘g‘ri berishga o‘rganib boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. Shuning uchun eng muhimi, diqqat-e’tibor qaychini ushlashga, qirqish us- ullarini ko‘rsatishga bog‘liq bo‘ladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda tar­ biyachi qaychi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatib beradi (qanday ochib yopishni, qayerdan ushlashni ko'rsatib beradi). Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychining qanday qilib harakat qilishini ko‘rsatadi. Bolalarga kvadratlar- dan doiraviy shakllar qirqishni, ularning faqat burchaklarini qir­ qish kerakligini ko‘rsatish kerak va qog‘ozni qo‘lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog‘oz, so‘ng rangli qog‘oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi ta­ nish bo‘lgan qirqish usullarini birorta bolani chaqirib, bolalar uc­ hun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har bir harakat- ni tarbiyachi so‘z bilan tushuntirib borishi kerak. Agarda murak- kab applikatsiyani tuzish kerak bo‘lsa, tarbiyachi flanigrafdan o‘sha narsani illyustrativ rasmlami ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan, qo‘ziqorin, uning oyoqchasi va shapkachasi bor, oyoq- chasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So‘ng tarbiyachi bo­ lalarga savollar beradi, obrazli so‘zlardan foydalanadi, qo‘l bilan shakl ko‘rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari mumkin. Shuningdek, tarbiyachi namuna ko'rsatishda foydalanadi. Namu- na, shuningdek, predmetning o ‘zi ham topilmagan taqdirda foy­ dalanish mumkin. Mashg‘ulotda eng muhim metodlardan biri yopishtirishni ko‘rsatish va tushuntirish hisoblanadi. Yopishtirish jarayonini hamma bolalarga ko‘rinadigan qilib, namoyish qilish l<>-
133
zim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. Shuningdek, yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxsh- lab o‘zlashtirib olishsa, uni bolalarning o‘zlariga taklif etish mum­ kin yoki ko‘rsatish o‘rniga, faqatgina og‘zaki tushuntirish bilan ki- foyalanib qolish mumkin. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda o‘yin usulidan keng foydalanish mumkin va lozim. Chunki bu usul bola­ larni mashg‘ulotga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, ularni faollashtira- di. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda individual ishlash, muhim rol o ‘ynaydi.
Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko‘rsatsa, ikkinchisiga ni- mani davom ettirish kerakligini tushuntirib beradi. Bolalar ishi- ni ko‘rib chiqish ham muhim metod va usullardan biri bo‘lib hi- soblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko‘rib chiqish va tahlil qi- lish faqatgina barcha bolalarning ishini maqtash lozim. Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda bajarilganligi, rangning to ‘g‘ri tanlanganligi va qog‘ozda to ‘g‘ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi va bolalar­ ni .ham shunga o‘rgatib boradi. Masalan, bolalar tursa yiqilmas qo‘g‘irchog‘ini ichida chiroyli, singanlari va xafalari ham borligini aytishga o ‘rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarmi- dan boshlab o‘rgatib boradi.
Olrta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o‘zlari ham mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarning diqqati faqatgina rang va shaklga tortil- may, balki qismlarning o‘lchami va soniga ham tortiladi. Masalan, tursa yig‘ilmas qo‘g‘irchoq sharchalardan katta, o‘rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni bajarish jarayonida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni yopish­ tirish. Uning devor, tom va oynaga mos bo‘lgan razmerdagi rangli qog‘ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko‘rib chiqish namuna bi­ lan birga olib borilishi shart emas. Namuna tahlilining o‘zi yetarli bo‘ladi. Namuna qurib chiqishda tarbiyachi bolalarning diqqati- ni uni yaxshilab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: predmet qanday shakllardan tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar.
Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh elementlarini yo­ pishtirish tartibini ko‘rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgi­ na ma’lum qismini ko‘rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan,
134
uyni yopishtirishda uning tomini qirqishni ko‘rsatib beradi xolos, qolganini bolalarning o‘zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida aha- miyat qaychi bilan ishlashga beriladi. Tarbiyachi bolalarga qay­ chi bilan ishlash texnikasini ko‘rsatib, tushuntiradi. Qo'lni qaychi- ning richagini qanday harakatlantirishini o ‘rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni, yaxshisi 8—10 bola bilan o'tkazgan ma’qul, chunki ulami kuzatish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish imkoniya- ti ko‘proq bo‘ladi.
Mashg‘ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ba- jarilgan applikatsiyani ko‘rib chiqadi: predmetga o ‘xshaydimi, shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, yaxshi ishlarga bolalarning diqqatini jalb etadi.
Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Katta guruhlar- da ko‘pincha mashg‘ulotning ma’lum bir qismini ikki va undan or- tiq bolalar bilan birga ishlaydigan jamoa ishi sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldinda turgan vazifani muhokama qiladi- lar, ish tartibini rejalashtiradilar, bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar. Applikatsiya mashg‘uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy qobi- liyatlaming o'sishga ta’sir ko‘rsatadi.
Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o‘yin sensor tarbiyaning ta’siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to ‘g‘risida bilim va tasawurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy uquvi va texnik usullari mav- jud boiadi, q o i muskullari rivojlangan bo‘lib, qaychi bilan qila- digan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo‘ladi, bu esa o‘z- o ‘zidan applikatsiyaga o‘rgatishning ancha murakkab vazifalari- ni hal etishni taqozo etadi. Applikatsiya mashg‘ulotlari jarayoni- da predmet to ‘g‘risida xilma-xil ma’lumotlar berib boriladi. Bo­ lalar xilma-xil shakllarni atashga, kvadrat, to‘rtburchakni bir-biri- dan farq qilishga, ularning asosiy belgilarini to‘g‘ri atashga o‘rgatib boriladi. Shuningdek, bolalarga oval, doira, uchburchakni to‘g‘ri ajratishni farq qilishni o‘rgatadi. Shunday qilib, bolalar faqat shakl­ lar bilan emas, balki ranglar bilan tanishib boradilar. Masalan, och, to‘q, yorqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, uni tanlay bilishga o‘rganib bohidilar. Applikatsiya jnrn- yonida figuralami bir-biri bilan taqqoslashga o'rganadilar, balaml past, keng-tor, ya’ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni cgallab, tushunib boradilar. Shuningdek, qog‘oz varag‘ini moMjallay bilisli
135
bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, tepada, pastda, o‘rtasida kabi ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ish bo­ lalarni qaychi bilan qirqish usullariga o‘rgatib borish bilan davom ettiriladi. Bu bilan o‘rgatib borish davom ettiriladi, bolalar o‘rta guruhda egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi qirqish usullarini egallaydilar. Bular quyidagilar: qog‘ozni ikki buklab, bir xil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham bir necha marta buklab (garmoshka qilib taxlab) qirqishga o‘rganadilar. Masalan, gullar, barglar va hokazo. Bu guruhda tar­ biyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib bo­ radi. Chunki qirqish va yopishtirishning sifati butun bir ishning yoki applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi. 0 ‘quv yilining boshi- da bolalar bilan doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chun­ ki bolalar bu usulni o‘rta guruhda yetarli darajada egallamagan bo‘ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo‘lib, qirqib yopishti- rishni o‘rgangach, ularning qirqishning ratsional usuli, ya’ni gar­ moshka usulida qog‘ozni buklab qirqishni o‘rganadilar. Ammo yilning boshida dumaloq shakldagi predmetlarni qirqishni mus- tahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda ishlar berishi mum­ kin. Masalan, kuzgi barglar, sabzavot, mevalar, qo‘z:.qorinlar va hokazo. 0 ‘quv yili davomida bolalar predmetli applikatsiya ish- larini bajaradilar. Masalan, samolyot, raketa, mashina, trolleybus va hokazo. Qog‘ozni garmoshka usulida buklab, qirqishga tur­ li xil predmetlarni taklif qilish mumkin. Masalan, bargli shox- cha, gullar, archa o ‘yinchoqlari. Shuningdek, dekorativ applika­ tsiya bo ‘yicha ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek, tayyor siluetlarni, zontik, choynak, fartuk kabilar- ni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o ‘rgatishda tarbiyachi simmetrik tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan, guidon, nok, kapalak, mas- xaraboz va hokazo.
Bolalar predmetli dekorativ applikatsiyadan tashqari, mazmun­ li applikatsiyani ham bajaradilar. Masalan, quyonning bo‘g‘irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta guruhda bolalar o‘z ixtiyorlari bilan ham appli­ katsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalari asosi­ da o‘zlari mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Applikatsi­ ya mashg‘ulotlarida bolalar jamoa ishlarni bajaradilar. Gullar va
136
afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o ‘y in c h o q la r i va boshqalar. Katta guruhda ham applikatsiya mashg‘ulotida tasvir- lash kerak bo‘lgan predmetlarni tahlil qilishga katta o‘rin ajratil- adi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlar- da esa bolalarning mustaqilligini qo‘proq ta ’minlaydi. Tahlil jara­ yonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil xususiyat- lariga e’tibor berishi lozim. Xalq amaliy san’ati asarlarini ko‘rib, tahlil qilishga, bolalarga ranglar garmoniyasining go‘zalligini sezishga, ko‘pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o‘rgatiladi. Bu guruhda namunadan, ayrim hollarda, ya’ni ish­ ning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin. Har bir qirqish usullarini ko‘rsatib berish maqsadga muvofiq bolmaydi. Tarbiyachi ko‘proq bolalarning o‘zlarini faollashtirib, bolalarning o‘zlarini mustaqil ravishda qirqish yo‘llari, yopishtirish tartibini qidirib topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo‘llari kiritiladi- gan bo‘lsa, tarbiyachining o‘zi qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Masalan, qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralar- ni qirqishda bolalar ancha qiynaladilar. Shuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog‘ozdagi tasviridan foydalanish mumkin (qo‘l harakatlari bilan yurgizib chiqishi mumkin). Dastlab tarbi­ yachining «predmetning yarmi» deb tushuntirishi asosida bolalar usulni tushunib yetadilar. Bu guruhda bolalar qog‘ozni qo‘l bi­ lan yirtib, mayda bo‘lakchalardan foydalanib, tasvirini hosil qi­ lishga o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy ishlash­ ga o‘rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov gu­ ruhga o ‘tgach ularning applikatsiya bo‘limi ancha murakkabla- shadi. Ular qirqimning yangi, ya’ni bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish usullarini egallay boshlaydilar. Bu bilan bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ naqsh chizishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tuzishga, predmetlarni joylashti- rishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, rang spektrining barcha rang- laridan foydalanishga o‘rgatiladi.
Siluet qirqish — eng murakkab usullardan biridir. Siluet qir­ qish jarayonida bola doimo predmetning obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turish ga, qo‘l harakatini hosil qilinayotgan shaklning yo‘nalishig;> mos lashtirishga to ‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalarni silucl <111
137
qishga o‘rgatishni sodda shakllardan, masalan, baliqlar, sabzavot, mevalardan boshlash lozim.
Katta guruhda bolalami applikatsiya qilishga o‘rgatishda qu- yidagi vazifalar turadi: bolalami to‘g‘ri harakat bo‘ylab qir­ qish, dumaloq shakllami va ikkiga buklangan qog‘ozni qirqishga o‘rgatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlami hosil qilish­ ga, geometrik va simmetrik shakllardan chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o‘rganadilar. Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqislming xilma-xil usullarini egallashdan iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o‘rta guruhdagi kabi mavzularda, faqat detallar soni ko‘paytirilib, qorbobo, boshida qalpog‘i yoki qo‘lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi bilan va qorboboning yuz qismidagi mayda detallarni: bumn, ko‘z va boshqalar yasalardi. Bu guruhda bola­ lar ba’zi shakllarni ikkiga buklangan qog'ozdan’ shoxlarni barglari bilan yasashgan. Bu usullarning ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki kompozitsiya tayyorlash mumkin. Qog‘ozni ikkiga buklab qirqish, bir-biriga simmetrik shakllami qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib, bolalar vaza, barglar, sabza­ vot va mevalar shaklini qirqadilar. Katta guruhda bolalar shakl­ larni qog‘ozning uchini qo‘li bilan tekislab, barmoqlarda qirqish­ ga o‘rganadilar. Katta guruh bolalarining ishlaydigan ish mazmuni shu bolalarda qirqishning ko‘nikma va malakasini rivojlantirishdir. Dekorativ applikatsiya ishlarida esa bu guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o'simlik shakllaridan barg gullar va boshqalarning elementlari kiritiladi.
Tayyorlov guruhga o ‘tgach, ularning applikatsiya bo‘limi ancha murakkablashadi, ular qirqishning yangi usullarini egallay bosh- laydilar. Bu usullarga bir necha marta buklangan qog‘ozdan qir­ qish va siluet qirqish kiradi. Shu bilan birga, bu guruh bolalari tur­ li xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlami tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tu- zish va predmetlami joylashtirishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, spektorlarning barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar.
Yuqorida siluet qirqish eng murakkab usullaridan biri ekanligi aytildi. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetning obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiya- sini kuzatib turishga, qo‘l harakati hosil qilayotgan shaklning yo‘- nalishiga moslashishga to ‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalami si-
138
luet qirqishga o ‘rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot va mevalar) dan boshlash lozim.
Katta guruh bolalarini applikatsiya qilishga o‘rgatishda qirqim- ning turli usullarini egallash muhim ahamiyatga egadir. Bolalar­ ning tasawuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari, tuzilishini tahlil qilib, alohida qismlarga ajratib ko'rsatadi. Namunada, agar bolalar predmetni birinchi marta tas- virlayotgan bo‘lishsa, foydalanish mumkin. Uni tahlil qilishni bola­ larning o‘ziga topshirish mumkin bo‘ladi. Agar bolalar o‘zlariga ta- nish predmetni bir necha detallari bilan tasvirlayotgan bo‘lishsa, na­ muna o‘rnini natura bilan almashtirish mumkin bo'ladi. Masalan, oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni katta va tayyorlov guruhlarida bir necha namunalardan foydalanib, ko‘rsatish tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faol- ligini tarbiyalaydi. Bu guruhda bolalar qog‘ozni ingichka buklab, simmetrik shakllar qirqishga o‘rganadilar. Bu albatta, qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab ta- nishtirishda qog‘ozni buklab chizilgan kontur berishni tavsiya eta­ di. Bolalar bu usulni egallab olgach, ularni qunt bilan chamalab qirqishga o‘rgatiladi. Katta guruhda jamoa bo‘lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan, «Akvariumdagi baliqlar», « 0 ‘tloqdagi gullar»,
«Ko‘chadagi uy va mashinalan> kabi. Har bir bola ishning qaysidir qismini bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fonga birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni bolalarning xohishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi ja­ moa ishlarini bajarishda bolalar 4—5 ta bo‘lib, guruhchalarga bir- lashishadi.
Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish. Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko‘zda tutiladi. Ular ko‘cha, akvarium kabi mavzularda, shu­ ningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom
ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda ularga turli o‘l- cham va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham kat­ ta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanish davom etadi.
Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applika tsiyalarni bajarish ko‘zda tutilgan. Ular «Ko‘cha», «Akvarium» kabi
139
mavzularda, shuningdek, «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklarga illustratsiya- lar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllami yopishtirish tayyor- lov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqsh- lar tuzishda turli o‘lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi. Va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog‘ozni qo‘l bilan yirtish usulidan foydalanishi davom ettiriladi. Ikkinchi kichik guruhda bolalami appilikatsiya qilishga o‘rgatishga ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga ega- dir. Materialning rangi bolalarning diqqatini o‘ziga tortib, ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlab mashg‘ulotlarda material alo- hida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tar­ biyachi mavzuni tushuntirib bo‘lgandan so'ng material tarqati- lib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog‘oz varag‘iga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarning yig‘ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim (kley) ishlatish uc­ hun ruxsat beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda olib borilishi kerak. Namunani ko‘rayotgan jarayonda tarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va barmog£i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib berishi lozim. Tarbiyachi tomonidan ishning bajari- lishini ko‘rsatib berilishi bolalarda turli malaka va uquvning vujud- ga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib qu- yib, yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir haraka- tini so‘z bilan birgalikda olib boradi.
Tayyorlov guruhida ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o‘rgatish usullarining xarakteri bir mun- cha o‘zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi barmoq haraka- ti orqali ularning diqqatini predmetning konturiga tortadi. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan bo‘lsa, o‘sha qism­ dan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga, qandaydir detal qirqishga o ‘rganadilar, masalan, tipratikanni igna- lari bilan. Albatta, bolalarga bu qiyin. Shuning uchun bu ishda ikki bosqichdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog‘ozdan umumiy kontur qirqiladi. So‘ngra uning detallari, masalan, oyog‘i yoki suz- gichlari qirqiladi. Ba’zi vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizil- gan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko‘proq murakkab o ‘simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda qo‘llaniladi. Bu guruh-
140
da qog‘ozni ikkiga buklab, qirqishning murakkabroq usuli bilan ta- nishtiriladi. Masalan, archa, odam, hayvon shakllari. Yanabuguruh- da qirqishning murakkab usuli —qog‘ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o‘rgatish usuli o‘rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari hosil qilishda qo‘Ilaniladi. Tarbiyachi bolalarga qog‘ozni qanday buklash kerakligini, qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Bu usuldan bolalar keyin dekorativ applikatsiya mashg‘ulotlarida foy­ dalanadilar. Bu guruhda hali mazmunli applikatsiya qilish davom ettiriladi. Bunda bolalarni shakllarni to ‘g'ri joylashtirib, yopish- tirishga o‘rgatadilar. Oldin umumiy fon, keyin uzoqdan joylash- gan, o‘rtada va oldinda joylashgan predmetlar yopishtiriladi. Tayy­ orlov guruhida applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan, «Egri va to ‘g‘ri» ertagida bolalar to‘rttadan bo‘lib, har bir guruh shu ertakdan ma’lum bir ko‘rinishni bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko‘rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlari- dan so‘ng uni qanday ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniq- laydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchi- si latta bilan mahkam yopishtiradi. Bu ish bolalarni o‘rtoqlik, ja- moatchilik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha ta’lim muassasasining hamma guruhlarida ixti- yoriy applikatsiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Lekin o‘rta guruh bo- lalariga o ‘ylagan mazmunlari asosida tayyor shakllar beriladi. Kat­ ta guruhlarda bolalar o‘zlari o ‘ylagan mazmunlari asosida qirqadi- lar. 6—7 yoshdagi bolalar oldindan qiladigan ishlari mazmunining eskizini oddiy qalam bilan chizib olishlari, keyin esa shu eskizning detallarini applikatsiya qilishlari mumkin.


  1. Yüklə 15,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin