MUHANDIS-TEXNIK JIHOZLAR VA QURILMALARGA XIZMAT KO‘RSATISh
Tonnellar yaqinida ish yurituvchi hamda yo‘lovchilar platformasidan 60 m ortiq uzoqlikda joylashgan elektromexanik xo‘jalik xonalariga kirishda xizmat ko‘prikchalariga ega bo‘lishi kerak.
Shamollatish shaxtalari kioskalarining eshiklari qo‘riqlash signallari bilan ta’minlanishi va 200 mm balandlikdagi to‘siqqa, kiraverishda esa aloqa vositalari bilan jihozlangan va xizmat ko‘prikchalariga ega bo‘lishi zarur.
Barcha to‘sish qismlar va jo‘mraklar tegishli ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi lozim:
qizil rangda - bekatlardagi suv quvuri tarmoqlari, suvni chiqarib tashlash va kanalizatsiya qurilmalari va jo‘mraklari;
qora rangda- tonnellardagi suv quvuri tarmoqlari va kanalizatsiyalar;
Qurilish me’yorlari va qoidalari asosida - isitish tarmog‘ini to‘sadigan qismlari va jo‘mraklari.
Magistral yo‘llardagi barcha suv ta’minoti jo‘mraklari raqamlangan bo‘lishi kerak.
Axlat, kislota va yonilg‘i- moylash ashyolarini suvni chiqarib tashlash tarmog‘iga tashlash man etiladi.
Elektromexanika xizmati distantsiyalari, nozimlik shahobchasi va avariya tuzilmalari muhandis-texnik asbob-uskuna va qurilmalari hamda tashqi va ichki kommunikatsiyalarning chizmalariga ega bo‘lishi lozim.
Mazkur hujjatlarga barcha o‘zgartirishlar kiritib borilishi zarur.
Bekat navbatchisining xonasida bekat suvquvurining magistral yo‘llarda joylashgan jo‘mraklari ko‘rsatilgan chizma bo‘lishi lozim.
Elektromexanika xizmatining injenerlik-texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan boshqa xizmatlar xodimlari mazkur vositalarga xizmat ko‘rsatish tartibini o‘qib o‘rganishlari hamda ularning bilimlari tekshirilib ko‘rilishi lozim.
Elektromexanika xizmati distantsiyasi boshlig‘i, injenerlik-texnika vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi belgilangan boshqa xizmatlar xodimlarini o‘qib o‘rganishlari, hamda ularning bilim va malakalari hamda mazkur vositalarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini surunkali tekshirib borishi lozim bo‘lgan tegishli xodimni tayinlaydi.