Taqqoslash etaloni ham ikkilamchi etalon bo’lib, undan biror sababdan ko’ra bir – biri bilan bevosita solishtirib bo’lmaydigan etalonlarni taqqoslash uchun foydalaniladi.
Yuqori aniqlikka ega bo’lgan namunaviy o’lchash vositalariga va ayrim hollarda juda katta aniqlikka ega bo’lgan namunaviy o’lchash vositalariga birlikning o’lchamini uzatish uchun ishchi etalon qo’llaniladi.
Etalon sifatida tasdiqlangan o’lchash vositalarning to’plamiga kiruvchi o’lchash uskunalariga esa etalon uskunasi nomi berilgan.
2-savolga javob O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ushbu tartibga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi berilgan tadbirkorlik subyektlari kalendar yil yakunida ishlab chiqarilgan deklaratsiyalangan mahsulotlar realizatsiyasi bo‘yicha muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovni amalga oshiradi;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari bo‘lgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovdan ozod etiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etilganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori bilan tashkil etilgan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Maxsus jamg‘arma deb ataladi) qo‘shimcha xarajatlari moddalari nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Departament tugatilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 2018-yil 12-dekabrga qadar imzolangan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi o‘rinlarda — “O‘zMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat ko‘rsatish sohalari kesimida tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha xuquqiy vorisi hisoblanadi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son) 11. “O‘zstandart” agentligi:
a) 2019-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalliy mahsulotlar sifatini yaxshilash va oshirish, ularni ishlab chiqaruvchilar va aholi o‘rtasida ommalashtirish ishlarini faollashtirishga qaratilgan “O‘zbekistonning eng yaxshi tovari” tanlovini ta’sis etish yuzasidan takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:
xalqaro moliya institutlari tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini isloh qilishda grantlar, qarzlar va boshqa moliya manbalarini aniq ko‘rsatgan holda texnik ko‘maklashish;
dasturiy mahsulot ishlab chiqish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikalarni xarid qilish;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni o‘yg‘unlashtirish, shuningdek, har yili Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan eksportbop mahsulotlar uchun xalqaro, mintaqaviy, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini xarid qilish;
yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini, o‘lchash qurilmalarini sotib olishni, mavjud sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilishni va yangilarini tashkil etishni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini “Global G.A.P” va Organic standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish;
mobil laboratoriyalar uchun avtotransport vositalarini sotib olish dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan taklif tayyorlagan holda, qiyoslanishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini tasdiqlasin;
g) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Departamentga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan Departamentni ta’minlasin;
tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining xodimlarini ish bilan ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zstandart” agentligining buyurtmanomalariga ko‘ra, “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini undirmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zstandart” agentligi buyurtmanomalariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. “O‘zstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.