3-bob YO‘L XO‘JALIGI INShOOTLARI VA QURILMALARI. TONNELLAR.
Metropoliten yo‘lining barcha elementlari (betonli asos yoki tuproqli to‘shama qatlami, ustki qurilmalari) va suniy inshootlarining mustahkamligi, chidamliligi hamda texnik holati bo‘yicha poyezdlarning mazkur uchastka uchun belgilangan eng katta tezliqda xavfsiz va bir tekis harakatlanishini ta’minlashlari lozim.
Metropoliten yo‘lining egrilik radiusi, to‘g‘ri va egri yo‘llarning tutashishi, qiyaliklarning tikligi yo‘lning tasdiqlangan rejasi va profiliga muvofiq bo‘lishi lozim.
Qurilayotgan yo‘llarning tonnel va yer ustidagi yopiq uchastkalarning bekatlari bir nishabli bo‘ylama 0,003 qiyalikda joylashishi lozim. Asoslangan hollarda, agar suvning chetga chiqarilishi ta’minlangan bo‘lsa, bekatlar gorizontal tekislikda joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Harakat tarkibining aylanishi va turishi uchun mo‘ljallangan yo‘llar yo‘lovchilar platformasi tomoniga ko‘tarilgan 0,003 qiyalikda joylashishi lozim.
Park yo‘llari maydonchada yoki 0,0015 dan katta bo‘lmagan qiyalikda joylashishi lozim. 1980 yilgacha qurib bitkazilgan alohida bekatlarda harakat tarkibining aylanishi va turishiga mo‘ljallangan yo‘llar berk yo‘llardagi tirgak tomonga ko‘tarilgan qiyalikda foydalanilishi mumkin. Yo‘l rejasi va profili, hamda tonnel qoplamasi davriy ravishda tegishli asboblar yordamida tekshirib turilishi lozim.
Yo‘l rejasi va profilining o‘zgarishiga olib keluvchi rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilayotgan yoki boshqa ishlar olib borilayotgan uchastkalarda tekshiruv mazkur ishlar yakunlanganidan so‘ng o‘tkaziladi. Yo‘llar va tonellar holati: vagon - yo‘l o‘lchagich yoki yo‘l o‘lchagich aravacha yordamida kamida bir oyda bir marta; gabaritli vagon yoki gabarit rama yordamida jihozlarning yaqinlashuv gabaritini kamida bir yilda bir marta tekshiriladi. Tonnel qoplamalarining holati muttasil nivelirlash yo‘li bilan tonnellarning quyidagi foydalanish muddatlarida tekshirilishi lozim: