Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə7/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

STRELKA O‘TKAZGIChLARI



  1. Strelka o‘tkazgichlari va berk kesishmalari tasdiqlangan chizmalarga va relslar turlariga mos bo‘lishi kerak.

Strelka o‘tkazgichlari quyidagi rusumli krestovinalarga ega bo‘lishi kerak: park yo‘llari va boshqa yo‘llardan tashqari barcha yo‘llarda 1/9 dan keskin bo‘lmagan, park yo‘llari va boshqa yo‘llarda - 1/5 dan keskin bo‘lmagan.
Kesishgan s'yezdlardagi berk kesishmalar 2/9 dan keskin bo‘lmagan krestovinalarga ega bo‘lishi lozim.

  1. Quyidagi nosozliklardan birortasiga yo‘l qo‘yilgan strelka o‘tkazgichlari va berk kesishmalardan foydalanish man etiladi:

strelka uchlarining (ostryaklarining) bir-biridan ajralishi;
ishchi tortqiga (tyagaga) nisbatan qarama-qarshi o‘lchanganda strelka uchining ramali relsdan 4 mm va undan ko‘p ortda qolishi;
strelka ostryaklarining uvalanishi natijasida g‘ildirakni chiqish xavfining yuzaga kelishi va barcha hollarda quyidagi uzunlikdagi uvalanishlarning sodir bo‘lishi:
asosiy yo‘llarda 200 mm va undan ko‘proq
harakat tarkibini aylanishi va to‘xtab
turishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarda 300 mm va undan ko‘proq
boshqa bekat yo‘llarida 400 mm va undan ko‘proq

strelka uchi golovkasi enining ustki tomoni 50 mm va undan ortiq bo‘lgan kesimda o‘lchanganda strelka uchining ramali relsga nisbatan 2 mm va undan ko‘proq pasayishi;
krestovina o‘zagining ishchi qirrasi bilan kontrrels golovkasining ishchi qirrasi orasidagi masofa 1474 mm dan kam bo‘lganda;
kontrrels golovkasi bilan usovik golovkasining ishchi qirralari orasidagi masofa 1435 mm dan ortiq bo‘lganda;
strelka uchi yoki ramali rels singanda;
krestovina (o‘zak, usovik yoki kontrrels) singanda;
bir boltli pona (vkladish)da kontrrels boltining uzilishi yoki ikki boltli ponada ikkala boltning uzilishi.
Ramali relslar, ostryaklar va krestovina o‘zaklarining vertikal yemirilish me’yorlari metropoliten boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Yer usti yo‘llaridagi strelka o‘tkazgichlari iqlim va boshqa sharoitlardan kelib chikib mexanik tozalash yoki qor erituvchi vositalar bilan jihozlanishi kerak.

Tonnelda yotqizilgan strelka o‘tkazgichlari uchlari qo‘shimcha o‘rnatilgan chiroqlar bilan yoritilishi kerak.
Poyezdlarning strelka uchiga qarshi harakatlanganda asosiy hamda elektr xarakat tarkibining aylanishi va to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarda strelka uchlari oldiga qaytarish to‘sinlari yotqizilgan bo‘lishi lozim.

  1. Strelka o‘tkazgichlarini o‘rnatish va yechish, berk kesishmalarni barpo etish, hamda ularni foydalanishga topshirish metropoliten boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

  2. Ikki yo‘lli tarmoqlarning peregonlarida yotqiziladigan strelka o‘tkazgichlari to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanuvchi poyezdlar uchun strelka uchi yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirilishi va qoida tariqasida asosiy yo‘l bo‘ylab to‘g‘ri yo‘nalishga ega bo‘lishi lozim. Istisno tarzda, tutashuvchi yo‘llarga o‘tish qiyin bo‘lganda metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan strelka uchiga qarshi yuriladigan strelka o‘gkazgichlarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Yo‘lning ohirgi bekatida elektr harakat tarkibining aylanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l, yo‘lovchilar platformasi ortida joylashtirilishi lozim.

  1. Strelkalar elektr markazlashuviga ulanishi kerak. Elektrlashtirilmagan park yo‘llari va boshqa bekat yo‘llarida strelka ko‘rsatkichlari bilan jihozlangan markazlashtirilmagan strelkalar yotqizilishi mumkin.

Barcha yo‘llarda strelkalar osma qulflar bilan berkitish imkonini beruvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin