Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


-bob ELEKTR TA’MINOTI INShOOTLARI VA QURILMALARI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə19/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

7-bob
ELEKTR TA’MINOTI INShOOTLARI VA QURILMALARI



  1. Elektr ta’minoti tuzilmalari:

elektr toki bilan harakatlanuvchi poyezdlarni o‘rnatilgan me’yoriy tezlik va poyezdlar harakati oralig‘ida elektr toki bilan ishonchli ta’minlashi;
metropolitenning barcha iste’molchilarini elektr toki bilan ishonchli ta’minlashi va zarur zahiraga ega bo‘lishi lozim.

  1. O‘zgarmas tok podstantsiya shinalarida kuchlanishi 975 V dan oshmasligi, elektrda harakatlanuvchi tarkib tok qabul qilgichida esa - 550 V dan kam bo‘lmasligi kerak.

  2. STSB qurilmalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun uch mustaqil o‘zgaruvchan tok manbaiga ega bo‘lishi lozim.

Elektr ta’minoti tizimini takomillashtirilganiga qadar STSB qurilmalaridan amaldagi elektr ta’minoti tizimi bo‘yicha foydalanishga ruxsat etiladi.
Suvni tortib olish va shamollatish jihozlari elektr dvigatellari, eskalatorlar elektr yuritmalari, avtomatik nazorat punktlari, telemexanika, yong‘inga qarshi avtomatika vositalari, qo‘shimcha qurilmalar (metall qurilmalar) va bekat boshqaruv punktlarini elektr ta’minoti ikkita mustaqil o‘zgaruvchan tok manbalaridan iborat energiya tarmog‘i orqali amalga oshirishi lozim.
Aloqa, elektr soatlari, qo‘ng‘iroqli signal va radiokarnayli ogohlantirish vositalari elektr energiyasi bilan podstantsiyalardan ikki o‘zgaruvchan tok tarmoqlari orqali, har xil bo‘limlardan, taqsimlash qutisi (shchiti)dan va bitta o‘zgarmas tok tarmog‘idan ta’minlanishi lozim..
STSB va aloqa vositalariga bir taminot manbaidan elektr ta’minoti uzatilishi to‘xtatilgan taqdirda mazkur vositalarni boshqa elektr ta’minoti manbaiga avtomatik tarzda ulanishini ta’minlashi lozim. STSB qurilmalariga bir podstantsiyadan tok uzatilishi to‘xtatilgan taqdirda, mazkur vositalarni boshqa podmstantsiyaga avtomatik tarzda ulanishini ta’minlanishi zarur.
STSB qurilmalarida o‘zgaruvchan tokning me’yoriy kuchlanishi 220 V yoki 380 V bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rsatilgan tok kuchlanishini ko‘rsatilgan me’yordan 10% gacha pasayishi, yoki 5% gacha ortishiga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Metropoliten inshootlari va qurilmalarining metall konstruktsiyalari daydi toklardan zanglashini himoyalanishi lozim. Podstantsiyalar, tutashtirgich va kabel tarmog‘i vositalari qisqa tutashish toklari, o‘ta kuchlanish va belgilangan me’yoridan ortiq kuchlanishlardan himoya vositasiga ega bo‘lishi kerak.

Tortqili va tutashtirilgan tortuv kuchlanishni pasaytiruvchi podstantsiyalar tutashgich tarmog‘iga STSB va aloqa vositalarining me’yoriy ish maromini buzuvchi toklarning o‘tishidan himoya vositasiga ega bo‘lishi lozim.

  1. Har bir tortqili va tortqili kuchlanishni pasaytiruvchi podstantsiya energiya tizimining uchta mustaqil manbaidan elektr energiya bilan ta’minlanishi zarur.

Elektr ta’minoti tizimi qayta tiklanganiga qadar energiya tizimining ikkita mustaqil manbaidan elektr energiya bilan ta’minlanuvchi tortuvchi va tutashtirilgan tortuvchi kuchlanishni pasaytiruvchi podstantsiyalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Kuchlanishni pasaytiruvchi podstantsiya har xil podstantsiyalardan yoki tashqi elektr taminoti manbalaridan ikkita tizim orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanishi kerak.

Elektrodepo podstantsiyasi ikkita tashqi elektr ta’minoti manbalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlanishi zarur. Metropolitenning bir podstantsiyasidan ikki tizimni elektr energiya bilan ta’minlanishga yo‘l qo‘yiladi.

  1. Tortqili, tutashtirilgan tortqili kuchlanishni pasaytiruvchi va kuchlanishni pasaytiruvchi podstantsiyalar avtomatika, teleboshqaruv, teleo‘lchash va telesignallashtirish vositalari, shuningdek 825 V li teleboshqariluvchi va yer bilan tutashtiruvchi shina ajratgichlari bilan jihozlanishi lozim. Telemexanika vositalari uchta mustaqil energiya ta’minoti manbaiga ega bo‘lishi va podstantsiyaning o‘zida mahalliy boshqarishga o‘tish imkoniyatini ta’minlashi zarur.

Podstantsiyaning avtomatik vositalari ulangan ish rejasini saqlash, shuningdek zahira uskunalarning tez va ishonchli ulanishini ta’minlashi kerak.

  1. Tonnellarda va yer usti yo‘l qismida barcha turdagi yangi kabellarni, shu jumladan boshqa idoralarning kabellarini yotqizish metropoliten boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

  2. O‘zgaruvchan tok ta’minoti to‘xtatilganida bekatlar, xizmat xonalari, tonnellar, yopiq yer yo‘l qismlari va bosh muhandislik-texnikaviy vositalar o‘rnatilgan xonalarning chiroqlari avtomatik tarzda akkumulyator batareyalariga ulanishi lozim.

Akkumulyator batareyalari sig‘imi mazkur ob'yektlarni avariya yoritgichlari bilan bir soat mobaynida ishlashini ta’minlashi zarur. Elektr ta’minotini qayta ishga tushirgunga qadar akkumlyator batareyalari avariya yoritgichlari kamida 30 daqiqa ishlashni ta’minlashi zarur.

  1. Elektrodepoda, elektr toki bilan harakatlanuvchi tarkib aylanuvchi va to‘xtab turuvchi yo‘llardagi tutatgich tarmog‘i ajratgichlarini, masofadan boshqariladigan ajratgichlarni almashlab ulash, shuningdek qisqa tugashtirgichlarni ulash va uzish tartibini metropoliten Boshqarmasi belgilaydi.

  2. Elektr ta’minoti distantsiyasi va elektr nozimlik uchastkasi metropoliteniga bog‘liq elektr ta’minoti chizmalariga ega bo‘lishi lozim. Elektr ta’minoti chizmalarida qo‘shimcha kuchlanishlar bilan bog‘liq barcha o‘zgarishlar metropoliten Boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda kelishilishi zarur.

  3. Elektr ta’minoti vositalaridan foydalanuvchi xodimlarni ulardan foydalanish tartibiga o‘qitish hamda ularning bilimlari tekshirib ko‘rilishi lozim.

Elektr ta’minoti, kabel tarmog‘i va yoritish distantsiyalari boshliqlari, boshqa xizmatlarning ajratgichlarni almashtirish va ulash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini o‘qitish hamda ularning bilimini va mazkur vositalardan foydalanish borasidagi ko‘nikmalarini surunkali tekshirib borish uchun mas’ul shaxslarni tayinlaydilar.

  1. Elektr poyezdlari harakati tugab, tarkiblar tungi to‘xtash joylariga qo‘yilganidan keyin tutashuv relsidan elektr kuchlanishini o‘chirish poyezd nozimining buyrug‘i bilan elektrnozimi amalga oshiradi.

Elektrnozimdan elektr kuchlanishini o‘chirilgani haqida xabar olinganidan so‘ng, poyezd nozimi bu haqda tarmoqning barcha bekatlariga buyruq beradi.

  1. Elektr poyezdlari harakati boshlanishidan oldin tutashuv relsiga elektr kuchlanishini ulash, yo‘l ustalari yoki bunday huquqqa ega bo‘lgan boshqa xizmatchilar tomnidan tarmoq elektr poyezdlarini o‘tkazishga tayyorligi haqida xabar berganidan keyin poyezd nozimi buyrug‘iga ko‘ra elektronozim tomonidan amalga oshiradi.

Mazkur xabarlar bir vaqtning poyezd nozimligi tizimi yoki tonnel aloqasi orqali poyezd nozimi va elektr nozimiga uzatiladi.
Tarmoq elektr poyezdlarini o‘tkazishga tayyorligi haqida xabar berish huquqiga ega bo‘lgan xizmatchilar ro‘yxati yo‘l xizmati boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Favqulodda hollarda tutashuv relsidan elektr quvvatini o‘chirish poyezd nozimi tomonidan poyezd nozimligi aloqasi, tonnel aloqasi yoki poyezd radioaloqasi orqali mashinist, mashinist yordamchisi yoki bekat navbatchisining talabiga binoan, odamlar balan baxtsiz hodisalar ro‘y bergan yoki harakat xavfsizligiga tahlid soluvchi hollarda - istalgan metropoliten xodimining talabiga ko‘ra berilgan poyezd nozimi buyrug‘iga ko‘ra amalga oshiradi.

  2. Favqulodda hodisalar tufayli elektr quvvati o‘chirilgandan keyin tutashuv relsiga elektr quvvatini ulanishni poyezd nozimi poyezd nozimligi, tonnel apoqasi yoki poyezd- radioaloqasi orqali olgan shppar rahbari yoki elektr quvvatini o‘chirishni talab qilgan xizmatchining talabiga binoan berilgan poyezd tizimining buyrug‘iga ko‘ra elektrtozimi amalga oshiradi.

  3. Tutashuv relsidan elektr kuchlanishini uzish va ulash tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin