Tok biti yoki filloksera. Rhulloxera vastatrix P1ansh. Zarari. Filloksera tokni quvvatdan ketkazib, hosilini kamaytiradi. Fillokseraning ildizga tushadigan xili ildizlarni nobud qiladi. Shuning natijasida avval tokning yer ostidagi ayrim novdalari, so`ngra, hasharot tushgandan 2-6 yil keyin, butun tupi nobud bo`ladi. Yirik tokzorlarga filloksera tushganda avval «dog`lar» paydo bo`ladi. Bu «dog`lar» nobud bo`lgan tok tuplaridan iborat bo`ladi. Agar o`z vaqtida chora ko`rilmasa, bora-bora butun tokzor nobud bo`ladi.
Tarqalishi. Fillokseraning vatani Shimoliy Amerikadir. 1860 yilda filloksera Yevropaga o`tgan, taxminan 1872 yilda esa Rossiya hududiga- Qrimga o`tgan, bu yerda birinchi marta taxminan 1880 yildagina, ya`ni jiddiy zararkunanda bo`lib qolgandan keyingina topilgan. Hozirgi vaqtda filloksera Moldaviya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston va Dog`istonning bir necha tumanlarida bor. Filloksera Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Gollandiya, Vengriya, Germaniya, Yugoslaviya, Gresiya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiyaning ko`p joylarida ham tarqalgandir
1880 yildan boshlab filloksera Avstraliyada paydo bo`ldi, 1885-1886 yillardan boshlab Afrikada topildi (hozir Jazoirda va Janubiy Afrikada uchraydi), birmuncha keyin Hindiston bilan Xitoyga ham tarqaldi. 1895 yilda filloksera Shimoliy Amerikadan Janubiy Amerikaga o`tib, ayniqsa Argentina bilan Chilida tarqalib ketdi.
Ta`rifi. Fillokseraning ikki xil-ildiz va bargga zarar yetkazadigan formasi bor. Ildizga zarar yetkazadigan formasining voyaga yetgan qanotsiz urg`ochisining uzunligi 1 mm,oval shaklda, sal-pal yassilangan, sarg`ish-yashil rangli bo`lib, orqasi bo`ylab qator-qator qoramtir so`galchalari bor.
Adabiyotlar:
Voronkova A.V. i dr. – Karantin rasteniy. Moskva. Agropromizdat, 1986.255 str.
Jumaniyozov M., Safarov M.D., Sangis F.T., Sichev A.Sh. – Respublika o`simliklar karantini davlat bosh inspeksiyasi
O`zbekiston respublika hududini karantindan zararkunandalar, o`simlik kasalliklari va begona o`tlardan muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari. 2000
I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”. Toshkent 2000 y.
I.A.Karimov. “Milliy davlatchilik istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to`g`risida”. Toshkent 1999 y.
I.A.Karimov. “Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent 1997 y.
Karimov I.A. “Qishloq xo`jalik taraqqiyoti to`kin hayot manbai”. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasida so`zlagan nutqi. 1997 yil 25-dekabr.
Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 1998-2000 y. T. O`zbekiston 1998