Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


STRELKALAR VA SIGNALLARNI ELEKTR MARKAZLAShUVI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə15/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

STRELKALAR VA SIGNALLARNI ELEKTR MARKAZLAShUVI



  1. Elektr markazlashuvi qurilmalari quyidagilarga yo‘l qo‘ymasligi lozim:

agar strelkalar, jumladan qo‘riqlash strelkalari tegishli holatga holatga keltirilmagan, bir-biriga zid marshrutlar svetoforlari yopilgan bo‘lmasa, mazkur marshrutni to‘sadigan svetoforning ochilishiga;
belgilangan marshrutni to‘sadigan svetofor ochiq bo‘lganda marshrutga kirayotgan strelkaning o‘tkazilishi yoki zid marshrut svetoforining ochilishiga;
band yo‘lda o‘rnatilgan yoki poyezdlar harakatida ALS-ARS asosiy signallashtirish qurilmasi hisoblangan tarmoqda o‘rnatilgan svetofor, uning ortida joylashgan svetofor oldidagi rels zanjirida ALS-ARS qurilmalari ruxsat etgan tezlikda borayotib ALS-ARS qurilmalaridan tormoz berilganda hisoblangan tormozlanish masofasidan kam bo‘lgan yo‘lning band yo‘l qismiga yoki band aylanish yo‘liga svetoforning ochilishiga;
tarkib ostida strelkaning o‘tkazilishiga.
Elektr markazlashuvi qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi lozim:
strelkalar va signallarni o‘zaro tutashuvi;
mazkur marshrutni to‘sadigan svetofor yopilishi bilan bir vaqtda strelka o‘tganining nazoratini;
boshqaruv jihozida yo‘llar bandligi va strelkalarni nazorat qilinishini.

  1. Strelka va signallar elektr markazlashtirilgan bekatga tutashuvchi, hamda ikki tomonlama harakat uchun jihozlangan peregon yo‘lida bir yo‘nalish signali ochilganidan keyin qarama - qarshi yo‘nalish signalining ochilishiga imkon bermasligi.

  2. Markazlashtirilgan strelkalarning uzatgich va tutashtirgichlari:

strelkaning taqalgan uchini ramali relsga jips tutashishini ta’minlashi;
taqalgan uchi va ramali rels orasida 4 mm va undan katta tirqish qolganda strelkaning tutashishiga yo‘l qo‘ymasligi;
ikkinchi uchini ramali relsdan kamida 125 mm uzoqlashtirishi lozim.
Markazlashtirilgan strelkalar kesiladigan turdagi elektr yuritmalar bilan jihozlanishi zarur. Bundan buyon, almashtirilgunga qadar, kesilmaydigan turdagi elektr yuritgichlarni ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Yarim avtomatik svetoforlar taklif qiluvchi signallar bilan jihozlanishi lozim. Taklif qiluvchi signallar asosiy yo‘lga teskari bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanish uchun ochilmasligi lozim.

Park yo‘llarida taklif qiluvchi signali bo‘lmagan manyovr svetoforlaridan foydalanish ruxsat etiladi.
Asosiy yo‘llarda joylashgan yarim avtomatik svetoforlarni avtomatik tarzda ishlashga o‘tkazilganida, ularning taklif qiluvchi signallarni ham avtomatik tarzda ishlashga o‘tkazish lozim.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin