Mevali daraxtlarning zararkunandalari


Yapon tayoqchasimon qalqondori



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə3/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

Yapon tayoqchasimon qalqondori. Leucaspis japonica Ckll.
Zarari. Bu hasharot ko`pgina meva daraxtlariga (olma, behi, nok, danakli meva daraxtlari, sitrus o`simliklari, xurmo, anjir va boshqalar) hamda manzarali daraxtlar va butalar (magnoliya, siren, atirgul, zarang daraxti, terak va hokazo)ga zarar yetkazadi. Yapon tayoqchasimon qalqondori barglarni so`litib to`kib yuboradi, novdalarni va shoxlarni quritadi, ba`zan esa butun-butun daraxt va butalarni nobud qiladi. Qalqondor tushgan mevalar dog`lari borligi uchun brakka chiqariladi.
Tarqalishi. Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Kaliforniyada uchraydi. Vladivostokda, Kavkazning qopa dengiz sohilidagi Batumi, Kobuleti va Poti tumanlarida tarqalgan joylari bor.
Ta`rifi. Urg`ochisining qalqoni cho`ziq bo`lib, bosh tomonidan orqa tomoniga qarab sekin-asta kengaya boradi, uzunasiga ketgan va och kul rang-oq tusli qirrasi bor. Qalqonning uzunligi 1,5-2 mm. Erkagi maydaroq bo`lib, bir juft qanoti bor, qornining uchi o`tkirlangan.
Tuxumi juda mayda, och gunafsha tusli.
Hayot kechirishi. Bu zararkunanda bir joydan ikkinchi joyga asosan ko`chat bilan, shuningdek meva va xazon bilan tarqaladi.
Qalqondor daraxt va butalarning tana va shoxlarida ikki yoshdagi lichinkalik stadiyasida qishlaydi; sovuqqa juda chidamli. Ko`klamda lichinkalar juda sekin o`sadi, voyaga yetgan dastlabki hasharotlar may oxirida chiqadi. Qalqondorning erkagi urg`ochisidan ikki marta kamroq bo`ladi. Hasharot juftlashmasdan, partenogenez yo`li bilan ko`paya oladi. May oxirida tuxum qo`ya boshlaydi; tuxum qo`yishi deyarli ikki oyga cho`ziladi.
Urg`ochi qalqondor umrida 50 tacha tuxum qo`yadi: Bir yoshdagi lichinkalar (brodyajkalar) urg`ochilarining qalqonlari tagidan o`rmalab chiqadi va paydo bo`lgan kunlariyoq barglarga, shoxlarga, daraxt tanasiga va mevalarga yopishib oladi. Qalqondorlar daraxtlarda zich koloniyalar hosil qiladi.
Iyun-avgustda Kavkazning dengiz sohilidan Markaziy Osiyoga zararkunanda o`tish xavfi kattaroq bo`lib, qalqondorning ikkinchi nasli shu davrda yetiladi. Qalqondor yiliga ikki nasl beradi.
Kurash choralari. Erta ko`klamda (kurtaklar bo`rtguncha) daraxtlar po`stlari nobud bo`lgan tangachalardan tozalanadi va chiqqan axlat yoqiladi. Shundan keyiya 10 % li mineral moy emulsiyasi purkaladi. Zararkunandaning kichkina makonlarida daraxt va butalar palatkada sianid kislota bilan fumigasiya qilinadi.
Karantin choralardan-qalqondor tarqalgan tumanlardan daraxt va buta ko`chatlari keltirilgan taqdirda ular metil bromid yoki sianid kislota bilan yuqumsizlantiriladi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin