Asosiy kattalik
deb, k o ‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart
b o ‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul
qilib olinadigan kattalikka aytiladi.
Masalan, masofa (uzunlik),
vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik
deb, tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari
orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi.
Masalan, tezlik, tezlanish,
elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.
Kattaliklarning o ‘lchamligi.
Har bir xossa ko‘p yoki kam dara-
jada ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo‘lishi mumkin ekan,
demak, bu xossani o ‘lchash ham mumkin. Bu haqda buyuk italiya-
lik olim Galileo Galiley «O‘lchash mumkin bo‘lganini o ‘lchang,
mumkin bo‘lmaganiga esa imkoniyat yarating», degan edi.
Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o ‘l-
chamlilikdan foydalanamiz.
Kattalikning o ‘lchamliligi
deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy
kattaliklar bilan bog ‘liqligini ko ‘rsatadigan va proporsionallik
koeffitsiyenti 1 ga teng b o ‘lgan ifodaga aytiladi.
Kattaliklarning o ‘lchamliligi
dimension
— o ‘lcham, o ‘lcham-
lilik ma’nosini bildiradigan inglizcha so‘zga asoslangan holda
dim
simvoli bilan belgilanadi.
Odatda, asosiy kattaliklarning o ‘lchamliligi mos holdagi bosh
harflar bilan belgilanadi, masalan,
dim l = L; dim m = M; dim t = T.
(2.1)
Hosilaviy kattaliklarning o ‘lchamliligini aniqlashda quyidagi
qoidalarga amal qilish lozim:
1.
Tenglamaning o ‘ng va chap tomonlarining o ‘lchamliligi mos
Dostları ilə paylaş: |