Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади


HARAKAT TARKIBI GABARITINI NAZORAT QILISh VA BUKSALAR QIZIShINI ANIQLASh VOSITALARI



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə17/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

HARAKAT TARKIBI GABARITINI NAZORAT QILISh VA BUKSALAR QIZIShINI ANIQLASh VOSITALARI



  1. Metropoliten tarmoqlari o‘tayotgan poyezdlar buksalarining qizishini ulanishsiz avtomatik tarzda aniqlash va harakat tarkibining vagon osti uskunalari gabaritini nazorat qilish hamda eng yaqin bekatdagi markazlashtirilgan postiga yoki poyezd nozimiga tegishli axborotni uzatish vositalari bilan jihozlanishi lozim.

Bunday vositalarni joylashtirilishi, ulardan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish tartibi metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.


TONNELGA KIRIShNI NAZORAT QILISh QURILMALARI



  1. Yo‘llar bo‘ylab odamlarni tonnelga o‘tishini nazorat qilish uchun avtomatik signal vositalari o‘rnatilishi zarur.



ALOQA



  1. Barcha tarmoqlarda quyidagi aloqa turlari bo‘lishi lozim: poyezd nozimlik aloqasi, poyezd radioaloqasi, tonnel, elektr nozimlik, elektromexanik nozimlik, eskalator nozimlik aloqasi, tiklovchi tuzilmalar bilan nozimlik radioaloqasi, strelka aloqasi, metropoliten yig‘ilishlari aloqasi, militsiya aloqasi, nozimlik punktlari va STSB tizimlari o‘rtasidagi xizmat aloqasi, avtomatika, telemexanika aloqasi, ob'yektlar doirasidagi mahalliy aloqa, ma’muriy-xo‘jalik (avtomatik telefon) aloqasi, axborot aloqasi.

Park yo‘llarida harakat tarkibi (lokomotivlar) mashinistlari bilan manyovr radioaloqasi qo‘llanilishi lozim.
Bekatlarda bekat navbatchisining poyezd nozimi bilan radioaloqasi qo‘llanilishi mumkin.
Nozimlik punktlarida va park yo‘llari markazlashtirish postlarida magnitli ovoz yozish vositalari o‘rnatilishi lozim.

  1. Poyezd nozimlik aloqasi so‘zlashuvlari oraliq punktlarning barcha uskunalarida bi vaqtda yaxshi eshitilishini ta’minlashi zarur.

Poyezd radioaloqa vositalari poyezd nozimi bilan tarmoq doirasida bo‘lgan poyezdlar mashinistlari o‘rtasida ishonchli ikki tomonlama uzluksiz aloqani ta’minlashi lozim.
Poyezd nozimlik aloqasi simlariga quyidagilar ulanishi lozim: poyezd radioaloqasi, markazlashtirish postlari navbatchilari va bekat navbatchilari telefonlari, elektrodepo navbatchilari, tarmoq punktlari operatorlari, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va tiklash tuzilmalari punktlari, motovozlar deposi ustalari telefonlari, tonnel aloqasi, STSB relexonasi, vaqt o‘lchagichli so‘zlashuvlarni magnitli yozib olish uskunasi va boshqa nozimlarning tarmoq simlari.

  1. Strelka aloqasi tarmog‘iga strelkalar oldidagi, strelka postlaridagi, bekat navbatchisi, STSB elektromexanigi va STSB relexonasidagi telefonlar ulanadi.

Bekatlarning mahalliy xususiyatlariga ko‘ra, strelka aloqasi tarmog‘iga elektrodepo navbatchisi, tarmoq punkti operatori, texnikaviy xizmat ko‘rsatish punkti, bekat navbatchisi yoki yondosh bekatlarning markazlashtirish posti navbatchisining telefonini ulashga ruxsat etiladi.

  1. Bekatlarda tonnel aloqasi telefonlari yo‘lovchilar platformalarining yon qismida, poyezdni bosh vagoni to‘xtaydigan tomonda hamda STSB relexonasida o‘rnatilishi lozim.

Peregonlarda tonnel aloqasi telefonlari va STSB shkaflari yonida avtomatik telefon aloqasiga ulangan rozetkalar bo‘lishi kerak. Har bir telefon apparatida aloqa turini shartli belgisi yoki qisqartirilgan nomi ko‘rsatilishi lozim.

  1. Bekatlar, tarkiblarning aylanishi va to‘xtab turish yo‘llari, park yo‘llari, elektrodepo, tonnellardagi xodimlarga farmoyishlarni va ma’lumotlarni uzatish, shuningdek poyezdlar va bekatlardagi yo‘lovchilarga axborot berish uchun yuqori tovushli xabar berish vositalari o‘rnatilishi kerak.

Markazlashtirish postida va STSB relexonasidagi xodimlar o‘rtasida ikki tomonlama yuqori tovushli aloqa vositalari qo‘llanilishi lozim.
Bekat platformasida yo‘lovchilarga axborot berish uchun yuqori tovushli xabar berish tarmog‘iga ulangan radiomikrofonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

  1. Bekatlar, tarkiblarning aylanish yo‘llari va xizmat xonalarida elektr soatlari o‘rnatilishi lozim.

Bekatlarda poyezd jo‘naydigan tomonning tepa qismida besh soniyali yoki soniyali vaqt hisoblagichli elektr soatlari hamda poyezdlar harakatining oraliq hisoblagichlari o‘rnatilishi zarur. Hisoblangan eng katta uzunliqdagi poyezd bekatda to‘xtaganda mashinistning ish joyidan mazkur soatlar ko‘rsatkichlarining ko‘rinishi ta’minlanishi lozim.
Yopiq turdagi bekatlarda besh soniyali yoki soniyali vaqt hisoblagichli elektrsoatlar, hamda poyezdlar o‘rtasidagi oraliq hisoblagichlar yo‘lovchilar zalining ikki chetida va tonnellarda «Birinchi vagonning to‘xtash joyi» belgisi oldida o‘rnatilishi zarur.
Markazlashtirilgan postlarda ham besh soniyali yoki soniyali vaqt hisoblovchi elektr soatlar bo‘lishi lozim.

  1. Kam harakatli marshrut bo‘ylab tarkibning ketayotganligi haqida, shuningdek tarmoqning yer usti yo‘l uchastkalari tutashuv relsiga elektr quvvati ulangani to‘g‘risida bekat yo‘llaridagi (park yo‘llaridan tashqari) xodimlarga xabar berish uchun ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroqli signal beruvchi vosita o‘rnatilishi zarur.

Park yo‘llaridagi piyodalar o‘tish joylari (va zarur hollarda kesib o‘tish yo‘llari) ovozli va chiroqli ogohlantiruvchi signal bilan jihozlanishi lozim.

  1. Bekatlarning xizmat xonalari (bekat navbatchisidan kassalar, vestibyullar va nazorat punktlariga, markazlashtirish posti navbatchisidan STSB elektromexanigiga ovozli signallar uzatish, hamda platformadan bekat navbatchisini chaqirish, kassa xonalari va tibbiyot punktlaridan, militsiya xodimlarini chaqirish, shuningdek tunda vestibyullar eshiklarining ochilganligi haqida ogohlantirish uchun) qo‘ng‘iroqli signal yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon aloqasi, shuningdek qo‘riqlash signal vositalari bilan jihozlanishi lozim.




Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin