Метрополитен ходимлари томонидан Қоидаларнинг бузилиши амалдаги қонун ҳужжатларига биноан жавобгарликка тортишга сабаб бўлади



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə13/52
tarix07.04.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#94540
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
8ff314ae54d0d2570da14b688b8a4266

YO‘LNI AVTOMATIK TARZDA BLOKLASh



  1. Avtoto‘xtatgichli, himoya uchastkasiga ega avtomatik tarzda bloklash qurilmalari, poyezd mazkur svetofor ortidagi blok-uchastkani va qizil chiroq yonganda to‘silishi lozim bo‘lgan himoya uchastkasini bo‘shatmaguniga qadar svetoforning (kirish, chiqish, o‘tish) taqiqlovchi ko‘rsatkichlari harakatlanishga ruxsat beruvchi ko‘rsatkichga almashinuviga yo‘l qo‘ymasligi, uning avtoto‘xtatgichi esa to‘suvchi holatni egallashi lozim. Svetoforning taqiqlovchi ko‘rsatmasi ruxsat beruvchi ko‘rsatmaga almashinuviga qadar unga o‘rnatilgan avtoto‘xtatgich ruxsat beruvchi holatni egallashi kerak.

Avtoto‘xtatgichsiz va himoya uchastkasiga ega bo‘lmagan avtomatik bloklash vositalari poyezd mazkur svetofor ortidagi blok-uchastkani bo‘shatmagunicha va keyingi svetoforda to‘suvchi qizil chiroq yonguniga qadar, svetoforning taqiqlovchi ko‘rsatkichlari harakatga ruxsat beruvchi ko‘rsatkichga almashinuviga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

  1. Quyidagi hollarda barcha svetoforlarda avtomatik ravishda qizil chiroq yonishi, ularning avtoto‘xtatgichi esa to‘suvchi vaziyatni egallashi lozim:

poyezd ushbu svetoforlar bilan to‘silgan yo‘l qismiga kirganida;
mazkur uchastkalarda rels zanjirlarining yaxlitligi buzilganida;
svetoforni boshqarish zanjiri nosoz bo‘lganiida.
Bloklash ulab-uzgichidan metallokonstruktsiyaning kaliti olinganda yoki metallokonstruktsiya gabaritdan chiqqanda, chiqish va o‘tkazish svetoforlari bilan birlashtirilgan to‘sish svetoforlarida avtomatik ravishda taqiqlovchi ko‘rsatkich yonishi, ularning avtoto‘xtatgichlari esa to‘suvchi holatni egallashi lozim. Bu holda chiqish yoki o‘tkazish svetofori oldidagi rels zanjiriga ALS-ARSning harakatni taqiqlovchi talabi uzatilishi kerak.

  1. Himoya uchastkasining uzunligi:

chiqish svetoforlari ortida - poyezdning tezligi 35 km/soatdan kam bo‘lmagan harakatida, tezkor tormoz berib to‘xtaganda hisoblangan tormozlanish masofasidan;
peregonlarda (ikki bekat oralig‘i) joylashgan svetoforlar ortida - ushbu tarmoq uchun o‘rnatilgan eng katta tezlikda harakatlanib tezkor tormoz berib to‘xtaganda hisoblangan tormozlanish masofasidan;
bekatga yaqinlashish doirasida joylashgan svetoforlar ortida - poyezdlarning harakatining hisoblangan me’yoriy tezligida, ammo 60 km/soatdan kam bo‘lmagan tezlikda tezkor tormozlanishda hisoblangan tormozlanish masofasidan kam bo‘lmasligi lozim.
Yo‘l shakli shartlariga ko‘ra ushbu tarmoq uchun belgilangan eng katta tezlikka erishish imkoni bo‘lmagan joylarda himoya uchastkasining uzunligi, poyezd mazkur yo‘l qismlarida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan eng katga tezlikka nisbatan belgilanadi.

  1. Tonnel va yopiq yer usti uchastkalarida avtoto‘xtatgichlar va himoya uchastkalariga ega bo‘lgan avtomatik bloklashda signallashtirish qoida tarzida ikki yoki uch belgili, ochiq yer usti uchastkalarida - uch belgili, avtoto‘xtatgichsiz va himoya uchastkasi bo‘lmagan avtoblokirovka uchun esa - uch belgili bo‘lishi lozim.

  2. O‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida avtoblokirovka svetofor ortidagi himoya uchastkasi to‘la bo‘shatilmaganida svetoforning yo‘lni ochishiga yo‘l qo‘yuvchi poyezdlarning harakat tezligini poyezddan tashqari nazorat qilish vositalari bilan jihozlashga ruxsat etiladi.

ALS-ARS bilan jihozlanmagan tarmoqlarda uzunligi 800 m dan ortiq bo‘lgan 0,025 dan keskin qiyaliklarda bekatlarga yaqinlashishda bu qiyaliklar yo‘lovchilar platformasi boshidan 250 m gacha uzoqliqda, tezlikni poyezddan tashqari nazorat qilish vositalari nazarda tutilishi lozim.
Bunday yo‘l qismlarida harakat tezligi, ularning tezlikni poyezddan tashqari nazorat qilish vositalari bilan jihozlanishiga qadar metropoliten boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Tarkiblar aylanishi uchun mo‘ljallangan berk yo‘llarda mazkur yo‘llarga kirish tezligini poyezddan tashqari nazorat qilish vositalarini qo‘llanilishi mumkin.



Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin