Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish
6. Tajribani nurli ko‘rsatkichni optik diskning chap tomoniga o‘rnatib
takrorlanadi.
1. Tushish burchagi va qaytish burchagi o‘zaro qanday muno sabatda bo‘-
ladi?
2. Qaytayotgan nur tushgan nurga nisbatan qanday joylashadi? Bir tekis-
likdami yoki ixtiyoriy tekislikdami?
52-MAVZU
SHISHA PRIZMA YORDAMIDA YORUG‘LIKNING
SPEKTRGA AJRALISHINI O‘RGANISH
Kerakli asboblar. Proyeksion apparat (ichida cho‘g‘lanma elektr
lampasi va nurlarni to‘plab beruvchi optik sistemasi bo‘lgan qurilma); turli
shishadan yasalgan prizmalar; ko‘chma ekran.
Ishni bajarish.
1. 116-rasmda ko‘rsatilgan quril ma yig‘iladi.
116-rasm.
2. Proyeksion apparat yoqilib, undagi nur ingichka holatda prizmaga
tushiriladi (buning uchun pro
yeksion apparatdan chiquvchi nurni tor
tirqishdan o‘tkaziladi).
3. Prizmani burib, ko‘chma ekranda aniq yorug‘lik spektri hosil
qilinadi. Ekranda spektr kengligi o‘lchab olinadi.
4. Tajribani boshqa prizmani qo‘yib takrorlanadi.
5. Spektr kengligi prizma yasalgan shisha turiga, prizma asosining
kengligiga bog‘liqligi o‘rganiladi. Natijalari doskaga yoziladi.
152
152
V bob. Yorug‘lik hodisalari
1.
Prizmadan chiqqan nurlarning burilish burchagi nur rangiga qanday
bog‘liq?
2. Spektrda nurlarning joylashish tartibi qanday?
3. Nima uchun spektr kengligi prizma asosining kengligiga bog‘liq?
Masala yechish namunalari
1-masala. 117-rasmda botiq ko‘zguga kelgan nur ko‘rsatilgan.
Ko‘zgudan qaytgan nur qaysi oraliqdan o‘tadi? M – ko‘zgu markazi,
F – ko‘zgu fokusi.
117-rasm.
Y e c h i l i s h i. Botiq ko‘zgularga bosh optik
o‘qqa parallel kelgan nurlar ko‘zgudan qaytgach,
fokusdan o‘tadi. Agar nur ko‘zgu markazidan
uzoqroq masofadan kelsa, M va F oralig‘idan o‘tadi.
b)
118-rasm.
B
A
B
a)
2-masala. Ikkita nuqtaviy yorug‘lik man
bai,
kichik bir sharcha va ekran 118-a rasmda ko‘r-
satilganidek joylashtirilgan. Ekranda shar
chaning
soyasi va yarim soyasi qanday hosil bo‘lishini
ko‘rsating.
Yech ilish i. Masalaning yechilishini chizma
orqali ko‘rsatish qulay. Ekrandagi A sohada soya, B
sohalarda yarim soya kuza tiladi (118-rasm).
3-masala. Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan botiq
ko‘zguda shamning tasviri f = 30 sm masofada hosil
bo‘ldi. Shamning ko‘zgudan uzoqligi (d) ni toping.
B e r i l g a n :
F o r m u l a s i :
Y e c h i l i s h i :
F = 20 sm
f = 30 sm
d = 60 sm.
Javobi: 60 sm.
Topish kerak
d = ?
|