Mevali daraxtlarning zararkunandalari


Yapon tukli buzoqboshi qo`ng`izi



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə6/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

Yapon tukli buzoqboshi qo`ng`izi. Maladera japonica Motsch.
Zarari. Voyaga yetgan qo`ng`izlar har xil meva va manzarali daraxt hamda butalarning, ayniqsa shaftoli, olxo`ri, olcha, gilos, sitrus o`simliklar, shuningdek poliz ekinlari (dukkakli ekinlar, sabzi, batat va hokazo) hamda yovvoyi o`simliklarning barglarini yeydi. Qo`ng`izlarga qarshi kurash olib borilmasa, ular daraxt va butalarning batamom bargini to`kib yuboradi va o`tsimon o`simliklarni tamomila nobud qiladi.
Tarqalishi. Afg`oniston, Xitoy, Koreya, Yaponiyada va AQSh ning sharqiy qismlarida uchraydi (1927 yilda Yaponiyadan o`tgan). Rossiyada bu hasharot Uzoq Sharqda va Kavkaz ortining Qora dengiz sohilida (Ajaristonda) uchraydi. AQSh kabi, Ajaristonga ham bu hasharot Yaponiyadan o`tgan bo`lishi kerak.
Ta`rifi. Voyaga yetgan qo`ng`iz 8-11 mm kattalikda, sariq-qo`ng`ir tusli bo`lib, ustidagi tuklari tikka turadi. Mo`ylovlari 10 bo`g`imli bo`lib, yaltiroq bulavasi bor. Qanshari keng, baland, qirrali. Yuqori jag`lari ustidan ko`rinmaydi. Qanotustlarining uchidagi chekkasi pardasimon hoshiyalidir, pigidiysi so`nggi ikkita qorin segmentlarini egallaydi. O`rta va keyingi oyoq boldirlaridagi pixlar keng kerilgan. Tuxumlari och, bir nechtadan to`p-to`p qilib qo`yiladi. Lichinkasining uzunligi 19 mm gacha bo`lib, rangi oq, yuqori jag`larining uchi qo`ng`ir va boshi och jigar rang. Qo`ng`izning boshi plastinka mo`ylovli qo`ng`izlar uchun tipik shaklda bukilgan; lichinkaning orqa chiqaruv (anal) teshigi burchak shaklida bo`lib, anal segmentning qorin tomonida 28-32 ta tikani bukilib va qator bo`lib turadi. G`umbagi erkin, rangi kul rang, yerdagi pilla ichida turadi.
Hayot kechirishi. Bu hasharot bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ildiz olgan ko`chat bilan o`tishi mumkin. Yapon tukli buzoqboshi qo`ng`izining Markaziy Osiyoga eng yaqin o`chog`i-Ajaristonda bu hasharot birinchi va ikkinchi yoshdagi lichinkalik stadiyasida tuproqda qishlab chiqadi (Uzoq Sharqda asosan katta yoshdagi lichinkalar tuproqda qishlaydi).
Lichinkalar har xil o`simliklarning ildizlari bilan oziqlanadi, ammo ba`zi vaqtdagina aytarlik zarar yetkazadi, chunki aksari yovvoyi va begona o`tlarning ildizlarini yaxshi ko`radi. Faol hayot kechirgan davrda tuproqning yuza qatlamlarida bo`ladi, ammo qishlashda tuproqning 45 sm chuqurligiga tushadi. Lichinkalar tuproqning yuza qatlamlarda g`umbakka aylanadi. Tuproq harorati 18-20°S bo`lganda g`umbaklik stadiyasi 15-17 kunga cho`ziladi. Qo`ng`izlar yozda paydo bo`ladi va kuzda nobud bo`ladi, kechasi harorat 20-22°S dan past bo`lmaganda faol harakatlanadi, kunduz kuni esa tuproq orasiga kirib oladi.
Qo`ng`izlar 1-2 hafta qo`shimcha oziqlangandan keyin tuxum qo`ya boshlaydi. Urg`ochilari tuxumlarni tuproqning yuza qatlamiga kichkina to`p qilib qo`yadi, chirindiga boy yerlarga tuxum qo`yishni yaxshi ko`radi. Urg`ochi qo`ng`iz umrida 30 tadan 180 tagacha tuxum qo`yadi. 6-10 kunda tuxumdan lichinka chiqadi. Lichinka, tuxumdan chiqqan dastlabki vaqtda, chiriyotgan o`simlik qoldiqlari va chirindi bilan oziqlanadi, keyinchalik o`simliklarning tirik ildizlarini yeyishga o`tadi. Yapon tukli buzoqboshi qo`ng`izi yiliga bir bo`g`in beradi.
Kurash choralari. Yapon qo`ng`iziga qarshi qanday kurash olib borilsa, Yapon tukli buzoqboshi qo`ng`iziga qarshi ham o`shanday kurash olib boriladi, ammo fizik-mexanik choralardan avtomatik samolovkalar o`rniga svetolovushkalardan foydalaniladi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin