V bob. Yorug‘lik hodisalari
148
148
Sun’iy ravishda shlangdan suv sepganda sochilib chiqayotgan zarralarda
ham ba’zan kamalakni kuzatish mumkin. Ko‘ringan tabiiy kamalakka
qarab
yura bosh
lasangiz, u ham sizdan uzoqlasha boradi va keyinroq
yo‘qoladi.
Yorug‘likning rangini o‘rganishni
birinchi bor ilmiy ravishda
1666-yilda
Nyuton boshlab beradi. Bu haqda Nyuton quyidagicha yozadi.
«Men 1666-yilda (sferik ko‘rinishga ega bo‘lmagan optik shishani
silliqlayotganimda) yorug‘lik rangi haqidagi hodisani o‘rganish
uchun
uchburchak shaklidagi shisha prizmani topib oldim. Shu maqsadda men
xonamni qorong‘ilashtirib, unda quyosh nurlari
kirishi uchun kichik
tirqish qoldirdim. Prizmani shunday joylashtirdimki, natijada yorug‘lik
prizmadan o‘tganidan so‘ng qarama-qarshi devorga tushdi. Menga
devordagi jonli ranglarni ko‘rish katta mamnuniyat keltirdi». Bu tajribani
o‘zingiz ham bajarib ko‘rishingiz mumkin.
Buning uchun Quyoshdan
keluvchi yoki elektr lampochkadan chiqqan nurlarni tirqish orqali
uchburchak shaklidagi shishadan yasalgan prizmaga tushiriladi. Prizmaga
tushirilgan oq nur, undan o‘tgach, yetti xil rangga ajralar ekan (114-
rasm). Ranglarning joylashish tartibi quyi dagicha: qizil, zarg‘aldoq, sariq,
yashil,
havorang, ko‘k va binafsha.
Yetti xil rangdan tashkil topgan
Dostları ilə paylaş: