6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
V bob. Yorug‘lik hodisalari 156
156
Oy tutilishi
Oy Oy orbitasi Yer Quyosh Oy va Quyosh oralig‘iga Yer
tushib qolganda, Yerning
soyasi Oyga tushish hodisasi.
Yorug‘lik
tezligi
Yorug‘likning bir jinsli muhitda 1 sekunda bosib o‘tgan yo‘li. Vakuum-
da eng katta υ=300000 km/s ga teng. Boshqa muhitlarda undan ki-
chik. Tabiatda birorta jism yoki zarra yorug‘likning vakuumdagi tezli-
giga teng yoki undan katta tezlikda harakatlana olmaydi. Birinchi bor
1676-yilda daniyalik astronom O.Ryomer o‘lchagan.
Ko‘zgular
Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastina. Plastina shakliga
qarab yassi, qavariq va botiq bo‘ladi. Yassi ko‘zguda tasvir buyum kattaligida, mavhum, to‘g‘ri, buyum va ko‘zgu oralig‘idagi masofasi ko‘zgu va tasvir oralig‘iga teng, chap va o‘ng tomonlari almashgan holda bo‘ladi.
Sferik ko‘z-
guda tasvir
yasash
1 2 2F F O d f Tasvir yasash uchun ikkita nur kifoya:
• buyum uchidan ko‘zgu fokusiga;
• buyum uchidan bosh optik o‘qqa par-
allel, so‘ngra ko‘zgudan qaytib, ko‘zgu
fokusidan o‘tadigan.
Linza
Sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jism. Turlari: qavariq
(yig‘uvchi), botiq (sochuvchi). Fokus masofasi (F) linza optik markazi-
dan fokusgacha bo‘lgan masofa.
– linzaning optik kuchi.
= 1 dptr. (dioptriya).
Linzada tasvir
yasash
Tasvir yasash uchun ikkita nur kifoya:
• buyum uchidan linza markaziga;
• buyum uchidan bosh optik o‘qqa
parallel, so‘ngra linzadan o‘tib sinadi-
gan (yig‘uvchi linzada), linzadan orqa
yo‘nalishda bosh fokusga qarab (sochuvchi
linzada).
Optik asboblar Proyeksion apparat.
Yorug‘lik
spektri
Oq yorug‘lik nurining uchburchakli shisha prizmadan o‘tganda rangli
nurlarga ajralishidan hosil bo‘lgan tasvir. 7 ta rangdan iborat: qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havorang, ko‘k, binafsha.