bekatlar strelkalari va signallarini bir joydan boshqarilishini;
strelkalar holati va bandligi, bekatlar va ularga tutashuvchi peregonlardagi yo‘llar bandligini nozimxonadagi boshqaruv apparatidan nazorat qilinishini, shuningdek yo‘li rivojlangan bekatlarda svetoforlar ko‘rinishlarini takrorlanishini;
bekatning o‘zida, strelkalar va signallarni mahalliy boshqarishga o‘tish imkoniyatini;
elektr markazlashuvi va avtomatik bloklash talablarining bajarilishini.
Dispetcherlik markazlashuvi amalga oshirilgan poyezdlar harakati jadvalini avtomatik tarzda yozib olish, hamda yo‘li rivojlangan bekatlarga keluvchi poyezdlar yoki marshrutlar raqamlarini nazorat qiluvchi vositalar bilan qo‘shimcha ravishda jihozlanishi mumkin.
POYEZDLAR HARAKATINI AVTOMATIK TARZDA BOShQARISh
Avtomatik tarzda poyezdlar harakatini boshqarish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
poyezdlar harakati jadvalining bajarilishini;
poyezdlarni bekatlarda va tarkiblarni aylanish yo‘llarida belgilangan aniqlik bilan to‘xtashini;
poyezd vagonlari eshiklarini bekatlarda, hamda yopiq turdagi bekatlar avtomatik eshiklarining poyezd belgilangan joyida to‘xtaganida ochilib-yopilishini;
chiqish svetoforining taqiqlovchi ko‘rsatkichi yonganda, tarkib aylanayotganda esa — manyovr svetoforining taqiqlovchi ko‘rsatkichi yonganida poyezd avtomatik tarzda harakatga kelishiga imkon berilmasligini;
haydash rejasini bajarish uchun poyezdlarni tortuvchi dvigatellarini ishlatish va to‘xtatish, hamda peregonlarda tormoz berish;
poyezdni harakat jadvalidan chiqqanida, poyezdlarning peregonlarda yurish va bekatlarda to‘xtash vaqtini qisqartirish yoki uzaytirishi;
tarmoqning ohirgi bekatlarda tarkiblarni avtomatik tarzda aylanishini;
yo‘lovchilarni ogohlantirish vositalarini avtomatik tarzda ishlatish va o‘chirilishini.
Avtomatik tarzda harakatni boshqarish vositalari bilan asosiy yo‘llar va tarkiblarning aylanish yo‘llari, shuningdek elektr poyezdlari tarkibi jihozlanishi lozim.
Poyezdlar harakatini avtomatik tarzda boshqarilishi quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
harakat jadvaliga muvofiq poyezdlarning peregonlarda yurish vaqti va ular o‘rtasidagi oraliq vaqtni avtomatik tarzda belgilanishini, harakat jadvali buzilganda ushbu vaqtni avtomatik tarzda o‘zgartirilishini ta’minlovchi markaziy boshqaruv postiga;
poyezdlarni peregonlar, bekatlar va tarkiblar aylanishiga mo‘ljallangan yo‘llar bo‘ylab haydash uchun zarur komandalarning poyezd qurilmalariga uzatilishini;
yo‘l qurilmalaridan komandalarni qabul qilib olinishi va bajarilishini taminlovchi, shuningdek poyezdning mashinist boshqaruviga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yuvchi poyezd vositalariga ega bo‘lishi lozim.