Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


-bob INShOOTLAR, SIGNALLAShTIRISh QURILMALARI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə11/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

6-bob
INShOOTLAR, SIGNALLAShTIRISh QURILMALARI


Poyezdlar harakati avtomatikasi, telemexanikasi (ATDP) va aloqa

SIGNALLAR



  1. Signallar harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek poyezdlar harakati va manyovr ishlarining aniq tashkillashtirilishi uchun xizmat qiladi.

Signal buyruq hisoblanadi va so‘zsiz bajarilishi shart. Metropoliten xodimlari signal talablarini bajarish uchun mavjud barcha vositalardan foydalanishlari lozim.

  1. Poyezdlar harakati bilan bog‘liq signallarda quyidagi asosiy signal ranglari qo‘llaniladi:

yashil - belgilangan tezliqda harakat qilishga ruxsat beruvchi;
sariq - harakat qilishga ruxsat beruvchi va tezlikni kamaytirishni talab etuvchi;
ko‘k va avtomatik lokomotiv signalizatsiyasining (ALS) signal ko‘rsatkichi - o‘rnatilgan tezlikni oshirmasdan harakat qilishga ruxsat beruvchi;
qizil - to‘xtashni talab qiluvchi.
Manyovr ishlari bilan bog‘liq signallashtirishda bundan tashqari manyovr ishlariga ruxsat beruvchi nim shaffof oq rang qo‘llaniladi.

  1. Tezlikni avtomatik boshqaruvchi avtomatik lokomotiv signallashtirishda (ALS-ARS ) poyezdni boshqarish kabinasida o‘rnatilgan ALS ko‘rsatkichida quyidagi signal ko‘rsatmalari qo‘llaniladi:

raqamli - harakatga ruxsat beruvchi va yo‘lning mazkur uchastkasida ruxsat etilgan eng katta tezlikni ko‘rsatuvchi;
«0» raqami - harakatni taqiqlovchi va to‘xtashni talab qiluvchi;
«0Ch» (chastota mavjud emas) - harflari rels zanjirining poyezd bilan bandligi, yo‘ldagi yoki poyezddagi ALS-ARS qurilmalarining nosozligi, relsning singan holatlarida - harakatni taqiqlovchi va to‘xtashni talab qiluvchi.
Poyezdlar ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqda harakatlanganida poyezdni boshqarish kabinasida navbatdagi yo‘l uchastkasida ruxsat etilgan tezlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi mumkin.

  1. Qizil chirog‘i, bitta qizil va bitta sariq chiroqlari yonib turgan, ko‘rsatkichlari noaniq bo‘lgan svetofordan o‘tish, shuningdek chiroqlari o‘chiq bo‘lgan svetofordan (ALS-ARS asosiy signallashtirish vositasi bo‘lgan tarmoqlarda o‘chirib qo‘yilgan avtoblokirovkada avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlar, zahiradagi va takrorlaydigan svetoforlardan tashqari) o‘tish taqiqlanadi.

Boshqa signal berish vositalari tomonidan tushunarsiz signallarning berilishi to‘xtashni talab qiladi.
Istisno tarzida svetoforning taqiqlovchi ko‘rsatkichlari (qizil chiroq, bitta qizil va bitta sariq chiroqlar, o‘chiq chiroqlar, tushunarsiz ko‘rsatkich), ALSning «0», («0Ch») belgilari yonganda ushbu Qoidalar, hamda Poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma belgilangan tartibda to‘xtalgandan keyin harakatni davom ettirishga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Metropolitenda faqat Signallashtirish bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilgan signallar qo‘llaniladi.

Signal berish vositalari tasdiqlangan turga mansub bo‘lishi lozim. Signal oynalari va linzalarining rangi o‘rnatilgan standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Svetoforlar va poyezdni boshqarish kabinasidagi ALS ko‘rsatkichlari doimiy signallar sifatida qo‘llaniladi.

  1. Svetoforlar poyezdlar harakat yo‘nalishining o‘ng tomonida yoki yo‘lning o‘q chizig‘i ustida o‘rnatiladi.

O‘ng tomondagi oraliq radiusi kichkina bo‘lgan bir yo‘lli tonnellarda, shuningdek o‘ng tomonida svetofor o‘rnatish uchun gabariti bo‘lmagan hollarda svetoforlarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha chap tomonga o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Svetoforlar shunday o‘rnatilishi lozimki, ular bergan signallarini poyezddan qo‘shni yo‘llarga tegishli signallar deb qabul qilish mumkin bo‘lmasin.

  1. Poyezd mashinistining ish joyidan svetoforlar ko‘rsatkichlarini belgilangan eng katta tezlikda, mazkur joy uchun hisoblab chiqilgan to‘liq xizmat tormozlanishidagi tormozlanish masofasidan kam bo‘lmagan uzoqlikda aniq ko‘rinishi, yuqoriga qarab ko‘tarilishda - amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng katta tezlikda mazkur joy uchun hisoblab chiqilgan to‘liq xizmat tormozlanishidagi tormozlanish masofasidan kam bo‘lmagan uzoqlikda aniq ko‘rinishi lozim.

Yo‘l rejasi va shaklining shartlariga ko‘ra yuqorida ko‘rsatilgan talablarning bajarilishini ta’minlashning imkoni bo‘lmagan joylarda ogohlantiruvchi svetofor o‘rnatiladi yoki bundan oldingi svetoforda ogohlantiruvchi signal ko‘rsatkichi - sariq chiroq o‘rnatiladi.
Agar sariq chiroqli svetofor ko‘rinishi yetarli bo‘lmasa, sariq chiroqli svetofordan oldingi svetoforda signal ko‘rsatkichi - bir paytda yonuvchi sariq va yashil chiroqlar o‘rnatiladi.

  1. Ikki bekat oralig‘idagi yondosh svetoforlar orasidagi masofa belgilangan eng katta tezliqda, yuqoriga qarab ko‘tarilishda esa - amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng katta tezlikda mazkur joy uchun hisoblab chiqilgan to‘liq xizmat tormozlanishidagi tormozlanish masofasidan kam bo‘lmasligi lozim.

Bekatlarga yaqinlashganda o‘tkazish qobiliyati shartlariga ko‘ra yondosh svetoforlar orasidagi masofa poyezdlar kamida 35 km/soat tezliqda, ochiq yer usti uchastkalarida va ularga tenglashtirilgan uchastkalarda esa - kamida 25 km/soat tezlikda to‘liq to‘liq xizmat tormozlanishida mazkur joy uchun hisoblab chiqilgandagi tormozlanish masofasiga teng bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday hollarda oldingi svetoforlarda poyezd harakati yo‘nalishida tegishli ravishda (bir paytda yonuvchi) sariq va yashil, hamda sariq chiroqlar o‘rnatilishi lozim.

  1. Asosiy yo‘llarning bir sathida kesishish joylari chegaralovchi reykalardan (ustunlardan) ushbu tarmoq uchun belgilangan eng katga tezliqda borayotib tezkor tormoz berib to‘xtaganda hisoblangan tormozlanish masofasidan kam bo‘lmagan uzoqliklarda svetoforlar bilan ajratilishi lozim.

  2. Ikki bekat oralig‘ida yoki tutashtiruvchi tarmoqda yotqizilgan strelkalar chegaralovchi reykalardan (ustunlardan), uchi yo‘nalishidagi strelkadan yoki uchiga qarshi yo‘nalishdagi strelka ramali relsning tutashish joyidan quyidagi oraliqda svetoforlar bilan ajratilishi lozim:

asosiy yo‘lda - ushbu tarmoq uchun belgilangan eng katga tezlikda borayotib tezkor tormoz berib to‘xtaganda hisoblab chiqilgan tormozlanish masofasidan;
tutashtiruvchi tarmoq yoki asosiy yo‘lga tutashuvchi bekat yo‘lida - ushbu tutashuv yo‘li uchun belgilangan eng katta tezlikda borayotib tezkor tormoz berib to‘xtaganda hisoblab chiqilgan tormozlanish masofasidan kam bo‘lmagan uzoqlikda svetoforlar bilan ajratilishi lozim. Strelkadan uni to‘suvchi svetforgacha bo‘lgan masofa hisoblangan tormozlanish masofasidan kam bo‘lgan xollarda himoyalovchi berk yo‘l qurilgan bo‘lishi kerak.

  1. Avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlarda signallar almashinuvi, svetoforlar bilan to‘silgan yo‘l uchastkasiga poyezdning ta’siri ostida avtomatik tarzda sodir bo‘lishi lozim.

Yarim avtomatik tarzda ishlaydigan svetoforlarda taqiqlovchi signallar almashinuvi, poyezdni svetoforlar bilan to‘silgan yo‘l uchastkasiga ta’sir ko‘rsatishi natijasida avtomatik tarzda, ruxsat etuvchi ko‘rsatkichli signallar almashinuvi esa - markazlashtirish posti navbatchisi yoki poyezd nozimining harakati ta’siri ostida sodir bo‘lishi lozim.
Zarur hollarda markazlashtirish posti navbatchisi yoki poyezd nozimining svetoforlarni yarim avtomatik holatdan avtomatik holatda ishlashga o‘tkazish imkoniyati bo‘lishi lozim. Avtomatik ravishda ishlaydigan svetoforlarning normal ko‘rsatkichi ruxsat beruvchi ko‘rinishda, yarim avtomatik ravishda ishlaydigan svetoforlarniki esa - taqiqlovchi ko‘rinishdagi holati hisoblanadi.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin