80
80
20. Normal atmosfera bosimi havo ning temperaturasi qancha bo‘lgan hol uchun
belgilanadi?
A) 20° C;
B) 10° C;
C) 0° C;
D) 36° C.
21. Asakada chiqadigan «Matiz» ru sumli avtomobil dvigatelining quvvati 38246
W ga teng. Uni «ot kuchi»da ifodalang.
A) 75;
B) 52;
C) ≈ 38;
D) 80.
22. Massasi 4 kg va yuzasi 8 m
2
bo‘l gan gilam polga qancha bosim be radi (Pa)?
A) 50;
B) 5;
C) 2;
D)
0,5.
23. Xonaga o‘rnatilgan ventilyator ning quvvati 36 W. Uning 40 s da bajargan
ishi nimaga teng (J)?
A) 1440;
B) 720;
C) 360;
D) 180.
24. «Neksiya» avtomobili joyidan qo‘zg‘alib 15 sekundda 225 m yo‘l bosib o‘tdi.
Uning o‘rtacha tezligini aniqlang (m/s).
A) 30;
B) 15;
C) 25;
D) 10.
25. Kemaning «suv sig‘imi» degan da nimani tushunasiz?
A) kemaning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p botish chegarasi;
B) kemaga ortish mumkin bo‘lgan suv miqdori;
C) kema vater chiziqqacha botganda siqib chiqarilgan suv og‘irligi;
D) kema suvga to‘la cho‘kkanda siqib chiqarilgan suv hajmi.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz II bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosasi bilan
tanishasiz.
Massa
Moddaning inertlik va tortishish hossasini ifodalovchi fi zik kattalik.
Massa tushunchasini birinchi bo‘lib fanga I.Nyuton (1687) kiritgan.
Birligi kilogramm bo‘lib, xalqaro birliklar sistemasining (XBS) asosiy
birligi. Namunasi silindr shaklida bo‘lib balandligi va diametri 39 mm
ga teng. Platina-iridiy qotishma sidan 1799-yilda tayyorlangan.
Zichlik
Jism massasining uning hajmiga nisbati bilan o‘lchanadigan fi zik
kattalik.
. Zichlik birligi kg/m
3
.
Dostları ilə paylaş: